E'tiboringizga 5 ta eng mashhur o'yinda g'alaba qozonish va bahslarda yutishga yordam beradigan usullarni taqdim etamiz.

1.Krestik-noliklar

 

Krestik-nolikda yutuqli strategiyalar ko'p, ammo atigi ikkitasini eslab qolish kifoya qiladi. 

 

 

Birinchi bo'lib yurganda burchakda “X” belgisini qo'ying. Agar raqibingiz “O”ni markaziy katakdan boshqa istalgan joyga yozsa, yutdingiz desa ham bo'ladi. Istalgan bo'sh burchaklarning biriga “X” qo'ying. Raqibingiz o'ylamasdan sizning yutuqli kombinatsiyangizni to'sib qo'yadi va krestiklaringiz orasiga tushib qoladi.

 

Endi shunchaki yana bir burchakni egallang. Raqibingiz keyin qayerga “O” qo'yishining ahamiyati yo'q. Siz baribir yutasiz.

 

Agar birinchi yurishingizdan keyin raqibingiz marakazni egallagan bo'lsa, bu holatda ham yutish mumkin. 

Shunchaki egallab bo'lingan burchakka qiyalama qilib “X” qo'ying. Agar raqibingiz bo'sh burchaklardan birini egallagan bo'lsa siz yutasiz. Boshqa holatda osongina durang qilish mumkin.

 

2.«Monopoliya»

«Monopoliya» — ko'p jihatdan boshlanishdagi omadingiz hamda o'yin o'rtasida kelisha olish qobiliyatingizga bog'liq bo'lgan o'yin. Biroq, yutuqqa bo'lgan imkoniyatingizni oshirish uchun ma’lum qoidalarga rioya qilish kerak

© depositphotos  

  1. Temir yo'llarni sotib oling va kommunal korxonalarni sotib olmang (elektr va suv). Kommunal korxonalar o'yin o'rtasida kichkina daromad keltiradi, transport esa boshidanoq sizni boy qiladi.
  2. Mehmonxonalardan tashvishlanmang. Rang toifalaridan birini to'plab bo'lganingizdan keyin iloji boricha tezroq 3 ta uy quring. 3 ta uy – bu pullaringizni eng yaxshi sarflash mumkin bo'lgan nuqta. Ular oson quriladi va yuqori daromad keltiradi.
  3. Eng yaxshi hududlar — olovrang, och havorang va qizillardir. Ular qulay joylashgan bo'lib, sizga yuqori daromad keltiradi va yutishga yordam beradi.

 

3.Armrestling

 

Kuchi va vazni bo'yicha sizdan ancha ustun raqibga qarshi chiqayotgan bo'lsangiz ham, qo'llar va tanani joylashtirishning to'g'ri texnikasidan foydalanib, g'alaba qozonish mumkin.

 

  • Stolga egiling, o'ng oyog'ingizni oldinga chiqaring va o'ng tirsakni stolga qo'ying. Agar chap qo'lni ishlatsangiz chap oyoqni chiqaring.

 

  • Bilak bilan tana orasidagi masofa iloji boricha kamroq bo'lishi kerak. Shu tariqa, nafaqat qo'l kuchi, balki tanangiz vaznidan ham foydalana olasiz va bu sizga ustunlik beradi.

 

  • Bilakni bir oz tepaga ko'taring. Bunda kaftingiz pastga tushadi, raqibingizning kafti esa bukiladi. Bu holat unga noqulaylik tug'diradi va ushlashni kuchaytirishga yordam beradi. Agar bilakni bukishning iloji bo'lmasa, shunchaki uni tekis tuting.

  • Endi bostirishda raqibingiz qo'lini o'zingizga torting, o'zingiz esa yaqinlashib, yelkangiz bilan bostiring. Bunda tana va bilakni bir-biriga yaqin tutish kerak.

 

  • Hal qiluvchi zarba uchun tanangizni bir oz buring va kerakli yo'nalishda yelkangiz bilan zo'r bering. Endi faqatgina raqibni o'zingizga tortib, pastga bostirish qoldi. Siz yutdingiz!

 

4.Bilyard

Bilyard — mahorat, mashqlar va yuqori diqqatni talab qiladigan o'yin. Shu bois sizga qarshi tajribali raqib chiqayotgan bo'lsa, yutish juda qiyin bo'ladi. Imkoniyatlarni oshirish uchun asosiy qoidalarga rioya qiling.

© depositphotos   

1.Raqibingizning piramidani omadli buzishiga yo'l bermang. Bu asosiy qoidalardan biri. Agar raqibingiz tajribali bo'lsa, u piramidani buzgach darhol hamma sharlarni urishi va sizga bironta ham imkon qoldirmasligi mumkin. Shuning uchun birinchi bo'lishga harakat qiling.

 

2.Shoshilmang. Balki sodda eshitilar, ammo aksariyat odamlar sharni urishga shoshilgani uchun yutkazadi. Mashq qilib ko'ring, mo'ljalga oling, tekshirib ko'ring. Kimdir shoshirsa e'tibor qilmang. Bu o'yinda muhimi sabrdir.

 

3.To'g'ri uring. Agar sharingiz ko'zlangan tarektoriyadan chetlashayotgan bo'lsa, demak shar markaziga urmagansiz. Kiyni bo'lajak zarba chizig'i bilan bir tekis qilib qo'ying. Agar o'ng qo'lni ishlatsangiz, o'ng oyoqni shu chiziqqa perpendikulyar qilib qo'ying, chap oyoq oldinga suriladi. Yelka, tos, tirsak va dahan bitta tekislikda bo'lishi kerak.

 

5. «Tosh, qaychi, qog'oz»

Ko'pchilik «Tosh, qaychi, qog'oz» o'yini tasodiflardan ibora, deb o'ylaydi. Aslida ayrim psixologik hiylalarni bilsangiz, yutish ancha osonlashadi.

 

Chjetszyan universiteti tadqiqodchilari tomonidan o'tkazilgan ko'p sonli tajribalarning natijasi ayrim qonuniyatlarni ma'lum qildi. 

© depositphotos

  • Aksariyat odamlar doim toshdan boshlaydi. Xususan, bunga ko'proq erkaklar moyilroq. Ko'pchilik 3 martta ketma-ket bitta belgini ko'rsatmaydi. Demak, 3 martta ketma-ket “qog'oz” ko'rsatsangiz yutasiz.

 

  • Odamlar o'zlarini avvaldan bildirib qo'yishni yoqtirmaydilar. Agar raqibingiz ketma-ket 2 martta “tosh” ko'rsatgan bo'lsa, aksariyat holatlarda keyingi belgi “qaychi” bo'ladi.

 

  • Raqibingiz barmoqlarini kuzating — ular raqib nimani ko'rsatishga tayyorlanayotganini aytib beradi. Barcha barmoqlar taranglashgan – “tosh”. Barcha barmoqlar bo'sh – “qog'oz”. Faqat ikkita barmoq taranglashgan – “qaychi”.

 

Asosiy surat: depositphotos
Rassom Alena Tsarkova maxsus AdMe.ru uchun