Bugun sizga ana shu voqealarni eslatuvchi xotiralarni mohirona suratga olish sirlarini ochamiz.

      1. Keng diafgarmadan foydalaning

Obyektivdan (yaxshi GRIP uchun) kelib chiqqan holda, keng diafgarmadan foydalanish ob'ektni fokusda saqlagan va yuvdirilgan fonni hosil qilgan holda to'y fotosurati uchun juda jozibali effekt yaratishi mumkin. Lekin, barcha zarur detallar fokusda ekanligiga ishonch hosil qilish kerak.

      2. Sekin chaqnoq sinxronlashtirishni sinab ko'ring

Chaqnoqdan foydalanishda yanada ta'sirli atrof-muhitni yaratish uchun to'siqning minimal tezligini, ya'ni iloji boricha 1/15 dan 1/25 soniyagacha bo'lgan vaqtni qo'llashga urinib ko'ring. Harakatlanayotgan ob'ektni o'tkazgich bilan suratga olib, kerakli lahzada uni chaqnoq bilan muzlating.

      3. Kelin holati

 

Manba

 

Chiroyli kelin holati uchun uning gul ushlab turgan qo'li biroz bukilganligiga ishonch hosil qiling. Agar iloji bo'lsa, undan huddi modellar kabi tanasini burashni iltimos qiling.  Modellar qanday holatda suratga tushishlarini ko'rish uchun Vogue va Cosmopolitan kabi ayollar jurnallarini ko'zdan kechiring. Yoki, to'ylarni suratga olish uchun mo'ljallangan g'oyalar va holatlarni ko'rib chiqing.

 

4. Chiziqlarni toping

Binolardagi ustunlar kabi kuchli me'moriy chiziqlarni o'ylab topishga urinib ko'ring, bu to'y suratlaringizdagi fonni ancha jozibali ko'rsatadi. Unutmang, avval fonni aniqlashtirish, keyingina old planni “yaratish” kerak. Suratlarda qaysi me'moriy elementlar yaxshiroq ko'rinishini aniqlash uchun bu joylarni avvaldan o'rganib chiqishni tavsiya qilaman.

 

5. Ijodiy yoritishdan foydalaning

Nikoh marosimi o'tadigan maskan yoki FHDYO yaqinida ijodiy yoritish bo'lsa, to'y suratlariga biroz drama qo'shish uchun shunchaki undan foydalanish kerak. Bunday yoritish kun davomida paydo bo'lishi va yo'qolishi mumkin, shuning uchun yaxshi to'y suratini olish uchun tezlikda harakat qilish zarur.

 

6. Tabiiy hoshiyalar

Kuyov va kelinni to'y avtomobilida suratga olishda unga avtomobil oynasining hoshiyasi ko'rinishidagi ijobiy elementlarni qo'shib ko'ring.

 

7. Kamerani qiyalatish

Kamerani qiyalatish tasvirga harakat hissini qo'shishi mumkin. Siz doim kamerani manzarali yoki portret rejimda ushlab turishingiz kerak emas. To'yni qanday suratga olishni bilgan taqdiringizda, dadil harakat qilasiz va mazkur effektni hosil qilish uchun tasvirda diagonal chiziqlardan foydalanasiz. Barcha maslahatlarda bo'lgani kabi, oxir-oqibat ana shunday 1-2 ta tasvirga ega bo'lasiz.

 

      8. Soyani toping

Agar to'yni kunduz kuni kuchli quyosh ostida suratga olayotgan bo'lsangiz, juftlikni yoki guruhni yaxshiroq ekspozitsiya uchun soyaga o'tkazishga harakat qiling. Yoki, sahnani muvozanatlash uchun chaqnoqdan chiqadigan to'ldiruvchi yorug'likni qo'llashga to'g'ri keladi. Chaqnoq sozlashlarida bu rejimni topsa bo'ladi.

      9. Biroz chayqalishni qo'shing

Tasvirga harakat hissini qo'shish uchun to'siqning juda sekin tezliklaridan foydalanib, birinchi raqs suratlari bilan tajriba o'tkazib ko'ring. Bir vaqtning o'zida juftlikning harakatini muzlatish va harakat muhitini ushlash uchun chaqnoq va to'siqning sekin tezligi kombinatsiyasini qo'llang.

