Bugun e'tiboringizga kundalik hayotda sizga yordam beradigan moliyaviy mablag'larni yuritish bo'yicha qisqa, oddiy, tushunarli va juda amaliy qoidalar to'plamini taqdim etamiz.

1.   Oladiganingizdan kamroq sarflang

Manba

 

Mablag'larni tartibga solishda asosiy qoida mavjud bo'lsa, u quyidagicha: harajatlaringiz daromadingizdan kamroq bo'lishi kerak. Siz mazkur qoidaga amal qilishingiz zarur, aks holda butun faoliyatingiz katta savol ostida qoladi.

2.   Moliyaviy hayotingizni soddalashtiring

Kreditlar va kredit kartalar qancha ko'p bo'lsa, mablag'lar yo'qolishini sezish yoki navbatdagi to'lovni unutish ehtimoli shuncha katta bo'ladi. Omonatlar va hisoblar qancha ko'p bo'lsa, ularni kuzatish shuncha qiyin va yuzaga kelayotgan muammolarga munosabat bildirishga ulgurmaslik mumkin. Moliyaviy hayotingiz qanchalar murakkab bo'lsa, u sizdan shuncha ko'p kuch va vaqt talab qiladi. Shu bilan birga, adashish va moliyaviy xatoga yo'l qo'yish ehtimoli o'sib boradi.

3.   Hech qachon «kelajakdagi menga» hozirgi vaziyatni boshqarish imkonini bermang

Kelajakda ko'proq pul topib, qarzlarni oson to'lab bera olishingiz mumkinligi bois, hozir kuchingiz yetmaydigan narsani xarid qilishni istayapsizmi? Bu qaroringizdan yana uzoq vaqt afsuslanishingiz aniq, chunki “kelajakdagi meningiz” huddi bugungidek yoki undan ham kamroq pul topishi, yoki umuman ishidan ayrilishi mumkin.

Hattoki, kelajakda moliyaviy ahvolingiz yaxshilangan taqdirda ham boshqa harajatlar paydo bo'ladi va ularni oson hamda o'tmish xatolarisiz hal etish mumkin bo'lmaydi.

4.   To'g'ri moliyaviy boshqaruv sari yo'l oling

  • 1 qadam: favqulodda vaziyatlar holatiga naqd pul zaxirasini to'plang. Naqd pul avvalgidek zarur va kutilmagan muammolarni tezlikda hal qiladi. Zaxirani yarata boshlash juda oson. Har oylik daromadingizdan ma'lum foizini chetga olib qo'yasiz. Masalan, 10% yoki 15%. Bu moliyaviy mablag'larni yuritishning birinchi qoidasiga mutlaqo muvofiq hisoblanadi, bir yil o'tgach esa sizni har qanday favqulodda vaziyatdan qutqara oladigan yaxshigina to'plangan pul qiymatidan quvonasiz. Keyinchalik to'plangan pullarning bir qismini depozitga o'tkazish yoki ishga tikish mumkin.
  • 2 qadam: eng katta foizli qarzlarniyo'qoting. Qarzlaringizni qarzdorlik o'sishi bo'yicha saralang, eng katta foizligini ajratib, so'ngra shu qarzni ikki karra tezroq, ya'ni ikki barobar to'lovlar bilan qoplang. Qarz tugagunicha bu ishni har oyda davom ettiring. So'ngra qarz to'lashga ishlatgan bo'shagan pul qiymatini ikkinchi qarzni yopishga yo'naltiring. Shu tariqa, qolgan qarzlar sari harakat qiling.
  • 3 qadam: favqulodda holat uchun zaxira bo'lib, qarzlar qoplanganidan so'ng pensiya haqida o'ylash mumkin. Bu bankdagi hisob raqami, investitsiyalar va kapitalni saqlab, ko'paytirishning boshqa istalgan usullari bo'lishi mumkin.

5.   Byudjetni yarating, faqat buni to'g'ri qiling

Byudjet — mablag'larni nazorat qilish va rejalashtirishning eng yaxshi vositasidir, ammo faqatgina to'g'ri yondashuv sharti bilan.

