Ahmoqlik yuqumli kasallikka o‘xshaydi, deya ogohlantirgan edi o‘z davrida Shekspir, shuning uchun atrofdagi insonlarni diqqat bilan tanlash lozim. Biroq kimni chetlab o‘tish kerakligini qanday anglash mumkin? Bunday yo‘l tutish zarurmikan aslida? Bu haqda Mariya Tixonova quyidagi fikrlarni bildirgan.

Men insonparvar odamman, shuning uchun ahmoqlik - qalbning chaqaloqlarga xos barkamol bo‘lmagan vaqtinchalik holati, deya hisoblayman. Biroq nodonligi tufayli ko‘pchilik o‘zi istagandek yaxshi yashamayapti, desam xato qilmagan bo‘laman. Ularning yaqinlarini-ku asti qo‘yavering.

Keling, ahmoqlik nimada o‘z aksini topishi va u qanday qilib nodon va uning atrofdagilariga hayotdan zavq olib yashashga xalal berishini o‘rganamiz.

 

1. Ahmoq faqat o‘zi haqida gapiradi

Har qanday dialog muloqotni nazarda tutadi va yetuk inson bu axborot almashish usuli ekanini anglaydi. Almashinuv, faqat bir o‘zi so‘zlab, suhbatdoshning joniga tegish degani emas. Albatta, odam ichidagini to‘kib sochishi kerak bo‘lgan vaziyatlar bo‘ladi. Biroq gap patologik solo haqida borar ekan, suhbatdosh nafaqat nimanidir gapirib berish, birgina so‘z aytish imkoniyatiga ega bo‘lmasa, ahmoq odamga ishimiz tushganini bilish mumkin.

Shaxsning o‘z-o‘zini sevishi haqida menga gapirmang. Bu vaziyatda eng ahamiyatlisi – inson tinglash qobiliyati hayotiy tajribaga ega bo‘lish jarayonidagi muhim resurs sanalishini tushunmasligidir. Bundan tashqari, bu sifat do‘stona muloqotda juda qadrlanadi. Agar faqat men tinglashim shart bo‘lsa – nima uchun qiziqroq odamni eshitmayman? Yuqori malakaga ega ma’ruzachila hozirda juda ko‘p.

 

2. Bunday odam juda “shovqinli”

Boshidanoq aytib qo‘yay, yuksak yetakchilik holatlari mavjud – biroq bunday vaziyatlarda “Balki u ahmoqdir” degan savollar yuzaga kelmaydi. Men mantiq va ma’no mavjudligini o‘z jadalligi orqali almashtiradigan bu toifadagi beaql insonlar haqida gapirmayapman.

Tasavvur qiling: restoran, chiroq nurlari xira yoniq, odamlar o‘zaro suhbatlishishmoqda, kimdir noutbukda ishlayapti, kimdir sokin romantik uchrashuvga kelgan. U yer – bu yerda ovoz kuchayadi: kulishmoqda, kelganlarni salom bilan qarshi olishyapti... Kutilmaganda bu yoqimli g‘ala-g‘ovur orasida - suhbatdoshiga shaxsiy hayotiga oid tafsilotlarni so‘zlab berayotgan xonimning yoqimsiz ovozi. Atrofdagilarning hech biri bunga befarq bo‘la olmaydi

Axloq-odob qoidalari, choynakdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘xshaydi, ko‘p hollarda ahmoqdan himoyalanishdir. Ichki ahmoqni namoyish etish.

Tinglashni istmaymiz: ayniqsa, bu mavzu bizga qiziq emas, ahmoqona, to‘mtoq... Biroq miyamiz shunday tuzilganki, e’tiborimizni shovqinli ovozlarga qaratishga majburmiz, chunki bu hayot-mamot masalasi bo‘lishi mumkin. Mana butun restoran ajralish tafsilotlaridan xabardor...

Noutbukdi ishlab o‘tirgan baxtiyorlarning omadi chopgan – ular quloqchinni olib ovoz rejimini buzayotgan ayolga qarshi tura oladilar. Juftlik hisobni tezda to‘lab, “qochib qoladi”: ularda hammasi hali oldinda, o‘zgalarning ajralish hikoyasi – ular uchun mos kelmaydigan mavzu. Xonim yana vinoga buyurtma beradi, undanda balandroq so‘zlaydi. Uning hikoyasini endi ko‘chadagi mehmonlar ham bilishadi...