    10. Chaqnoq kronshteynini ishlating

Tashqi chaqnoqni kronshteynga mahkamlang, bu uni obyektiv ustidan yana bir necha santimetrga ko'tarib, soyalarni yo'qotadi. Eng yaxshi kadrlarni portret va manzarali shakllar uchun mo'ljallangan chaqnoq bilan harakatlanish imkonini beradigan sharnir mexanizmi yordamida amalga oshiring.

    11. Boshqa tomonga qarang

To'y faqat ko'z oldingizdagi narsalar emas. Atrofingizga nazar tashlang, yelkangiz ortida boshqa suratlar uchun ko'plab imkoniyatlar bo'lishi mumkin. Oxir-oqibat kelin-kuyovga qarab turasiz, ammo vazifangiz ortngizda nimadir yuz berayotgan taqdirda bu holatni qo'ldan boy bermay, vaqtida suratga olishga ulgurishdir.

    12. Detallarga e'tibor bering

Mayda-chuydalar va umumiy suratga e'tibor bering. Aksariyat hollarda mehmonlar ko'plab detallarni e'tiborsiz qoldiradi, ammo to'y suratlarini tomosha qilayotganda ularga xotiralar qaytadi yoki shunchaki yangi narsadan xabar topadilar. Shu bois, to'ylarni suratga olishni o'rganayotgan bo'lsangiz, hech narsani e'tibordan chetta qoldirmaslik uchun atrofingizni kuzating.

    13. O'tiring

Past nuqtadan suratga olishga urinib ko'ring. Cho'kkalash to'g'ri kelmaydi. Cho'kka tushgan holda muvozanatni yaxshi tutolmaysiz va bu to'y suratlariga ta'sir qilishi mumkin. Agar yer quruq bo'lsa, tizzaga turing yoki yotishingiz ham mumkin, bu yaxshi surat olish imkonini oshiradi.

    14. Bir soniya kuting

Boshqalar suratga olaversin, siz esa hamma o'zini bo'sh qo'yib, tabiiy holatga qaytishini kuting. Rasmiy suratlar ham kerak, ammo marosimdagi hissiyotlarni suratga olish umuman boshqa narsa. Odamlar bahtli, o'zlarini bo'sh qo'ygan va boshqalardan xavotir olgan holda yaxshiroq suratga tushadi.

     15. Zarra qo'shing

 

Manba

 

Zarra suratga o'zigacha muhit bag'ishlashi, chaqnoqning yo'qligi esa sizdan e'tiborni chalg'itishi mumkin. Chaqnoqdan kutiladigan so'nggi narsa sizga qaratilgan e'tibordir. Lekin, xonaning ichida va chaqnoqsiz to'yni qanday suratga olish mumkin, dersiz. Bu juda oddiy, ISO qiymatini oshirsangiz shovqinni ko'tarish imkoni bo'ladi, ammo unga kutilmagan tus beradi.

Yaxshi teleobyektiv sizga “kuzatuvchi” sifatida qolish imkonini beradi. Ular shuningdek, suratlarga drama qo'sha oladigan qiziqarli istiqbol effektlarini yaratadi.

     16. Tashkilotchilar bilan do'stlashing

Ular aslida nima bo'layotgani va nima bo'lishini biladilar. Tashkilotchilar nima va qachon sodir bo'lishini aytib bera oladi, shu bois kerakli vaqtda kerakli joyda bo'lish uchun ular bilan gaplashib olgan ma'qul.

     17. Xiralik qilmang

Agar kimdir suratga tushishni istamasa, uni tinch qo'ying. Obyektiv nuqtai nazarida bo'lishni yoqtirmaydigan odamlarni suratga olishdan foyda yo'q. Ular suratlarda noqulay ko'rinadi va bu nizoga ham olib kelishi mumkin. Tajriba orttirish davomida tortinchoq odamlarning signallarini oldindan bilishni o'rganasiz.

     18. Kulguga quloq tuting

To'yda turli qiziq holatlar ko'p bo'ladi, shu bois e'tiborli bo'ling va kulgu ortidan kuzating. Odamlar bahtli va tinch ko'ringan suratlar juda yaxshi chiqadi, shuning uchun to'ydagi dinamikani kuzatish va harakatlar tomon borish uchun quloqlar va ko'zlaringizdan foydalaning. To'yni qanday suratga olish bo'yicha mazkur maslahatni o'zingiz uchun alohida qayd etishingizni tavsiya qilaman.

