Doimiy ravishda qilingan mashqlar yosh o‘tishi bilan paydo bo‘ladigan o‘zgarishlar vaqtini ortga surish va yaxshi ko‘rinishda saqlanishda yorda beradi. Bu organizmning barcha organlari, xususan miya uchun ham xosdir.

Hotirani saqlash va boshqa aql bilan bog‘liq funksiyalarni keksalikka qadar saqlashda yordam beradigan 4 ta oddiy mashqlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Rang-barang matn

Turli rang bilan yozilgan so‘zlar to‘plami e’tiboringizga havola etilmoqda. Birinchi so‘zdan boshlab turli rangda yozilgan so‘zlarni tartib bilan ovoz chiqarib aytishni boshlang. Oxirigacha boring va oxiridan boshiga qarab mashqni takrorlang. Dastlab mashq murakkab tuyuladi, chunki matn va rangni qabul qilish uchun bosh miyasining turli yarim sharlari javob beradi.

  • Foydasi: Alsgeymer kasalligining samarali profilaktikaisi: yarim sharlar o‘ratsida yangi aloqalar o‘rnatishda yordam beradi, diqqatni rivojlantirib, uni boshqa narsaga tezda qaratish ko‘nikmasini mashq qildiradi.

 

Shulte jadvali

Kvadrat markazidagi 19 soniga diqqatingizni qarating. Maqsadingiz – 1 raqami, keyin esa boshqa barcha raqamlarni o‘sib borish tartibida topish, topilgan raqamingiz joylashgan yerini eslab qolish. Natijada, bu mashqni bajarish uchun raqamlar xaos joylashgan jadvalni mustaqil ravishda chizish yoki internetdan topish mumkin.

  • Foydasi:ma’lumotni qabul qilish va qayta ishlash tezligini oshiradi, shuningdek periferik ko‘rish qobiliyatini rivojlantiradi.

 

Barmoqlar yordamida belgilarni ko‘rsatish

© depositphotos

O‘ng qo‘lingizdagi barmoqlar yordamida “tinchlik” belgisini, chap qo‘l barmoqlari yordamda esa “ok”ni ko‘rsating. Keyin esa navbat bilan barmoqlar holatini shunday o‘zgartiringki, chap qo‘lingiz “tinchlik”ni, o‘ng qo‘lingiz esa “ok”ni ko‘rsatsin. Bir necha marta takrorlang. Endi esa bu mashqni bir vaqtning o‘zida har ikkala qo‘l bilan bajaring.

  • Foydasi: Diqqatni jamlashga yordam beradi va bir vazifadan ikkinchisiga tezda o‘tish qobiliyatini rivojlantiradi.

 

Sinxron yozuv

© depositphotos

Har bir qo‘lingizga ikki varaq qog‘oz v siz uchun yozishga qulay vosita (ruchka yoki qalam) oling. Bir vaqtning o‘zida har ikkala qo‘lingiz bilan geometrik shakllarni chizishni boshlang. Harflar va bir xil belgilarga ega bo‘lgan so‘zlarni ham yozishingiz mumkin..

  • Foydasi: Sinxron yozuv miyani bir vaqtda bir necha vazifalarni bajarishga o‘rgatadi hamda miyaning ikkala yarim shari ishini faollashtiradi.

 

Yana bir necha maslahatlar

Neyrobiolog Lourens Kats keksalikka qadar miya funksiyalarini saqlab qolish uchun mashqlar tizimini ishlab chiqdi.

Mana bu bir necha maslahatlar uning kitobidan olingan:

  • Dominant bo‘lmagan qo‘lingizni odatiy tish yuvish, sochlarni tarash kabi ishlarni bajarish orqali mashq qildiring.
  • Dush va boshqa odatiy ishlarni ko‘zingiz yopiq holda bajaring.
  • Ish, do‘kon va boshqa odatiy joylarga borish marshrutini o‘zgartiring.
  • Videoni ovozsiz tomosha qiling, gap nima haqida ekanligini tushunish uchun imo-ishoralar, harakatlarni kuzating.