Donald Tramp

Gage Skidmore / Flickr.com

«Autsayder bo‘ling»

Donald Tramp AQSH prezidenti sifatida so‘zlagan birinchi nutqida Liberti Universiteti bitiruvchilarini «yuzaga kelgan vaziyat va hokimiyatning ishonchsiz tuzilmalariga qarshi kurashishga» chaqirdi.

Tramp bitiruvchilarga «autsayder bo‘lish» — yaxshi, chunki «faqat autsayderlar dunyoni o‘zgartirishga qodir», dedi.

«Unutmang: hech narsaga hech qachon oson erishib bo‘lmaydi. O‘z ishonchiga rioya qiluvchilar bunga haddi sig‘maganlarning tanqidiga uchraydi. Chirigan tizim Sizning nohaqligingizni qancha ko‘p ta’kidlasa, Siz shuncha qat’iy maqsadingiz tomon harakat qilishingiz kerak».

Mark Sukerberg

The Crunchies! / Flickr.com

«Shunchaki hayotda o‘z maqsadini topish yetarli emas»

Facebook asoschisi Mark Sukerbergning ta’kidlashicha, bugun aksariyat yoshlar ixtiyoriy ravishda hayotlaridan maqsad izlashga urinishadi, biroq bu noto‘g‘ri yondashuv. Buning o‘rniga har bir odam maqsadga yo‘nalgan bo‘ladigan va maqsad nimaligini tushunadigan dunyoni yaratishga intilish zarur.

«Maqsad — bu o‘zingizdan tashqari qandaydir katta narsaning bir qismi ekanligingizni, bu olamga kerakligingizni va oldinda Sizni faqat yaxshilik kutayotganini anglash. Haqiqiy baxt ham maqsaddan boshlanadi».

Sukerberg yoshlarga uchta maslahat beradi:

  • Ulkan narsani amalga oshirishdan qo‘rqmang. Bugungi kunimiz kelajagimiz poydevorini yaratadi.
  • Boshqalarga yordam berish uchun vaqt va pulingizni ayamang. Har kim o‘z maqsadi tomon intilish erkinligiga ega bo‘lishi kerak. Agar hamma o‘zining buyuk g‘oyalarini amalga oshira olsa, dunyo yanada yaxshiroq bo‘ladi.
  • Jamiyatni mustahkamlang. Biz nochorlik va kasalliklarni yengishga qodir avlodga aylanishimiz mumkin. Biroq, buning uchun birlashishimiz va hamjihatlikda harakat qilishimiz zarur. Hech bir mamlakat iqlim o‘zgarishlariga qarshi yolg‘iz kurasha olmaydi. Shu bois, global jamiyatni qurish kerak.

Richard Brenson

D@LY3D / Flickr.com

«Hech qachon o‘tmishdan afsuslanmang. Faqat olg‘a intiling»

«Meni kuchlari va energiyasini kerakli ochimga yo‘naltirish o‘rniga, omadsizliklaridan achinishga ko‘p vaqtini sarflaydigan odamlar hayratga soladi, - deydi Virgin Group korporatsiyasining asoschisi. – Menga biznesimni boshqarish yoqadi va omadsizlik – bu xato emas, shunchaki yangi tajriba ekanligini tushunaman».

Sheril Sendberg

Fortune Live Media / Flickr.com

«Maqsadingiz tomon to‘g‘ri yo‘l yo‘q»

Facebook Ijrochi direktori Sheril Sendbergning fikricha, kelgusi yarim yil uchun aniq reja tuzib chiqilsa, abstrakt orzuga yetishish osonlashadi. Uzoq muddatli reja erkinlashtiradi, qisqa muddatli reja esa yo‘naltiradi va maqsadga erishishning detallarini o‘ylab chiqishga majburlaydi.

«Sizni nima yaxshiroq qila olishi va nimadan qo‘rqishingizni o‘zingizdan so‘rang. Siz aynan shu yo‘ldan borishingiz zarur».

Uorren Baffet

Fortune Live Media / Flickr.com

«Kamtar va vazmin bo‘ling»

Tadbirkor, mashhur investor va dunyodagi eng boy odamlardan birining aytishicha, u eng yaxshi maslahatni Berkshire Hathaway direktorlar kengashining a’zosi Tomas Myorfidan olgan:

"Uorren, bir odamga yo‘qol deyishgan har doim ham ulgurishinigzni hech qachon unutmang. Shuning uchun, bunday qilishdan avval ertangi kungacha kutib turing. Shunda nafrat yana qolganmi yoki u shunchaki o‘tkinchi holat bo‘lganmi – tushunib olasiz".

