Agar harorat o‘lchagich sinib qolsa, siz nafaqat o‘zingiz, balki atrofingizdagi barcha insonlarga jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan vaziyatga avtomatik ravishda duch kelasiz. Ko‘pchilik simob qoldig‘ini qanday qilib to‘g‘ri yig‘ib olish va organizmga zarar yetkazmay ulardan xalos bo‘lishni bilmaydilar.

Vaziyat hech qanday oqibatlarni keltirmasligi uchun siz qo‘llashingiz kerak bo‘lgan xavfsizlikning asosiy qoidalari mana bulardan iborat.

1. Xona haroratini pasaytirish uchun konditsionerdan foydalaning

 

2. Haroratni o‘lchagich sinib qolgan xona eshigini yoping, uydagi barcha oynalarni oching (biroq haroratni o‘lchagich sinib qolgan xona oynasini ochmang, u yerda yelvizak xosil qilmang, ushbu xonada doka yoki tibbiy niqob orqali nafas oling).

 

3. Kiyimingiz yoki oyoq kiyimingizda simob qoldig‘i yo‘qligiga ishonch xosil qiling. Agar u kiyimingizga tushgan bo‘lsa, kiyimni sovuq suvda 30 daqiqa davomida, 30 daqiqadan keyin sovun-sodali eritmada 70-80 S da yuving, 20 daqiqadan keyin ishqoriy eritma, keyin 20 daqiqa yana sovuq suvda yuving. Yaxshisi, bundan keyin bu kiyimdan xalos bo‘lish (shuncha mehnat qilish keyin esa kiyimni tashlab yuborish... )

 

4. Niqob va tibbiy qo‘lqoplarni kiying, agar ular uyda bo‘lmasa, do‘konga qarab yuguring. Harorat o‘lchagichga qo‘lingizni tekkizmang! Bu juda muhim.

 

5. Qopqoqli shisha banka kerak bo‘ladi, siz uni avval suv bilan to‘ldirib, keyin harorat o‘lchagichni solasiz.

 

6. Simob sharchalarini shprich yoki sprinsovka bilan yig‘ing. Shishani porolon gubka yoki xo‘llangan gazeta bilan to‘plang.

 

Mazkur 6 qadamdan so‘ng polni oqartiruvchi eritma (oqartiruvchi tarkibida xlor bo‘lishi kerak) bilan ikki marta artish kerak. 1 litr suvga 1 osh qoshiq oqartiruvchi. Polni aynan shu usul bilan 1 oy mobaynida 1 haftada ikki martadan kam bo‘lmagan holda yuvish kerak. Simob to‘ldirilgan bankani axlat qutisiga tashlamang. Agar shahringizda maxsus muassasa mavjud bo‘lsa, uni o‘sha yerga olib borish a’lo darajadagi yechim bo‘ladi. Agar bunday muassasa bo‘lmasa, bankani odamlardan uzoq bo‘lgan yerga ko‘ming.

P.S. Bu maqolani devorga osib qo‘ying, bu qachon kerak bo‘lishini bilolmaysan!