Aqlli odam byudjetni qanday rejalashtiradi? U buni avvalgi oylar uchun harajatlar statistikasi asosida amalga oshiradi. Ya'ni siz tasavvur qilib, o'zingizga «Xullas, ovqatga mana shunchadan ortiq sarflamayman», deyishingiz mumkin. Biroq, keyin achchiq haqiqat yuzaga keladi va barchasini o'z o'rniga qo'yadi. Yaxshisi xomhayollarga emas, balki real harajatlar statstikasiga tayangan ma'qul. Axir, harajatlar statistikasini yuritasizku, to'g'rimi? U harajatlarni rejalashtirish va ortiqchasini aniqlashga yordam beradi.

6.   Barcha rejali harajatlarni maqbullashtiring

Biz ko'plab hisoblarni olamiz. Birinchi bo'lib uyali aloqa operatori xizmatlaridan ham boshlash mumkin.

Barcha yoqilgan funksiyalar sizga kerakmi? Bunisiga 50 000 so'm, unisiga 20 000 so'm, yana negadir 1000 so'm. Umumiy qiymat ancha salmoqli chiqadi va siz bularning barini shunchaki har kuni to'laysiz. Bir necha oyda bir marta batafsil bosh taftish o'tkazish kerak.

7.   Real maoshingizni hisoblab chiqing

Yillik ishlab topilgan puldan soliq hamda ish bilan bog'liq barcha harajatlar, jumladan uydan tashqaridagi tushlik, ish kiyimi va shunga o'xshash narsalarga harajatlarni chiqarasiz. So'ngra yiliga necha soatni haqiqatdan ishga sarflashingizni, jumladan ortiqcha ish soatlari va uydagi ish soatlarini hisoblaysiz. Real daromadni real ish soatlari soniga bo'lasiz. Siz bir soat ish uchun ana shuncha olasiz.

8.   Real maoshni har qanday xaridlarda o'lchov birligi sifatida qo'llang

Endilikda xarid qilish ancha qiziqarli bo'ladi.

Xarid narxi surat bo'ladi, real maosh esa – maxraj.

Mana bu telefon hayotimning 100 soatiga teng. U shunga loyiqmi? Mana bu televizor esa ikki oylik hayotimni oladi? Balki anavi kichikrog'ini olish mumkindir? Endi siz doim o'zingiz bergan savolga javob bera olasiz: «Hayotimni nimaga sarflayapman?».

9.   «Ekspertlarga» quloq solmang

Manba

 

 

OAVda turli moliyaviy “ekspertlar”dan keltirilgan maqolalar juda ko'p. Biroq, siz “U aytgan gaplar chindan ham yordam berdi”, degan gapni qo'llash mumkin bo'lgan bironta ham bilimdon familiyasini eslay olmaysiz. Huddi shu gap xilma-xil bashoratchilar-u boshqa maslahatchilarga ham taalluqli. Ularning maqolalari to'langan bo'lishi, uchinchi shaxslarning manfaatlariga yo'nalgan bo'lishi mumkin, faqat sizning manfaatlaringiz inobatga olinmaydi.

Nima uchun shu kabi ekspert qimmatli ma'lumotni ommaga oshkor qilar ekan? Unga buning uchun to'lashadimi? U holda ekspert ishlaydigan kompaniya bu maslahatdan foydalanib bo'lgan va sizga eng kamida ushoqlar qoladi. Begona ekspert mqolasini o'qigan odam bilan sodir bo'layotgan butun holatni hech qachon bilmaydi. Ularning ma'lumotlari xato va ko'pincha asossiz bo'lishi mumkin.

Agar mustaqil tahlil asosida rejalar va prognozlar qurishga qodir bo'lmasangiz va albatta ekspert kerak bo'lsa, unda muammoga yo'liqasiz. Qizig'i, hech kim shu paytgacha kelajakni aniq bashorat qilishni o'rgana olmadi. Agar kelajakdan xavotir olayotgan bo'lsangiz, siz uchun yagona variant nisbatan konservativ sarmoyalashdir. Qolgani o'zingizga bog'liq – tavakkalar oldidagi shaxsiy barqarorligingiz ustida ishlang.

 

10.            Katta maqsadlar belgilang va ko'proq ularni eslang

 

Aslida nimani xohlaysiz? Pullar bilan bog'liq bu harakatlarning sababi nimada? Bu murakkab savol, ammo aynan u siz uchun eng kuchli harakatga keltiruvchi kuchga aylanishi, shuningdek hayotda to'g'ri yo'llarni ko'rsatishi va ulardan o'tishga yordam berishi mumkin.