Baffet odamlar bilan yaxshi munosabatlarning siri – bu o‘z harakterini tiyib, Sizni hayratga soladigan odamlarning eng yaxshi tomonlarini olish orqali o‘zgarish ekanligiga ishonadi.

Bill Geyts

Gisela Giardino / Flickr.com

«Murakkablashtirmang»

Microsoft hammuassisi va raisi Bill Geyts vosxiщayetsya sposobnostyu Uorren Baffetning qobiliyatiga qoyil qoladi:

«Uning jadvaliga qarang. Unda hammasi juda oddiy. Siz undan biznesning qaysidir sohasi haqida so‘raysiz, u esa faqat bir nechta asosiy holat va sonlarni eslay oladi. U o‘ziga yaxshi tanish narsani tanlaydi va uzoq vaqt davomida buning ustida omadli ish olib boradi. Uning barchasini soddalashtirish qobiliyati – bu dohiylikning o‘ziga xos shakli».

Ivanka Tramp

Michael Vadon / Flickr.com

«Kamroq o‘ylab, ko‘proq amalda bajaring»

Ivankaning ta’kidlashicha, hayotda sevimli ish bilan shug‘ullanish uchun bor kuch bilan mehnat qilish kerak.

«O‘zingizni oddiy tahlil qilish butun umr kutgan ishingizni topishingizni kafolatlamaydi. Siz nazariyadan amaliyotga o‘tib, haqiqiy hayotni o‘rganishingiz va tushunishingiz, tajriba orttirishingiz kerak. Agar Sizni qandaydir mashg‘ulot ilhomlantirsa uni davom ettiring. Men bilgan o‘z ishining haqiqiy ustalari ishlarini sevishadi. Ularni shaxsiy maqsadlarini anglab yetishlari rag‘batlantiradi».

Entoni Robbins

Richard Drew / Apimages.com

«Yangi ko‘nikmalarni ishlating»

Mashhur notiq bir kuni o‘z biznes-murabbiyi Ron Djimdan quyidagi maslahatni olgan:

«Toni, sen hammasini birdan qo‘lga kiritishni kutasan. Sen ishga boshqalardan ko‘proq ulush qo‘shishing kerak. kompaniya, xodimlar va mijozlar uchun ko‘proq ish qilish zarur. Sening qadring aynan shunda bo‘ladi. Biroq, buning uchun doim yangi narsalarni o‘rganish kerak bo‘ladi».

Mayya Enjelou

Talbot Troy / Flickr.com

«O‘z yo‘lingizdan boring»

«Agar hayot seni o‘zingga yoqmagan yo‘lga itarayotgan bo‘lsa, agar senga na yuzaga kelayotgan istiqbol, na ortda qolayotganlar yoqmasa, bu yo‘ldan chiqib yangisini top. Men bu maslahatga 65 yildan buyon amal qilaman», — deydi adiba.

Lloyd Blankfeyn

Fortune Live Media / Flickr.com

«Dam oling»

Goldman Sachs bosh ijrochi direktorining tan olishicha, yoshligida uning o‘zi ham bu maslahatga hech amal qilmagan.

«Faqat kuchli irodaga ega bo‘libgina omadga erishish mumkin bo‘lgan sport turi yoki boshqa ishning o‘zi yo‘q. Dam olishni ham bilish kerak, chunki o‘zini bo‘sh qo‘yish yaxshi natijalarni beradi. Ba’zan arqonga tayoq bilan cho‘zilgandan ko‘ra, uni shunchaki tashlab qo‘yish kerak. qat’iy xarakter har doim ham omad kaliti bo‘lavermaydi».

Joan Rouling

Ben A. Pruchnie / Gettyimages.com

«Mag‘lubiyatni tan oling»

«Menimcha, biz omadsizliklarimiz haqida yetarlicha gapirmaymiz» — deydi Garri Potter haqidagi kitoblar muallifi.

— Kimdir menga bir kuni: «Sen yengilasan. Bu aniq. Muhimi, keyin nima qilishing», desa ancha yordam bergan bo‘lardi.

Rouling dunyodagi eng boy xonimlardan biriga aylanishdan avval puldan qiynalgan yolg‘iz ona bo‘lgan. Ko‘plab nashriyotlar yosh sehrgar haqidagi voqeani chop etishdan bosh tortgan.

«Mening qisqa turmushim buzildi, ishsiz va yashash uchun mablag‘siz qo‘limda bola bilan qoldim. O‘zimni omadsizdek his qilardim».

Biroq, u o‘z omadsizliklarini taqdir tuhfasi sifatida ko‘radi, chunki ular adibaga muvaffaqiyatga erishishda, o‘zini va boshqa odamlarni yaxshiroq bilib olishda yordam bergan.

