1. Guruhning hajmi

Bog'chalarda bolalarning guruhdagi soni bo'yicha turli me'yorlar mavjud. Bunda aynan Sizni qiziqtirayotgan muassasada qanday kvota mavjudligini, shuningdek, u yerda ixtisoslashgan mashg'ulotlarni o'tkazish uchun bolalarni kichik guruhlarga bo'lish holati bor yoki yo'qligini tushunish lozim.

Kichkintoylarning guruhda ko'proq yoki kamroq bo'lishi ijobiy hamda salbiy tomonlarga ega. Masalan, agar guruhda 12-15 dan ortiq odam bo'lsa, tarbiyachi hammani barobar nazorat qilishga ulgurmaydi. Shuning uchun bolalarda kichik vazifalarini mustaqil hal etish imkoniyatlari oshadi: kiyinish, hojatxonaga borish, bahsda o'yinchoqni yutib olish. Demakki, ijtimoiylashish jarayoni nisbatan tez sur'atlarda yuz beradi.

Biroq yetarlicha e'tibor bermaslik bunday guruhlar uchun salbiy jihatga ham ega: bolalar ko'pincha o'z holicha qolib ketadi. Ularning mashg'ulotlarda diqqatini jamlashi qiyinlashadi, tarbiyachi esa har bir bolaga e'tibor qaratishga qiynaladi. Natijada, ta'lim yetarlicha samara bermasligi mumkin. Guruhdagi tarbiyachi ko'proq charchaydi, murakkab bolalarni kamroq nazorat qiladi. Bu holat nizoli vaziyatlar yoki hattoki, jarohatlar sonining ortishiga olib kelishi mumkin.

  1. Pedagoglar va tarbiyachilar

Agar Siz bolalar bog'chasidan nafaqat bolaga g'amho'rlik va nazoratni, balki ta'lim dasturini ham kutayotgan bo'lsangiz, unda kim ta'lim berishiga e'tibor qarating.

Maktabagcha ta'lim sohasidagi tarbiyachilar odatda universal-pedagoglar hisoblanadi: ko'pincha ularning istalgan fandan dars berishiga to'g'ri keladi. Natijada, maktabgacha tayyorlash, ijod va shakllantirish mashg'ulotlaridan bir odam dars beradi va u bir vaqtning o'zida kun davomida ularni nazoratda ham ushlab turishi kerak. Tarbiyachilar zimmasidagi bunday yuklama ko'pincha ta'lim sifatiga ta'sir qiladi va afsuski, yaxshi tomonga emas.

Aytish kerakki, bog'cha yaxshi moliyalashtirilgan bo'lib, tor doiradagi mutaxassilarning katta jamoasini to'play oladigan imkonga ega bo'lsa, vaziyat ancha istiqbolli ko'rinadi. Shunda har bir pedagog o'z fani bilan mashg'ul bo'lgani bois, darslar xilma-xil va qiziqarli o'tadi.

  1. Bolalar tadbirlari

Siz tanlagan bolalar bog'chasidagi jamoa qanchalar zamonaviy va kreativ bo'lsa, farzandingiz u yerda shunchalar boy va qiziqarli kun o'tkazadi. Farzandingizni qanday faoliyat kutayotganini aniqlang. Kuz bayrami, Yangi yil, 8 Mart va bitirishga bag'ishlangan an'anaviy tadbirlardan tashqari, sayr ekskursiyalari, teatr chiqishlari (hozir bog'chalarga boradigan teatrlar ko'p), mavzuga doir bayramlar va boshqa ko'plab tadbirlar o'tkazilishi mumkin.

Bola bunday muassasada ko'p vaqtini o'tkazadi. Muhimi, hayotining bu davri yorqin, quvnoq va qiziqarli bo'lishi kerak.

  1. Qayta aloqaning mavjudligi

Bolalar bog'chasida ota-onalar bilan qayta aloqaga chiqish qanday yo'lga qo'yilganiga e'tibor bering. Bog'cha qancha zamonaviy bo'lsa, uning hayoti Siz uchun shu qadar shaffof bo'lib, u yerda yuz berayotgan hodisalarni kuzatish (va nazorat qilish) imkoniyati ortadi:

  • Mashg'ulotlar va muhokama qilinadigan mavzular, farzandingizning o'zini tutishi xususiyatlari, uning muvaffaqiyatlari va qiyinchiliklari haqida pochtaga keladigan tarbiyachining kundalik hisobotlari.
  • Messenjerdagi ota-onalar guruhi: bu yerga tarbiyachi har kuni guruhning haytiga doir suratlar, e'lonlar, axborotlarni yuboradi. Shuningdek, unda savollar berish va dolzarb muammolar haqida ota-onalar bilan muloqotda bo'lishi mumkin.
  • Real vaqt rejimida ulanish yoki oflayn tarzda qiziqtirgan kun qismi qaydini tomosha qilish mumkin bo'lgan videokuzatish kameralari.
  1. Sog'liqni saqlash chora-tadbirlari

Aksariyat ota-onalar uchun bog'chaga bora boshlagani hamon albatta ko'payib ketadigan bolaning kasallanishi holatlari eng muhim masalalardan biri sanaladi. Siz tanlagan muassasada qanday soqliqni saqlash chora-tadbirlari amalga oshirilganini aniqlang. Tibbiyot xodimi bolalarni ertalab ko'rikdan o'tkazadimi, umumiy foydalanish joylari tez-tez tozalanadimi, bog'chada kvarslash va shamollatish amalga oshiriladimi, bolalarni chiniqtirish choralari ko'riladimi?

Muassasa bolalar salomatligiga qancha jiddiy e'tibor qaratsa, uyingizga kasalliklar va ularga hamroh nohushliklar shuncha kam kirib keladi.

  1. Sinov tashrifi

Bog'chani tanlashda barcha ijobiy va salbiy tomonlarni adoqsiz aniqlashtirish mumkin, biroq baholashning eng samarali usullaridan biri – bu sinov kuni yoki sinov haftasi. Agar bog'cha bunday xizmatni taqdim etsa, albatta undan foydalanib qoling.

Mashg'ulotlarga farzandingiz bilan tashrif buyuring, pedagoglar va guruhdagi bolalarning kundalik jonli muloqotini kuzating. Olingan hissiyotlar bog'chadagi umumiy muhit haqida so'zlab berishi, shuningdek aynan shu muassasa Siz va farzadingizga to'g'ri kelishi yoki kelmasligiga oid savolga javob berishi mumkin.