Ishga kirishda suhbatdan o'tish – o'z holicha ancha asabiy jarayon. Ehtimoliy ish beruvchilar nimalarni so'rashini va qanday javob olishni istashini hech qachon bilmaysan.

 

Ishni beliga tepmaslik uchun suhbatga mas'uliyat bilan yondashish va javoblarni oldindan o'ylab qo'yish kerak.

 

Ishga ega bo'lish imkoniyati o'sishi uchun shaxsiy kamchiliklar haqida qanday gapirish kerakligiga oid maslahatlarni bo'lishamiz.

 

Nima uchun?

 

Ba'zan qanday ishni eplay olmasligingiz, shuningdek u yoki bu vaziyatda qanday kamchiliklar namoyon bo'lishini bilish kompaniyaga nima uchun kerakligi mutlaqo tushunarsiz bo'ladi. Aslida, javob juda oddiy: firma o'z ustida ishlashga tayyor tushunadigan odamni ishga olishni istaydi.

 

Mavjud kamiliklar haqida savollar berilishiga 3 ta asosiy sabab:

 

  • Kamchilik — professionallik alomati. Axir, o'zning zaif tomonlarini bilgan odam kuchli sifatlaridan to'g'ri foydalanishni ham biladi.

 

  • Kompaniya uchun jiddiy muammolarni bartaraf etish. Ish beruvchilar – uzoqni ko'ruvchi odamlar, shu bois ular dastlabki bosqichdayoq firmaga kelajakda aniq muammo keltirmaydigan odamni ko'rishni istashadi.

 

  • Mukammal inson bo'lmaydi. Ishga nomzod benuqson odam bo'lib chiqishi mumkin va bu suhbat qilayotganlarni noqulay vaziyatga soladi, chunki ular endi nomzoddan yomonroq ko'rinib qoladi. O'ziga ortiqcha baho beradigan odamlar, darhol aniqlanishi kerak va bundaylarga ishdan quruq qoladi.

 

Kamchiliklar haqida qanday qilib to'g'ri gapirish kerak?

 

Demak, suhbatlarda nima uchun kamchiliklar va zaif tomonlar haqida so'rashlarini bilib oldik. Endi ular haqida to'g'ri so'zlab berishni o'rganish qoldi.

 

1.Xarakter sifatlari emas, ko'nikmalar haqida gapirish kerak

 

 

Ish beruvchi uchun siz birdan kamchilik sifatida ko'rsatishga qaror qilgan xarakteringizdagi sifat oxir-oqibat ustunlik bo'lib chiqishi mumkin, shuning uchun hech qachon bunga e'tibor qaratmang. Qo'lingizdan kelmaydigan narsa haqida gapirsangiz, muhokama chog'ida bu o'zgarmaydi va kompaniya vaziyatni aniq baholay oladi. Masalan, mukammallikka intilish – bu kamchilik, deyish mumkin emas, chunki ish beruvchiga bu qo'l kelishi mumkin. Yaxshisi qandaydir vaziyatlarda jahl chiqishi yoki do'stona munosabat yetishmasligiga o'xshash bitta xususiyatni tanlash kerak.

 

2.Kamchilik ish bilan bog'liq bo'lmasligi kerak

 

 

Bunda hammasi ma'lum: tikuvchi sifatida ishga olinayotgan odamdan “moki” nimaligini bilmasligini eshitish ish beruvchiga yoqmasligi tayin. Shu bois bo'lajak faoliyatingizga hech qanday ta'sir ko'rsatmaydigan kamchilikni tanlagan ma'qul.

 

3.Dolzarb narsa haqida gapiring

 

 

Bir necha yil avval bo'lgan kamchiliklaringiz haqida gapirishdan ma'no yo'q, chunki ular qaysidir ma'noda tuzatilgan. Diqqatni o'tmishga qaratmang, chunki bu yo'l bilan javoblar va haqiqiy muammolardan qochasiz.

 

4.Yaxshilab izohlang

 

 

Zaif tomonlar haqida bir-ikki so'z aytib, shunda to'xtashning o'zi yetarli emas: ish beruvchi bu xususiyatni doimiy deb o'ylashi va sizdan shubhalanishi mumkin. Biroq, kamchiligingiz namoyon bo'ladigan vaziyatni izohlab bersangiz, u hattoki yo'qqa chiqishi va katta ahamiyat berilmasligi ham mumkin.

 

5.Kamchilikning paydo bo'lishi sababini ayting

 

 

Kamchilik yuzaga chiqadigan vaziyatni izohlashdan tashqari, uni keltirib chiqaradigan omil haqida ham so'zlash muhim. Bunday yondashuv ham mazkur xususiyat ahamiyatini yumshatishi mumkin.

 

6.Bu kamchilik ishingizga qanday halaqit qilishi mumkinligini ayting

 

 

Zaif tomonlaringiz ishga qanday ta'sir qilishi mumkinligi haqida ham o'zingiz aytishingiz kerak. Biroq, bunda ish beruvchi uchun dolzarb tomonini ajratish kerak. Bunday vaziyatda u o'z kamchiliklaringizni anglashingizni tushunadi.

 

7.Kamchilik ustida qanday ishlayotganingizni ayting

 

 

Bu vaziyatda axborotni juda ehtiyotkorlik bilan taqdim etish kerak, chunki kamchilik ustida katta ish olib borganingizni va u deyarli yo'qolganini aytsangiz, avvalgi so'zlaringiz o'z ma'nosini yo'qotadi. Ish beruvchi hozir qandayligingizni va yaxshiroq bo'lish uchun nimalar qilayotganingizni bilishni istaydi.

 

Asosiy surat: depositphotosdepositphotos