Ishni ertaroq tugatishni istaysizmi? Shaxsiy ishingizni boshlashni istaysizmi? Dunyo bo'ylab sayohatmi? Nima bo'lishidan qat'iy nazar, maqsadni unutmang, miyada saqlang.

Atrofingizni asosiy maqsadingiz haqidagi eslatishlar bilan o'rang. Ular istak tomon yo'ldagi ko'p sonli vaziyatlarda to'g'ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

 

11.            Omilkor avtomobil xarid qiling

 

Manba

 

 

Omilkorlik — bu past qiymatli xizmat ko'rsatish va ta'mirlash, kam yoqilg'i sarflanishi, minimal transport solig'i va aqlli sug'urta qiymati. Aks holda, daromadning salmoqli ulushi sarflanadigan pul so'ruvchi mahluqni xarid qilasiz.

Hech kimning siz bilan, jumladan qimmatli mashinangiz bilan ishi yo'q.

12.            Avtomobilga oqilona munosabatda bo'ling

Tejamkorlik haqida gap borar ekan, jarimalar va tezlikdan kelib chiqadigan yoqilg'i sarflanishini ham unutmaslik kerak. Yo'l harakati xizmatidan olinadigan navbatdagi qayd tushunarli bo'lsada, yoqilg'i sarfi – ancha nozik masala.

Muhandislar omilkor mashina yaratayotganida, odatda, u shaharda minilishi va shaharda ruhsat etilgan tezlikda yurishini hisobga oladilar. Bunday rejimda dvigatel kamroq miqdorda yoqilg'i iste'mol qiladi, katta burilishlarda svetofordan svetoforgacha bo'lgan ko'p doimiy tezlashishlar – ko'p sonli yoqilg'i quyishlar va muddatidan avval ta'mirlashga sabab bo'ladi. Shinalarda bosimning yetarli emasligi yoqilg'i sarflanishini oshiradi, mashinadagi nosozliklar bo'yicha sezilarsiz signallarga e'tiborsizlik esa yirik buzilish va avariyaga olib keladi. Shuningdek, mashinadagi ortiqcha bezaklar va yangicha moslamalar ham yaxshilikka olib kelmasligini hisobga oling. Mashina bilan bir komplektda berilayotgan moslama turganida, avtomagnitolaning nima keragi bor? Yoki, keng disklarni sotib olishga nima hojat bor, axir zavodniki ham yomonmas!

13.            Turar-joy kommunal xizmatlariga to'lovlarni tartibga keltiring

Ehtimol siz hali ham ko'rmaydigan kabel TV uchun haq to'layotgandirsiz. O'rtacha tariflardan suv va gazni hisoblashga hamda elektr tokining ikki tarifli hisoblagichiga o'tishning maqsadga muvofiqligi va iqtisod qiymatini hisoblab ko'ring. Shuningdek, o'sha yangi energiya tejaydigan lampalardan sotib oling. Ular haqiqatdan ham chiroq uchun hisoblarni kamaytiradi.

14.            Uy ta'mirining asosiy ko'nikmalarini o'zlashtiring

Albatta, sizga mustaqil ravishda vannaxonaga plitka terishni yoki quvur biriktirishni taklif qilmaymiz, ammo rozetkani alishtirish yoki suvi oqayotgan kranni sozlash juda oson. Internetda bu mavzularga oid ko'plab tushunarli videodarslar bor.

15.            Bolalarga moliyaviy savodxonlikda namuna bo'ling

Maqola boshida aytilganidek, bizga buni o'rgatishmagan. Ammo, hozir farzandlaringizda bu ko'nikmalarni rivojlantirish uchun o'qituvchiga aylanishingiz hamda savodli pul muomalasi afzalliklarini amalda namoyish etishingiz mumkin. Muhimi, shunchaki quruq gapirmasdan, bu qoidalarni kundalik hayotda ko'rsatish kerak.

 

16.            Reklamaga e'tibor bermang

 

Manba

 

 

Ehtimol, bu qoidani ahamiyati bo'yicha daromadlarning harajatlardan ustunligiga oid birinchi asosiy qoidadan so'ng qo'yish mumkindir. Biz iste’mol jamiyatida yashaymiz. Bunday jamiyatda talab odamlarning miyasida uyg'onmaydi, balki tashqaridan ta'sir ko'rsatiladi. Reklama sun'iy ehtiyojlar, qadriyatlar va mukammalliklarni yaratadi. Va, buni yetarlicha savodli bajarganidan biz oddiy smartfondagi qandaydir belgi uni o'ziga xos qilishiga, oddiy paxta tolasidan ishlangan kiyimdagi qandaydir yorliq esa uning narxini 10 barobarga oshirishiga chindan ishonamiz.