Beixtiyor odob-axloq qoidalari yodga tushadi. Ular xuddi choynakdan foydalanish bo‘yicha yo‘riqnomaga o‘xshaydi, ko‘p hollarda ahmoqdan himoyalanishdir. Ichki ahmoqni namoyish etish.

 

3. Ahmoq suhbatdoshi ehtiyojiga e’tibor bermaydi

Unga qiziqmikan? Charchamadimikan? Balki, u tashqariga chiqishi kerakdir, ammo mos keladigan paytni kutayotgandir? Bir nafasda ahmoq odam muhitni to‘ldirib yuboradi. Bunday vaziyatda odobli insonlarga qiyin bo‘ladi, ular suhbatdoshi gapini bo‘lish, xafa qilib qo‘yishdan cho‘chiydilar.

Qayta muloqot ehtiyojining mavjud emasligi o‘zining bolalarga xos haqligiga ishonishi belgisidir. Bunday suhbatdoshlar hali dakki eshitmagan bolalarga o‘xshaydi, u onasi chang‘ida o‘n sakkiz kilometr uchirib, charchaganini tushuna olmaydi. Bir tarafdan ular “Agar senga biror narsa yoqmasa, ayt” degan tushunchani angalashda yordam beradi. Boshqa tarafdan esa – aytib ko‘r-chi. Xafagarchilik evaziga to‘lov to‘laysan – rahmat, bugun emas.

 

4. Ahmoq hamma narsadan qo‘rqadi

U yerga bormayman – u yerda bunday. Bu yerga bormayman – bu yerda unday. Biroq doimiy ravishda xavfsizlik xududi va qulaylikni izlash evolyutsiyaga halal beradi. Har qanday tirik ong evolyutsiyaga mahkum va shaxsiy qo‘rquvlari bilan kelishib olish yoki yordam so‘rab murojaat etish usullarini topadi. Qo‘rquvlar hayotimizni boshqarishiga yo‘l qo‘yish ahmoqlikdir.

Masalaning aks tomoni ham mavjud – inson tavakkalchilikni o‘z kuchi bilan o‘lchab ko‘rmasdan kurashga kirishi ahmoqona yakunga sabab bo‘ladi. Biroq menga ikkinchi turdagi “Boshsiz chavandozlar” hamma narsadan qo‘rqib, kutib yashovchilarga qaraganda yaqinroqdir.

Qandaydir harakatni amalga oshira turib, inson tajriba, donishmandlikka ega bo‘ladi. To‘rt devor orasida o‘tirib, yaxshiroq telekanalni topish bo‘yicha tajriba o‘tkazadigan odamda qanday tajriba va aql bo‘lishi mumkin?..

 

5. Ahmoq odam o‘z fikrlariga sodiq

Fikrimcha, bu ahmoqlikning cho‘qqisidir. Ilm-fanning istalgan sohasidagi tasavvurlar vaqti o‘tishi bilan qanday o‘zgarganiga nazar tashlang. Qaysidir fikr to‘g‘ri, isbot talab qilmaydigandek tuyuladi, keyin esa birgina kashfiyot bilimlarning barcha tizimini o‘zgartirib yuboradi va o‘tmishdagi nazariyalar tushga aylanadi.

Bundan tashqari, inson moslashuvchan bo‘la olmasligi va yangi bilimlarni e’tiborga olamasligi, ya’ni qotib qolgan fikrlash usuli – Alsgeymerga olib boruvchi to‘g‘ri yo‘ldir. Zamonaviy tadqiqotlar ana shunday fikrda. Biroq kim biladi, balki bu fikrlar yana o‘zgarar...

 

Har birimiz ba’zida o‘zimizni ahmoqlarcha tutamiz, shuning uchun ichki hayotimizga diqqat qaratish va atrofdagilarga maksimum ezgulik ulashish - eng yaxshi yo‘ldir.