Bir qarashda ishga nisbatan mazkur yondashuvlar ancha aqllidek ko'rinishi mumkin, ammo uzoq muddatli istiqbolda ular mansab pillapoyasidan yuqoriga bo'lgan yo'lingizda jiddiy to'siqqa aylanadi.

 

«Dahshatli ofis zolimini qo'lga o'rgatish: boshliqning infantilligiga qarshi kurashish va ishda muvaffaqiyatga erishish» kitobining muallifi Linni Teylor mansabga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan ayrim keng tarqalgan hatti-harakat modellari haqida fikr yuritadi. Albatta, xatolar foydali bo'lsa-da – axir ular saboq beradi – ularning ayrimlarini qilmaslik mumkin.

 

1.Hammasini zimmangizga olib, yolg'iz sudraysiz

 

Har birimiz ishda yolg'iz-bo'riga to'qnash kelgan bo'lsak kerak. U jamoaviy ishni mutlaq inkor etib, bor kuchi bilan ishda yagona askarligini isbotlashga harakat qiladi. Bunday “qahramon sindromi” odatda yaxshilikka olib kelmaydi.

 

Avvaliga yolg'iz ishlash haqiqatdan ham rahbariyatda taassurot uyg'otishi va e'tirof etilishi mumkin, ammo bu tez o'tadi. Lekin, hamkasblar endi yordam bermasligi aniq bo'ladi.

 

Kompaniya muvafaqqiyati uchun faqat sizning shaxsiy hissangiz emas, utun jamoaning ishi muhim.

 

2.Pul va mansab uchun chidashga tayyorsiz

 

Nufuz va pul – albatta yaxshi, ammo hamkasblar va rahbariyat munosabatlar yaxshi bo'lmasa, to'laqonli ishlashning imkoni bo'lmaydi.

 

Sir emaski, aksariyat hollarda odamlar rahbariyat bilan ziddiyat tufayli kompaniyadan ketadi. Agar kompaniyaning qadriyatlari va tamoyillari sizga to'g'ri kelmasa, bu doim boshidanoq seziladi. Biroq, ko'pchilik jozibali istiqbol tufayli ichki ovoziga quloq tutmaydi.

 

Bunday kompaniyada qolishga qaror qilar ekansiz, uzoqni o'ylamay ish tutasiz. Sizga unda ishlash qiyin va yoqimsiz bo'ladi, tez orada hammasini tashlab ketish istagi paydo bo'ladi.

 

Yuqori maoshli lavozimga rozilik bildirishdan avval ijobiy va salbiy tomonlarni o'ylab ko'ring. Bu odamlar ishlashni hoxlaysizmi yoki yo'q – o'ylab ko'ring.

 

3.Savdolashmasdan bo'shaysiz

 

Birdan ishdan ketish qarori kamdan-kam to'g'ri bo'ladi. Agar joriy ishda nimadir ma'qul kelmayotgan bo'lsa, buni avval rahbariyat bilan muhokama qilish va murosaga kelishga urinish to'g'riroq bo'ladi.

 

Odatda xodimlarning bo’shashi  rahbar uchun mutlaqo kutilmagan holat bo'ladi. Tajribali mutaxassisning ketishi – kompaniya uchun doim katta yo'qotishdir. Ehtimol, rahbaringiz yangi joyda sizga taklif qilinayotgan hamma narsani berishga rozi bo'lardi, ammo siz barini hal qilib bo'lgansiz va unga imkoniyat qoldirmagansiz.

 

Rahbariyat jamoadagi har bir odamning shaxsiy manfaatlari haqida doim ham xabardor bo'lmaydi. Siz maoshingizni ko'tarish yoki o'qishni to'lab berish fikri rahbaringizga qachon kelishini kutmasdan, intilishlaringizni unga o'zingiz to'g'ri tushuntirishingiz kerak.

 

O'z intilishlaringizdan uyalmang. Aksincha, ular amalga oshirilgan taqdirda, nafaqat sizga balki kompaniyaga ham foyda keltirishi mumkin.

 

4.Hayolingizdagini gapirmaysiz

 

Ba'zida qarshi chiqishga qo'rqib, yuqoridagilar qaror qilgan ishni bajarishni afzal ko'ramiz. Bu holat ayniqsa ancha tajribali hamkasblari bilan bahslashishni ep ko'rmaydigan yangi xodimlarga xos.

 

Bunday hatti-harakat, birinchidan, sizni tashabbus ko'rsatmaydigan qilib ko'rsatadi, ikkinchidan, tez orada o'zingizni noqulay his qila boshlaysiz. Agar sizda g'oyalar bo'lsa, ularni eshittirish kerak. Yaxshi rahbarlarga o'z fikri bo'lmagan va aytilgan hamma narsaga rozi bo'ladigan ishchilar kerak emas. Bunday rahbarlar ayrim qarshilik to’g’ri qarorlarni qabul qilish uchun foydali ekanligini biladi.

 

Aqlli rahbar xodimlari faqatgina rahbariyatga yoqish ilinjida fikriga rozilik bildirishlarini sezadi. Bunday tilyog'lamalik sizning foydangizga yurmaydi.

 

5.Tavakkallarni chetlab o'tasiz

 

Zimmangizga mas'uliyat olishdan qo'rqmang. Tabiiyki, tanish va odatiy bo'lgan ishni bajarish oson va havfsizroq. Muammo shundaki, bu holda siz hech qachon siljimaysiz. To'g'ri, xatolar qilmaysiz, ammo har doimgi joyda qotib qolaverasiz.

 

Majlisda nutq so'zlang, yangi tizimni taklif qiling, noan'anaviy yechimni o'ylab toping. Albatta, o'ylamasdan harakat qilish kerakmas.

 

Agar taklifingiz bo'lsa, taklif qiling va oqibatlari uchun javob berishga tayyorligingizni ko'rsating. Bu o'zingizni namoyon etish imkoniyatini berishi bilan birga, ishingiz o'xshamagan taqdirda ham jamoaning hurmatini oshiradi.