Yosh o'tishi bilan bo'g'imlarning ham quvvati kamayib, katta yuklamalar va noto'g'ri ovqatlanish muammoni yanada og'irlashtiradi. Agar bo'g'imlaringiz sog'lomligini uzoq muddat saqlab turishni istasangiz, quyidagi beshta mahsulot kundalik taomnomangizdan o'rin olishi kerak.

1. Jelatin (yelimshak)

Jelatin – oqsilli substansiya, boshqacha qilib aytganda hayvon materiali – jonivorlarning terisi, suyaklari va birlashtiruvchi to‘qimalariga qayta ishlov berish orqali olinadigan qisman gidrolizlangan kollagendir.

Kit Bar Funksional molekulyar biologiyasidagi laboratoriya olimlarining tadqiqotiga ko‘ra, jelatin kollagen, ya’ni teri, biriktiruvchi to‘qimalar va suyaklarning elastikligini saqlab turadigan oqsilni ishlab chiqarish uchun tanaga zarur bo‘lgan ozuqa moddalariga ega.

Tadqiqotchilar mashqlardan avval jelatinli qo‘shimchalar berilgan ishtirokchilar hamda laboratoriyada sun’iy ravishda yetishtirilgan bo‘g‘imlar yordamida jelatinning organizmga ta’sirini tekshirib ko‘rdilar. Ikkala holatda ham jelatin kollagen ishlab chiqarilishini oshirish, natijada biriktiruvchi to‘qimalar yanada mustahkam va egiluvchan holatga kelgan.

Jelatinni jele, sardak, sho‘rvalar, sukatlar va shirinliklar tarkibida iste’mol qilish mumkin. Taomnomada kaloriyalar ortib ketmasligi uchun jelatindan qo‘shimcha sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, jelatin va S vitamini bir-biriga mos tushadi. Jelatin kollagen ishlab chiqarish uchun tanaga zarur hisoblanadi.

2. Rezavorlar

Boston universitetining tibbiyot markazi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot davomida aniqlanishicha, kuniga yoyilgan atigi 10 dona olcha insonni podagra – moddalar almashinuvining buzilishi bilan bog‘liq to‘qimalar va bo‘g‘imlar kasalligining xurujlaridan himoya qiladi. 10 ta olcha yeyilishi orqali xurujning yuzaga kelishi havfi 35 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, olcha tog‘ayni shikastlaydigan bo‘g‘imlarning degenerativ xastalanishi – osteoartritning alomatlarini bartaraf etadi. Filadelfiya tibbiyot markazidagi tadqiqotchilarning aniqlashicha, olti hafta davomida kuniga 453 gramm (8 unsiyadan ikki butilka) olcha sharbatini iste’mol qilgan osteoartritli bemorlar o‘zlarini ancha yaxshi his qilganlar: og‘riqlar va noqulaylik hissiyoti kamayib, bo‘g‘imning funksionalligi tiklangan. Bundan tashqari, ishtirokchilarda yallig‘lanish indikatori – S-reaktiv oqsilining darajasi ham pasaygan.

Rezavorlarni taomlarga qo‘shishning yana bir sababi – bo‘g‘imlar artritida ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan va antioksidant xususiyatiga ega ellag kislotasining ko‘p miqdorda mavjudligi. Ellag kislotasi yertut, malina, maymunjon, qulupnayda katta foizda mavjud.

3. Anor

Anor sharbati osteoartrozda bo‘g‘imlar yallig‘lanishini kamaytiradi. Anorning inson salomatligi uchun foydasi tekshiriliganda, uning polifenollarga boy ekstrakti yallig‘lanish yuzaga kelishi uchun sababchi IL-1 va FNO-α sitokinlarining faolligini susaytirishi isbotlandi.

Shuningdek, yana bir tadqiqot davomida anor sharbati siqchonlarda artrit hosil bo‘lishi havfini qisqartirishi, xastalanib bo‘lgan kemiruvchilarda esa bo‘g‘im yallig‘lanishi va IL-6 yallig‘lanish sitokinlari miqdorini kamaytirishi aniqlangan.

4. Yog‘li baliq

To‘yintirilmagan omega-3 yog‘ kislotalari yordamida to‘qimalar egiluvchanligi saqlab qolinib, bo‘g‘im tog‘ayining salomatligi va bo‘g‘imlar ichidagi suyuqlikning sifati qo‘llab-quvvatlanadi.

Tadqiqotlarda aniqlanishicha, baliq yog‘i artrit kasalligida og‘riqni va bo‘g‘imlarning ertalabki tortishishini kamaytirishga yordam beradi. Olimlar kelgan xulosaga ko‘ra, ayrim bemorlar oddiy dorilarni baliq yog‘i qo‘shimchalariga alishtirishi va og‘riqdan xalos bo‘lishi mumkin.

Xususan, ko‘p miqdordagi omega-3 yog‘ kislotalari qora va qizil ikra, yangi tutilgan skumbriya, seld balig‘i, qizil baliq, sardina va gulmohi baliqlari tarkibida uchraydi.

5. Zaytun moyi

Odatda, tog‘ayda moddalar almashinuvining buzilishi bo‘g‘imlar bilan bog‘liq kasalliklarga sabab bo‘ladi. Tog‘aydagi degenerativ o‘zgarishlarda xondrotsitlar, ya’ni tog‘ay hujayralarida azot oksidi miqdorining ortishi kuzatiladi.

Tadqiqotlar davomida yuqori sifatli zaytun moyida mavjud oleokantal yallig‘lanishga qarshi xususiyatga ega ekanligi aniqlandi. U xondrotsitlarda azot oksidi ishlab chiqarilishini kamaytiradi, ammo hujayraning yashovchanligiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Bundan tashqari, oleokantal SOG-1 i SOG-2 yallig‘lanishga qarshi fermentlari ishlab chiqarilishining oldini oladi. Oleokantalning ta’sir etish mexanizmi ibuprofennikiga mos keladi: yallig‘lanishni kamaytirib, og‘riqni yengillashtiradi.

Shu bilan birga, mushaklarda olib borilgan tadqiqotlar zaytun moyi D vitamini bilan birga qo‘llanilganida suyaklarni yemirilishdan asrashi isbotlandi.

Odatda, turli salatlarga zaytun moyi qo‘shish tavsiya etiladi, chunki 180 darajadan ortiq haroratda isitilgan moy foydali xususiyatlarini yo‘qotadi. Quyida zaytun moyi ta’mi va foydasini saqlab qolishi uchun uni qanday tanlash, saqlash va qo‘llash haqida bilib olishingiz mumkin.

Yuqoridagi foydali mahsulotlarni taomnomaga qo‘shish orqali to‘qimalarning egiluvchanligi va bo‘g‘imlar salomatligini uzoqroq saqlashga erishasiz.