Brendlar, imidj, uslub — biz anchadan buyon qulay turmush uchun haqiqatdan ham zarur bo'lgan narsalardan uzoqdagi tushunchalarga tayanamiz.

Atrofidagi voqealarni tushungan aqlli odam keskin choralar ko'rmaydi, ya'ni asket bo'lib qolishni istamaydi. U shunchaki tashqaridan ko'rsatiladigan ta'sirdan maksimal ravishda qochib, faqatgina shaxsiy ehtiyojlari tahlili asosida buyumlarni xarid qiladi.

Agar keraksiz narsalarni xarid qilmaslikni o'rgansangiz, daromadingizning katta ulushini yanada oqilona harajatlarni tejab qolishga erishasiz.

17.            Harajatsiz xobbilar toping

Aksariyat xobbilar salmoqli pul sarflanishini talab qiladi. Xobbilarga ketgan harajatlar hisoblanmasligi haqidagi gap u yoki bu xobbiga aloqador nimadir sotadigan ayyor odamlar tomonidan o'ylab topilgan. Asosiysi, o'zingiz uchun qanday qiziqish tanlashingizga bog'liq: noyob mexanik soatlarni to'plashmi yoki qo'lingizda bo'lgan musiqiy asbobni chalish ko'nikmalarini takomillashtirish.

18.            Bepulni izlang va sinab ko'ring

Odamlar har qanaqasiga hamfikrlarni izlashga intiladi. Shu tariqa qiziqishlar bo'yicha klublar hosil bo'ladi. Ular tijoriy emas, ya'ni u yerda sizdan pul qoqishmaydi. Natijada, yaxshi do’stlarni  topish va hech narsaga ortiqcha to'lamaslik mumkin.

Shahringizda  yilning istalgan vaqtida baliqchilik qilishni hush ko'radigan, qimmatli kema va asboblarni ijaraga bermaydigan havaskorlar bo'lsa kerak. Shuningdek, turagentliklar o'rniga haqiqiy sayyohlar ham bo'ladi. Ijtimoiy tarmoqlar yordamida bunday jamiyatlarni topish osonlashdi. Ehtimol bu o'zingizga o'xshagan odamlar guruhida yaxshi ko'rgan mashg'ulotingiz bilan shug'ullanish imkonini berar va siz hech narsaga ortiqcha haq to'lamaysiz.

19.            Boshqalarning fikriga ahamiyat bermang

 

Manba

 

 

Iste'mol jamiyati qoidalari nafaqat ma'nosiz, balki juda tajovuzkordir. Qoidalarga rioya qilmaysanmi? Yakkalanib qolasan. Baxtimizga, bu faqat kaltabin odamlarga ta'sir qiladi, uncha-buncha aqli bor odam esa na mashina, na boshqa jimjimalar boshqa odamni aql, fikrlash, g'oyalar va harakatlar kabi ta'sirlantira olmasligini yaxshi tushunadi.

20.            Boshqalar pulini qanday sovurishiga e'tibor qilmang

Sizda anavi odam sportkar mingani uchun sizdan yaxshiroq ekanligi qabilidagi o'ylar yuzaga keladimi? Siz pullaringizni boshqalarga yoqadigan narsalarga sarflashga majbur emassiz. Ularni o'zingizga yoqadigan narsalarga sarflang.

21.            Vaqtni yaxshi, ishonchli, uzoq muddatli munosabatlar qurishga sarflang

Boshqa odamlar bilan ko'plab shaxsiy va ishga bog'liq aloqalarning mavjudligi hayotda sizga yaxshi xizmat qiladi. Bu barcha g'oyalaringiz va tashabbuslaringiz uchun ruhiy, ijtmoiy, professional, ma'naviy va moliyaviy ko'mak.

Boshqalarga ko'mak berish orqali ularda o'zingiz uchun tayanchni topasiz.