Melani Velan

D Dipasupil / Gettyimages.com

«Ish toping. Istalgan ish»

SoulCycle fitnes-klublar tarmog‘ining ijrochi direktori universitetlarning bitiruvchilari ulardan kutilayotganlarni unutib, istalgan ishni izlashlari kerakligiga ishonchi komil. Kelajak haqida qayg‘urmasdan, bugungi kunni o‘ylash muhimroq.

«Mutaxassisligingiz bo‘yicha ishlamayotgan bo‘lsangiz, tashvishlanmang. Barcha yangiliklarga ochiq bo‘ling va qattiq ishlang. Bu omad kaliti», — deya ishonch bildiradi Melani.

Erik Shmidt

Officail Leweb Photos / Flickr.com

«Ko‘proqxa" deng»

«Yangi imkoniyatlarga ko‘proq „xa" deyishga urining: boshqa davlatga tashrif buyurish takliflariga, yangi tanishlar bilan uchrashuvlarga, ta’lim olishga. Bu so‘z Sizga birinchi ishni topish, uni o‘zgartirish, mansab pillapoyasidan ko‘tarilish, ikkinchi yarmingizni topish va hattoki, do‘stlar orttirishga yordam beradi»

— deya maslahat beradi Google kompaniyasining sobiq ijrochi direktori.

Chelsi Xendler

Mark Lennihan / Apimages.com

«Zimmangizga olgan majburiyatlarni bajaring»

«Yuqori sinflarda men u qadar mashhur bo‘lmaganman. Yo hammaga yoqish istagim tufayli, yoki nihoyat foydali bo‘lishni xohlaganim uchunmi odamlar menga ishonish mumkinligini his qilishlarini istaganman. Menga ahamiyat berishlarini xohlardim. Shuning uchun agar nimanidir va’da qilsam, albatta uni bajaraman. Men boshqalardan ajralib turishni istayman»

— deya hikoya qiladi aktrisa va komediant.

Stiv Jobs

Justin Sullivan / Gettyimages.com

«Shunchaki orzu ortidan borish mumkin emas»

«Biz tarixni yozamiz. Shu bois unga hissa qo‘shishimiz kerak. Ana shunda o‘nlab yillar o‘tgach, Sizni shunchaki orzu ortidan borgan sifatida emas, balki boshqalarga yordam ko‘rsatgan shaxs sifatida eslashadi».

Syuzi Orman

Leigh Vogel / Gettyimages.com

«Befoyda tanqidga e’tibor bermang»

Avvallari rag‘batlantiruvchi spiker va yozuvchi Syuzi Orman asossiz tanqid tufayli o‘zidan chiqar edi. Biroq, keyinchalik u bunday tanqidlarga e’tibor bermaslikni o‘rgandi. Uning aytishicha, muvaffaqiyatli odamlar har doim tanqid ostida bo‘ladilar, shu bois o‘z qobiliyatlariga sog‘lom baho berish va o‘zini himoya qilishni bilish zarur.

Arianna Xaffington

C2 Montréal / Flickr.com

«Ortiqcha ishlamang»

The Huffington Post bosh muharririning fikricha:

«Muvaffaqiyatga erishish uchun holdan toyguncha ishlash shart emas. Dam olish va kuchlarni tiklashni ham bilish zarur».

U hech kim yoshligida bu so‘zlarni unga aytmaganidan afsuslanadi.

Styuart Batterfild

Kris Krüg / Flickr.com

«Sinab ko‘ring»

«Ba’zilar bolaligidan nima ish qilishni istashlarini biladilar. Biroq, bundaylar kamchilik. Fikrimcha, 20-25 yoshdagi odamlar hayotga juda jiddiy qaraydilar. Ular nimanidir o‘rganish va o‘zlarini turli ish faoliyatida sinab ko‘rish o‘rniga, hali yosh bo‘lishlariga qaramay, ko‘plab yutuqlarga erishgandek his qilishni istaydilar. Shuning uchun, men ularni sinovlar yo‘liga kiritishga urinaman»

— deydi Flickr hammuassisi va Slack ijrochi direktori.

Fil Makgrou

House Committee on Education and the Workforce / Flickr.com

«Sizni ishingizga qarab baholashlariga tayyor turing»

«Ish boshlashdan avval boshqa odamlarning fikri shu ishga qarab shakllanishini anglab yetishingiz kerak», — deydi psixolog va teleboshlovchi.

