1. Ishlaydigan onalarda mustaqil bolalar o'sadi

Har bir ishlaydigan onada farzandlari bilan kam vaqt o'tkazishi tufayli vaqti-vaqti bilan aybdorlik hissining uyg'onishi va tashvishlanishi tayin. Lekin, buning kutilmaganda aks tomoni ham mavjud: ona murakkab lahzada har doim yonida bo'lmaganida bola o'zi o'ylashni o'rganishga va qarorlarni mustaqil qabul qilishga majbur. Muhimi, qarorlari uchun uning o'zi javobgar ekanligini his qilishi, shu bois shaxsiy xatolari uchun hech kimni aybdor qila olmasligini tushunishi kerak.

2. Ishlaydigan onalarning farzandi o'z fikr va maqsadlarini aniq ifoda qiladi

Ba'zan ma'lum yondashuvlar va odatlarni faqat ishda emas, balki farzandlar bilan muloqotda ham qo'llay boshlaymiz. Xususan, nimani istayotganini va qanday maqsadda kelganini bilmaydigan odamga dastlab fikrni va yakuniy maqsadni aniq ifodalashni taklif qilamiz. Huddi shu ish bolalar bilan ham qo'l keladi. Natijada, bolalar fikrlarini aniqroq ifodalashni va ehtiyojlarini bildirishni o'rganadi. Ifoda etilgan muammoning yechimini topish ham ancha oson.

3. Muloqot uchun vaqt kam bo'lganida, ko'proq qadriga yeta boshlaysan

Odamlar yaxshi narsalarga tez ko'nikadilar. Ona doim uyda bo'lsa, u farzandi bilan o'tkazilgan har bir soatni qadrlamay qo'yadi. Bu odatiy va tabiiy holat.
Huddi shu holat bolada ham ro'y beradi. Doim vaqt yetishmaganida esa, lahzaning qadrini yaxshiroq his qila boshlaysiz. Ishlaydigan onalar farzandlari bilan o'zlari istagandek ko'p vaqt o'tkaza olmaydi, ammo buni sifatli bajaradilar va birga vaqt o’tkazishning barcha imkoniyatlaridan foydalanadilar.

4. Ishlaydigan ona  —  bola uchun yaxshi shaxsiy o'rnak

Bolalarga doim namuna va rolga oid model kerak. Aynan shu namuna va fahrlanish uchun insonning aynan ona bo'lishi juda quvonarli.
Bola ko'radi: hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun ko'p mehnat qilish kerak va aynan ish oilaga yashash hamda qulay turmush uchun pul topish imkonini beradi. Bu bolaning shaxsini shakllantirish va tarbiyalashda juda muhim holat. Bundan tashqari, farzandingiz Sizga g'urur bilan qarashi va aynan Sizag o'xshashni istashini anglash juda yoqimli.

5. Ishlaydigan onalarning farzandi kichikligidan o'zini ifoda etishni o'rganadi

Ona uyda haftasiga 24 soat bo'lmay, o'z fikrini majburan qabul qildirib, ota-ona nufuzi bilan bosib o'tkazmasa, bolalarda o'zini ifoda etish uchun ko'proq imkoniyat paydo bo'ladi. Bola o'ziga va kelajagiga yanada tushungan holda nazar tashlab, shaxsiy shakllanish uchun muhim savollarni shunchaki yonidagi odamga emas, avvalo o'ziga bera boshlaydi.
Ko'pincha mustaqil bolalar hayotdan nima istashlarini xshiroq tushunishadi. Xususan, maqsadlar ba'zan farzandlarida o'zlarining amalga oshmagan orzularini ro'yobga oshiradigan ota-onaga emas, bolaning o'ziga tegishli bo'ladi.

6. Ishlaydigan ota-onaning farzandi jamoada munosabat o'rnata oladi

Ular ko'p vaqtlarini uydan tashqarida o'tkazishga majbur: maktabdagi qo'shimcha soatlar, buvilar-buvalar, to'garaklar, oila do'stlari, qo'shimcha mashg'ulotlar. Bolaning qayerda bo'lishi muhim emas, asosiysi u faqat otasi va onasi bilan emas, balki turli odamlar bilan muloqotda bo'ladi. Natijada, bolalar oilaning boshqa a'zolari, jumladan aka-singillari bilan muloqot qilishning nisbatan rivojlangan ko'nikmalariga ega bo'ladi.