22.            Haftada bir soatni mablag'lar, ish va hayotingiz tahliliga sarflang

Bugungi vaziyat va holatingizni qancha ko'p qayta ko'rib chiqsangiz, maqsadlaringiz bilan farqlarni ertaroq aniqlash ehtimoli yuqori bo'ladi. O'tgan haftada bo'lib o'tgan voqealarni tahlil qiling. Kelgusi haftani ham oldindan o'ylab qo'ying.

Uzoq muddatli maqsadlarnigiz g'oyasiga barchasi to'g'ri kelyaptimi? Bu haftadagi eng katta yutug'ingiz nimada? Qanday yomon narsa sodir bo'ldi va nimaga? Kelajakda uning oldini qanday olish mumkin? Uzoq muddatli maqsadlaringiz avvalgidek ahamiyat kasb etyaptimi?

23.            Orzuni ikkinchi darajali biznesga aylantiring

Har birimizda butun umrimizni bag'ishlashni istaydigan mashg'ulot mavjud. muammo shundaki, bu kabi faoliyatni pulga aylantirish usullarini ko'rmaymiz, shu bois uni faqat orzularda qoldiramiz. Bu ishga bo'sh vaqtingizning bir qismini ajratishga urinib ko'ring.

Shunchaki orzu qilgan ishingizni bajara boshlang. Jarayon davomida orzu qilgan mashg'ulotingizdan pul topish yo'lini o'ylab topishingiz mumkin. Bu YouTube dagi kanal, veb-sayt yoki kitob bo'lishi mumkin. Shunchaki bo'sh vaqtingizda orzu qilgan ishingizni bajaring.

24.            Arzon xaridlar uchun 10 soniya qoidasini ishlating

 

Manba

 

 

10 soniya qoidasi impulsiv xaridlarga qarshi kurashishda yordam beradi.

Arzonroq narsaga ko'zingiz tushdi-yu darhol uni xarid qilish istagi tug'ildimi? Bu fikrni miyangizda 10 soniya ushlab turing va chin yurakdan o'zingizdan quyidagini so'rang: sizga shu narsa haqiqatdan ham kerakmi?

O'zingizdan xaridning salbiy tomonlarini yashirmang. Shu buyumni xarid qilishingizga to'sqinlik qiluvchi sabablarni faol ko'rib chiqing. Bu xarid maqsadlaringizga erishishga yordam beradimi? Ushbu xaridning foydasi uning qiymatiga arziydimi? Ko'pincha buyum sizga haqiqatdan ham kerakmi yoki yo'qligini tushunish uchun shu 10 soniya yetarli bo'ladi.

25.            Qimmat xaridlar uchun 30 kun qoidasini qo'llang

Qimmatli buyumlar uchun 10 soniya qoidasi to'g'ri kelmaydi, chunki bu holatda xaridning maqsadga muvofiqligini shu qadar kam vaqt ichida aniqlab bo'lmaydi. Jiddiy harajatlar masalasi ko'ndalang bo'lganida, 30 kun kutish zarur.

Siz xaridga nisbatan birinchi impuls, birinchi ichki da’vatni sezasiz va sovuqqonlik bilan bir oy kutasiz. Shu kunlar ichida rejalashtirayotgan xaridni batafsil o'rganib chiqishingiz, u haqida ko'p yangi narsalarni, reklamada ko'rsatilmagan holatlarni bilib olishingiz mumkin. Katta ehtimool bilan 30 kundan keyin bu narsani olishga bo'lgan o'tkir istagingizdan asar ham qolmaydi.

26.            Bir haftalik taomnoma tuzing

Aniq ovqatlanish rejimi – bu nafaqat salomatlik va qomat uchun foyda, balki iqtisod hamdir. “Kechki taomga nima olsamikan” kabi masalalardagi improvizatsiya yegulikka harajatlar oshishiga olib keladi.

27.            Mahsulotlarni faqat ro'yhat bilan xarid qiling

App Store va Google Play ilovalarida o'nlab xarid ro'yhatlari mavjud. Ushbu maqsadlarda o'rnatilgan estalmalar va oddiy ro'yhatni qoldirish mumkin bo'lgan istalgan ilovadan foydalanish mumkin. Oddiy qog'ozni ham hali hech kim istisno etmagan.

Xaridlar ro'yhatining mohiyati biron narsani unutmaslikdan tashqari, ortiqcha narsa sotib olmaslikdan ham iborat. Ro'yhat bo'yicha aylandingiz, rejalashtirilgan hmma narsani savatga tashladingiz – va kassa tomon yo'l oldingiz.