     19. Shamoldan foydalaning

Agar shamol bo'lsa, suratlarda harakatga ega bo'lish uchun undan o'z maqsadingizda foydalaning. Shamol bilan kelinning libosi ajoyib va dinamik ko'rinishi mumkin – uning chiziqlari havo harakati bilan ko'tariladi. Biroq ehtiyot bo'ling, obyektivni alishtirishda pana joyga o'tishga to'g'ri keladi.

     20. Avvaldan maslahatlashing

Doim bo'lajak juftlik bilan birinchi navbatda nimani istashlari haqida maslahatlashib oling. Bu sizning emas, ularning kuni, shu bois ularning didlari va rejalari haqida aniq tasavvurga ega bo'lgan ma'qul. Muloyim bo'ling va qo'lingizdan kelmaydigan va'dalar bermang.

     21. Ko'proq kuling

Odamlar kulib qarsangiz, ular ham javoban kulishadi. Kamera ortida yashirinmang. Yuzini katta texnologiya bo'lagi bilan to'sib olgan odam ularni itarishi mumkin va ko'plab ijobiy suratlarni boy berasiz.

    22. Juftlik uchun makon yarating

Marosimdan so'ng yoshlarni tabriklash mumkin bo'lishi uchun vaqt va makon bering. Bu to'yda qanday suratlar olish kerakligi haqidagi maqolada yozilganidek, “hammaning hamma bilan” suratlarini olishda yordam beradi.

    23. Oshkora suratlarni izlang

Juftlik tabriklar bilan band bo'lsada, ular aylanib o'tib mehmonlarning yaxshi suratlarini olishingiz mumkin. Ular tilak bildirayotgan vaqtda tinch va sokin bo'ladilar hamda sizni ko'rmaganlari ma'qul. Xiralik qilmaydigan suratchi ko'proq tabiiy to'y suratlarini olishga erishadi.

    24. Hiyla qiling

Avvaldan fokus olib, kadrni mujassamlashtiring, so'ngra gaplashayotgan va kulayotgan mehmonlar e'tiborini torting. Kutilmaganda suratga olinganlarini bilganlaridan keyin ular kula boshlaydilar va aynan shu paytda surat olishni davom ettiring. Ular juda tabiiy chiqadi.

    25. Oqim bo'ylab suzing

Yomg'ir, shamol, odamlar va vaqtga qarshi kurashmang. Doim bu muammoni aylanib o'tish usuli bo'ladi. To'ylarni suratga olishni o'rganib, o'zingizga bo'lgan ishonch yanada ortganida, istalgan vaziyatni o'z foydangizga burishning ko'plab yo'llarini rivojlantirasiz va o'rganasiz.

    26. Yomg'irni rejalashtiring

Agar yomg'ir yog'ayotgan bo'lsa, soyabondan foydalaning. Avtomobilingizda oq va qora soyabonlar turishi maqsadga muvofiqdir. Bu ajoyib rekvizit bo'ladi, ammo fotoapparatni ham unutmaslik kerak. Uni namiqtirmang.

    27. Ommadan foydalanish

 

Manba

 

Agar orqa planda odamlar bo'lsa, ular shu joyda qolaversin. Ba'zida bu juda yaxshi hisoblanadi, chunki ulardan qiziqarli va ijodiy effekt uchun foydalanish mumkin.

    28. Vaqtni boshqarish

Sizda doim yetarlicha vaqt bo'lishi kerak. Buning uchun to'yni suratga olishdan avval to'g'ri savollar berish kerak. Kun tartibi, barcha suratlarni qanday olishni ko'zlaganingiz haqida ma'lumotga ega bo'ling. Siz bularni bilishingiz va hayolan tasavvur qilishingiz kerak. Tartibsiz suratchi asosiy lahzalarni qo'ldan chiqarishi mumkin, bunga yo'l qo'ymang.

    29. Quvnang

To'y surati juda quvnoq chiqishi mumkin. O'zingizni erkin qo'ying va boshqa mehmonlar kabi vaqtni xushchaqchaq o'tkazing. Natijada suratlaringiz tobora yaxshilanib borishiga guvoh bo'lasiz.

    30. Surat olish uchun bu oilaga oid bilimlaringizni ishlating

Agar ayrim qarindoshlar bir-birini 20 yil mobaynida ko'rmagan bo'lsa, ularning uyrashuvi surati juda hissiytga boy bo'lishi mumkin. Bu suratlar kelin-kuyoni uzoq vaqt hursand qilishi uchun ular qayerda va qanday uchrashishlarini o'ylab qo'ying.

