Kir yuvish mashinasini to'ldirish

© depositphotos   © depositphotos   

Eng yaxshi usul — mashinani 80%ga to'ldirishdir. Agar kir yuvish mashinasiga ortiqcha kir solinsa, u kutilgandek toza bo'lmaydi. Barabanda juda kam buyum bo'lsa, ular mexanik ta'sirlar tufayli tezroq yaroqsiz holga keladi.

Suv harorati

© depositphotos   © depositphotos   

Dezinfeksiya o'tkazish va ifloslanishlarni yo'qotish uchun eng maqbul harorat 40–60 gradus hisoblanadi. Sovuq suvda kir yuvish yotoq to'shamalari va sochiqlardagi bakteriyalar va chang kanalarini yo'qotish imkonini bermaydi, issiq suv esa matoga zarar yetkazadi.

Kir yuvish vositalari

© depositphotos   © depositphotos   © depositphotos   

Mehmonxonalarning ishchilari to'planib qolib, vaqt o'tgach sochoqlarni qattiq qilib qo'yadigan konditsionerlarning o'rniga oq sirkadan foydalanadilar.  Kirlarni yumshoq qilish va kukun izlari qolmasligi uchun chayish vaqtida 100 ml. sirka qo'shing.

Dog'larga qarshi kurash

© depositphotos   © depositphotos   


  • Yangi yog' dog'larining ustiga shakar o'rnini bosuvchi modda yoki kraxmal seping, so'ng shunchaki buyumni yuvib yuboring.
  • Tomat sharbati va qaylasi izlarini ketkazishga WD-40 vositasi yordam beradi. Uni dog'ga surting va 5-10 daqiqaga qoldiring, so'ngra buyumni sovuq suvda yuving.
  • Oq kiyimlardagi ter izlarini yo'qotish uchun istalgan kir yuvish vositasi bilan 40 °S haroratda dastlabki yuvishdan foydalaning, so'ngra oqartiruvchi vosita bilan yuvish jarayonini ishga tushiring.
  • Kirni bir soat davomida tuz solingan suvda (bir litr suvga 1 osh qoshiq) ivitib, so'ngra yuvilsa kofe va vino izlaridan xalos bo'lishi mumkin.
  • Soda oq buyumlardagi sarg'ayishni ketkazishga yordam beradi va yoqimsiz hidni yo’qotadi. O'lchov stakanining yarmiga teng sodasi kir yuvish kukuni yoki xo'jalik sovuniga qo'shing va issiq suvda yuving.

© depositphotos   © depositphotos   © depositphotos   


Quritish

© depositphotos   © depositphotos   © depositphotos   


Ekspertlar kirlarni imkon boricha ochiq havoda quyosh nuri ostida quritishni tavsiya qiladi. Agar quritgichdan foydalanishga majbur bo'lsangiz, sochiqlarni mayin qilish uchun barabanga tennis koptogini soling.