Do'konlardagi mazali taomlar, ayniqsa och qoringa, impulsiv xarid qilishga majburlashi mumkin, ammo avvaldan yozilgan ro'yhat bilan o'ylanmagan harakatni amalga oshirish ehtimoli ancha kamayadi.

28.            Yaxshi saqlanadigan mahsulotlarni arzonroq do'konlar yoki bozordan xarid qiling

Deyarli har kuni xarid qilinadigan tez ayniydigan mahsulotlar bor. Nisbatan pastroq narxlar tufayli muntazam ravishda uzoqroqdagi do'konga borish har doim ham o'zini oqlamaydi. Lekin, bir oyda bir marta yoki undan ham kamroq yaxshi saqlanadigan mahsulotlarni xarid qilish bo'yicha amalga oshiradigan rejali safar uchun aynan past narxli do'konlarga borgan ma'qul.

Hattoki, har bir alohida mahsulotning qiymatidagi farq sizga minimal bo'lib ko'rinsada, umumiy hisobda yirik xarid anchagina pul tejab qolish imkonini beradi. Agar oziq-ovqatni rejali to'ldirish amaliyoti sizga notanish bo'lsa, buni boshlashning ayni vaqti keldi. Savdo tarmoqlari ko'p sonli savdo nuqtalari hamda uning ortidan keladigan yuqori narxli mahsulotlardan bosqichma-bosqich foydalanish o'rnini bosadi.

29.            Tez ayniydigan mahsulotlar xaridi uchun yaqinroqda eng arzon do'konni toping

Siz yillar davomida odatga ko'ra bitta do'konga qatnashingiz mumkin, ammo huddi shu masofada narxlar arzonroq bo'lgan boshqa do'kon bo'lishi mumkin.

Bitta sayrni yaqin-atrofda joylashgan do'konlarni o'rganishga bag'ishlang. Ko'pincha sotib oladigan mahsulotlarning narxlarini yozib oling va taqqoslang.

 

30.            Iste'mol qiladigan yarim fabrikatlar sonini qisqartiring

 

Manba

 

 

Yarim fabrikatlar deganda qisman yoki to'laqonli iste'molga tayyor mahsulotlar nazarda tutiladi. Deyarli har doim bunday mahsulotlarning qiymati baland bo'lib, ularning zararini ortiqcha baholash mushkul. Siz qulaylik uchun nafaqat ortiqcha so'm, balki salomatlik bilan to'laysiz. Uyda oddiy taomlarni tayyorlashni o'rganish oson va siz doim ularning tarkibini bilasiz.

31.            Dam olish kunlari uchun avvaldan taom pishiring

Dam olish kunlari ish qilishga erinamiz. Hatto ovqat tayyorlashga ham. Ana shunda kafega borish yoki nimanidir buyurtirishga oid hozirda ommalashgan g'oya yuzaga keladi.

32.            Zararli odatlarda iqtisod qiling

Mablag'larga nisbatan yondashuvni qayta ko'rib chiqishga oid qaror – yo'l-yo'lakay zararli odatlardan halos bo'lish uchun ajoyib davrdir. O'zingizni alkogol va nikotin halaqit qilmasligi, gazli ichimliklar esa professioanl shifokorlar aytganichalik zarali emasligiga ishontirishni bas qiling. Siz salomatligingizni o'z hisobingizga yomonlashtirasiz. Dunyoda bundan ortiq ahmoqlik bo'lishi mumkinmi?

 

33.            Va unutmang: buyumlar hech qachon sizni bahtli qilmaydi

 

Manba

 

 

Baht ichkaridan yuzaga keladi.

Agar o'zingiz bilan qarama-qarshilik hamda atrof-muhitni xolisona qabul qilishda yanglishilk mavjud bo'lsa, hech qanday tashqi bezaklar sizni bahtli qila olmaydi.

Nimagadir egalik qilish sizni bahtliroq qila olishi haqidagi g'oyaga aldanmang. Pul turmush darajasini oshiradi, ammo baht sovg'a qilmaydi. Puldan keladigan yagona ruhiy foyda – tashvishning kamayishi va moliyaviy barqarorlik yordamida o'ziga bo'lgan ishonchning ortishidir. Moliyaviy barqarorlikka esa faqatgina pul bilan savodli muomala qilgan holda erishish mumkin.