Jorj Stefanopulos

Ray Tamarra / Gettyimages.com

«O‘zingizni bo‘sh qo‘ying»

«Bugun o‘ylantirayotgan narsalarning deyarli hech biri ertaga Sizni tashvishga solmaydi, — deya ta’kidlaydi suhandon va siyosiy maslahatchi. — Orzuingiz uchun pullaringizni sarflashdan qo‘rqmang. Faqat avval keksalik uchun bir oz mablag‘ni chetga olib qo‘ying».

Marla Malkolm-Bek

Kate Warren / Businessinsider.com

«Siz doim oldinga harakatlanishingizni unutmang»

Bluemercury hammuassisi va ijrochi direktorining qayd etishicha:

«Hech kim bir umrga birinchi ishida qolmaydi. Shunday ekan, o‘zingizga qiziq narsani tanlang, chunki odamlar aynan sevimli ishida muvaffaqiyatga erishadilar. Shu ishni oling va boshlang. Yo‘qotadigan narsangiz yo‘q».

Bundan tashqari, u texnologiyalar sohasini o‘rganishni maslahat beradi, chunki hozir unga talab katta.

Ti Jey Miller

Steve Jennings / Gettyimages.com

«Atrofdagilarga nisbatan kuchliroq mehnat qiling»

Stendap-komikning fikricha, aynan shu omad formulasidir: «Men bunga o‘zim ishonch hosil qildim, zero mening iste’dodim o‘rtacha va dahanim otlarnikiga o‘xshaydi».

Aleksa fon Tobel

Businessinsider.com

«Turing, kiyining va o‘zingizni ko‘rsating»

LearnVest bosh ijrochi direktorining aytishicha, tongda yangi kun Siz uchun qandaydir juda yaxshi narsa tayyorlab qo‘yganiga ishonib uyg‘onish muhim.

Jon Chen

Aaron Harris / Reuters.com

«Superyulduz bo‘lish, doim ham karyera uchun foydali emas»

«Ko‘pchilik rahbariyat e’tibor berishi uchun eng yaxshi usul – bor kuch bilan o‘zini namoyon etish deb hisoblaydi. Bu holat Siz kompaniyaning muvaffaqiyati emas, balki faqat shaxsiy maqomingiz haqida o‘ylashingizdan dalolatdir. Aslida, shunchaki o‘z ishini sidqidildan bajarish kerak».

Salli Setta

Redlobster.com

«Hech qachon yolg‘iz tushlik qilmang»

Uning fikricha, tushlik – ish aloqalarini yo‘lga qo‘yish uchun ajoyib imkoniyat. Birinchidan, ishingiz haqida qandaydir yangilik bilib olasiz, ikkinchidan, hamkasblar bilan aloqa yo‘lga qo‘yiladi.

Dipak Chopra

Lucas Pettinati / Flickr.com

«Noaniqlik hikmatini anglashingiz zarur»

«Ish boshlaganimda, — deya so‘zlaydi shifokor va yozuvchi, — men nimaga erishishni istashimni aniq bilardim. Faqatgina hayotda noaniqlik va kutilmagan holatlar bo‘lishini va bu insonga qanday ta’sir qilishi haqida unutganman. Agar noaniqlik hikmatini yoshligimda tushunib yetganimda, o‘shandayoq noma’lumlikka qadam qo‘yishga tayyorlik – juda muhim qobiliyat ekanligini anglagan bo‘lardim».

Brayan Cheski

Ken Yeung / Flickr.com

«Ota-onangizga quloq solmang»

Airbnb asoschisining ta’kidlashicha:

«Ota va ona — hayotingizdagi asosiy insonlar. Biroq, hech qachon ish borasida ularning maslahatlariga amal qilmang. O‘zingiz yaxshi ko‘rgan ishni qiling».

Diana fon Fyurstenberg

David Shankbone / Flickr.com

«Xolis bo‘ling»

Mashhur modelyerning fikricha, muvaffaqiyatning kaliti – o‘ziga bo‘lgan ishonchdir.

«O‘ziga ishonish uchun inson o‘zi bilan uyg‘un munosabatlarni shakllantirishi zarur. Ya’ni, shaxsiyatiga nisbatan qattiqqo‘l bo‘lish va ortiqcha orzularga berilmaslik kerak».

Rik Goings

Businessinsider.com

«Barchaga xushmuomala bo‘ling»

Tupperware Brands kompaniyasining direktori Rik Goingsning fikricha, suhbatga ketayotganingizda barchaga xushmuomala bo‘lish kerak.

«Men haydovchim, ma’murim va yordamchilarimdan bo‘sh ish o‘rniga kelgan da’vogar o‘zini qanday tutganini so‘rayman. Boshqa odamlarga nisbatan munosabatingiz Siz haqingizda ko‘p ma’lumot beradi», — deya ta’kidlaydi u.