Bahs vaqtida insonni qo‘pol gap yoki o‘ylanmagan harakat bilan hafa qilib qo‘yish oson. Biroq yuz bergan hafagarchilik o‘rtangizdagi munosabatlarni og‘irlashtirib, turmush o‘rtog‘ingizning yuragida uzoq vaqt saqlanadi. Yaqinlaringiz bilan urushib qolgach, keyin afsuslanmaslik uchun 6 amalga oshirilishi kerak bo‘lmagan ishlar ro‘yxatni e’tiboringizga taqdim etamiz.

Oilaning boshqa a’zolarini janjalga aralashtirmang.

 Janjalingiz – sizdan boshqa hech kimga tegishli emas. Ota-onani unga aralashtirib, oddiy kelishmovchilikni oilalarning o‘rtasidagi haqiqiy dushmanchilikka aylantirish ehtimolini oshirasiz. Juftlik munosabatlariga muvozanat qaytsada, oilaning boshqa a’zolari turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan shikoyatlaringizni eslab qoladi va har bir kelishmovchilikda uni qarshi qo‘llaydilar.

 

Har qanday kuch ishlatish holatini chetlab o‘ting.

Kelishmovchilik davomida odamlar xarakterining eng yomon qirralarini namoyish etadilar. Ba’zilar haqligini isbotlash uchun kuch ishlatadilar. Barchaga ma’lum, biroq zarur maslahat: o‘zingiz ham, turmush o‘rtog‘ingizga ham kuch ishlatishga yo‘l qo‘ymang. Bir-biringizdan qanchalik jahlingiz chiqqan bo‘lishining ahamiyati yo‘q. Sevimli inson tomonidan yetkazilgan og‘riq oxir-oqibat sizni bog‘lab turgan hislarni o‘ldiradi.

 

Hech qachon ajrashish haqida gapirmang.

“Ajrashish” — janjal vaqtida juftlik o‘rtasida aytilishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir so‘zdir. Bu so‘z turmush o‘rtog‘ingiz hissiyotiga qattiq zarba beradi. Siz uni qanchalik ko‘p aytsangiz, ajrashish haqiqatda shu darajada tezroq amalga oshadi. Agar bir-biringizni sevsangiz, keyinchalik tez va jahl ustidagi harakatdan achinmaslik uchun hech qachon ajrashish to‘g‘risida gapirmang.

 

Janjal vaqtida uydan ketmang.

 

Janjal vaqtida uydan ketish – turmush o‘rtog‘ingiz bilan bir tom ostida qolish yoqimsiz ekanini ko‘rsatish demakdir. Eshikni qattiq yopib va qorong‘u xonaga kirib ketib, janjalni yechilmay qoldirasiz, sevgan insoningizda esa sizning voyaga yetganingiz borasida shubha uyg‘onadi. Siz va turmush o‘rtog‘ingiz tinchlanib, barini katta odamlar kabi muhokama qilishingiz to‘g‘ri bo‘ladi.

 

Uxlashga alohida yotmang.

 

Munosabatlar muhokamasdan keyin turmush o‘rtog‘ingizdan alohida yotish orqali siz kelishuvga tayyor emasligingizni namoyish etasiz. Biroq kundalik odatlarga amal qilish yuzaga kelgan muhitni yumshatib, mojaroga barham beradi. Dastlab bir-biringizga orqa qilib yotasiz, ertalab uyg‘onib ko‘rasizki, turmush o‘rtog‘ingiz quchog‘ida yotgan bo‘lasiz va janjal sababini eslolmaysiz.

 

Munosabatlarni omma oldida muhokama qilmang.

Agar o‘zingiz va turmush o‘rtog‘ingizga jamoat joyida janjalni muhokama qilishga ruxsat bersangiz, nafaqat bir-biringiz, balki kechani janjalingizni tomosha qilish o‘rniga yoqimli o‘tkazish istagida bu yerga kelgan atrofdagi odamlarga nisbatan ham hurmatsizlik qilgan bo‘lasiz. Shaxsiy mojaroni jamoat mulkiga aylantirmaslik kerak. Yaxshisi biroz sabr qiling va o‘zingizni qiynayotgan narsani uyda ayting.