    31. Odamlar ovqatlanayotgan suratga olmang

Ovqat yeb turgan odamlar kamdan-kam jozibali ko'rinadi va hech kim sizga bunday suratlar uchun rahmat demaydi. Bu vaqtda texnikangizni tekshirib ko'rishingiz yoki ularga qo'shilib tannovul qilib olishingiz mumkin.

    32.  Maymuncha bo'lmang

Har bir tugma bosilganidan so'ng suratlarni tekshiravermang. Bu akkumulyatorni ishdan chiqaradi va chalg'itadi. Yaxshisi ularni bo'sh vaqtingizda ko'rib chiqing va aniq ishlatilmaydiganlarini o'chiring.

    33. O'rnatilgan chaqnoqdan voz keching

Xona ichida suratga olganda o'rnatilgan chaqnoqdan voz keching. Shiftdan aks etgan yorug'lik ekspozitsiyani atrofdagi yoritish bilan muvozanatga keltirishi uchun tashqi chaqnoqdan foydalaning. Aks etgan yorug'lik to'g'ri yorg'ulikka nisbatan yaxshiroq. Natijada, yanada hajmli tasvirga ega bo'lasiz va keskin soyalar yo'qoladi.

     34. Voqea aytib bering

 

Manba

 

«Muxbirona» yondashuvni sinab ko'ring — shu vaqt tarixini so'zlaydigan suratlarni izlang. Eng oddiy usul – turli vaqtda uchta kadr olib, ularni birlashtirishdir. Masalan, birinchi surat yirik planda olingan tort bo'lsa, ikkinchsida juftlik uni kesayotganini oling, uchinchisi esa mehmonlarning munosabati bo'ladi. Konfetti yordamida yaxshi surat olganingizga ishonch hosil qilish uchun uni o'zingiz bilan olib keling. Konfettidan tabiiy hoshiyaga ega bo'lish uchun uni imkon boricha balanroqqa oting. Kichik apertura (f/11), sekin ushlanish (1/15 sek) va to'ldiruvchi chaqnoqdan foydalaning. Va, albatta, shamol yo'qligiga ishonch hosil qiling, aks holda ahmoqqa o'xshab ko'rinasiz.

     35. Voqeani tinglang

Mehmonlar orasiga aralashib, ular hikoya qilayotgan voqealarga quloq tuting. Odatda keyin bu hikoyalar kelin-kuyovga atalgan nutq paytida yana so'zlanadi, siz esa aytilgan so'zlarga munosabat qanday bo'lishini oldindan bilasiz.

     36. Shafqatsiz o'chiring

Uyga qaytgach, suratlarni qayta-qayta tahrirlang. Kelin va kuyov omadsiz tushgan barcha kadrlarni o'chiring. Ularning yuzlaridagi barcha dog'lar, husnbuzarlarni yo'qoting. Odamlar yuzlab oddiy emas, balki faqat eng yaxshi kadrlarni ko'rsin.

     37. Kamerangiz tasvirlarga ishlov berishiga yo'l qo'ymang

Fotoapparatingizdagi barcha suratlarni avtomatik o'zgartirish funksiyalarini o'chiring. Buni tasvir hajmlarini aniqlab olganingizdan so'ng, kompyuterda amalga oshirgan ma'qul. Imkon bo'lsa, doim suratni RAW shaklida oling. Bu shakl negativ singari surat haqidagi barcha ma'lumotni zichlamagan holda saqlaydi. Faylning hajmi JPEG yordamida olingan suratlarga nisbatan ancha katta bo'ladi, shuning uchun sizga ko'proq xotira kartalari yoki suratlarni ko'chirish uchun qandaydir portativ moslama kerak bo'ladi.

     38. To'y suratlarini yorqin yorug'likda avvaldan eksponatsiyalamang

Yorqin quyosh yorug'ligida kelin libosidagi barcha detallarni saqlab qolishga harakat qiling, shu bois yorqin quyosh nurida suratni biroz avvaldan eksponatsiyalamang, so'ngra uni kompyuterda torting. Raqamli fotoapparatlar yaxshi dinamik diapazonga ega bo'ladi, shuning uchun soyalardagi detallarni tiklash qiyin bo'lmaydi. Biroq, RAW shaklida olingan suratlar JPEG shakliga nisbatan bu vaziyatda haqiqatdan yordam beradi.

     39. Yaxshi holatni egallang

Cherkovda to'yni qanday suratga olish mumkin? Cherkovda 2 yoki 3-qatorlar yonida joy egallashga qaror qiling. Natijada, butun marosimning ajoyib hissiyotlarga boy tasvirlarini olishingiz mumkin. Shuningdek, yoningizda o'tirgan odamlarga halaqit qilmaslik uchun fotoapparatdagi barcha tovush efektlarini o'chirishni unutmang.

     40. Asosiy voqealar rejasi

Hissiyotga boy yoki quvnoq suratlarni qaysi vaqtda olishni avvaldan o'ylab qo'ying – masalan, marosim vaqtida, shuningdek hujjatlarni imzolash vaqtida juftlikning o'zaro munosabati. Ularning holati kutilmagan obrazlarni yuzaga chiqarishi mumkin.

     41. Chaqnoq yorug'ligini yumshating

Hech qachon chaqnoqning to'g'ri yorug'ligidan foydalanmang. Agar tashqi chaqnoqni ishlantsangiz, tarqatuvchini kiying. Hattoki oddiy oq qalpoqcha ham peshonadagi chaqnoqdan 100 karra yaxshiroq. Barcha diffuzorlar, moslamalar va boshqalar soyalar kesilishini yo'qotish uchun yorug'likni yumshatish va tarqatish uchun mo'ljallangan. Natijada suratlaringiz mahoratli bo'lib ko'rinadi.

     42. Maxsus effektlarni ishlatmang

Haddan tashqari ko'p raqamli effektlardan uzoqroq yuring. Agar sepiyada surat olmoqchi bo'lsangiz, oddiy rangda oling, so'ngra tasvirni kompyuterda o'zgartiring. Agar qandaydir maxsus effektlar bilan suratga olsangiz ularni keyinroq tuzatish qiyin kechadi.

     43. Obyektivni keng burchakliga alishtiring

To'yni suratga olishda qiziqarli shakllarni olish uchun keng burchakli obyektivdan foydalanishingiz mumkin. Masalan, cherkov chiziqlari keng burchakli obyektiv yordamida salmoqli ko'rinishi mumkin. Bunday obyektivda odamlarni suratga olmang, chunki ularning yuzlarini buzishi mumkin.

     44. Ichkarida sekin

Chaqnoqni sekin sinxronlashtirish amaliyoti ichkarida olingan suratda sizga yordam beradi. Kamera chaqnog'i old planni yoritish va muzlatish uchun ishlaydi, to'siq esa uzoqroq ochilib turadi. Natijada fon biroz chayqalgan chiqadi. Ortiqcha chayqalishlar bo'lmasligi uchun shtativni qo'llang.

     45. Baland burchak

Boshqa mehmonlar olgan suratlardan farqli suratlarga ega bo'lish uchun iloji bo'lsa baland (yoki past) burchaklardan foydalaning. Aksariyat odamlar bosh balandligida suratga oladi, shu bois suratlaringiz ajralib turishi uchun stul yoki stolcha qo'ying.

     46. Guvohning nutqi

Guvoh nuqt so'zlayotganda kuyov va kelinning qiyofasini kuzating. Bu kun davomidagi eng kulguli lahza bo'lishi mumkin, shu bois u gapirayotganda ularning yuzalariga qarab turing. Albatta, hazillar aytilgani uchun juftlikni kuzating.

     47. Ekspozitsiyani mahkamlashni qo'llash

Ekspozitsiyani mahkamlang. Bunda sizga AE-L tugmasi yordam beradi. To'g'ri ekspozitsiyaga ega bo'lish uchun uni yuzlarda to'xtatish ma'qul. Odamlar avtomat ravishda suratdagi yuzlarga e'tibor beradi, shuning uchun ular to'g'ri eksponatsiyalangan bo'lishi kerak.

     48. Aks ettiruvchilarni ishlating.

 

Manba

 

Ular qimmat turmaydi, ammo foydasi tengsizdir. Aks ettiruvchi keskin yo'naltirilgan yorug'lik natijasida tushgan keskin soyalarni kamaytirishga yordam beradi. Bu yoqimli portretlar uchun qo'l keladi.