Farzandlariga g‘amxo‘rlik qilib, ularning ishlariga aralashadigan ota-onalar bu ishni ularni yaxshi ko‘rganliklari uchun qilishadi, albatta. Biroq o‘zlarining ezgu niyatlari deb bolalariga mustaqil katta inson bo‘lish va hayotda muvaffaqiyatga erishishda xalaqit berishadi.

Djuli Litkott-Xeyms o‘zining «Ularni qo‘yib yuboring» kitobida ota-onalarning ortiqcha g‘amxo‘rligi qanday oqibatlarga olib kelishi, o‘z farzandlarini shafqatsiz hayotda yashay olmaydigan nozik gul qilib katta qilishlari haqida hikoya qiladi.

Quyida – sizni hayotga tayyorlash o‘rniga undan himoya qilganliklarini namoyish etuvchi beligilar aks etgan. Agar bandlarning ko‘pchiligi mos kelsa, sizga erkin tengdoshlaringizga qaraganda kattalar hayotiga moslashish qiyinroq bo‘ladi.

Djuli Litkott-Xeĭms

Stenford universiteti birinchi kurs dekani, “Ularni qo‘yib yuboring” kitobi muallifi va ikki nafar o‘smir farzandlarning onasi.

 

1. Ularning yonidagina xavfsiz ekaningiz fikrini “miyangizga quyishgan”

Xulq-atvor ssenariysi

Ota-onalar ko‘pincha ikki turga bo‘linishadi. Birinchi turdagilari sizni sayrga yuborib, qayerda ekaningizni bilishmaydi: hovlidagi maydonchada yoki yaqin oradagi bog‘da, hilvat qurilish maydonida yoki kitob bilan tomda. Ikkinchilari esa o‘z farzandining har bir qadamini nazorat qiladi.

Havotirdagi ota-onalarni tushunish mumkin. Har kuni OAVda bolalarni o‘g‘irlab ketayotgan xavfli begona kishilar yoki piyodalar yo‘lagida bolani mashinada urib ketib, ko‘zdan g‘oyib bo‘ladigan haydovchilar paydo to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘ladi.

Bolaga xavfni qanday chetlab o‘tish yoki unga to‘ri reaksiya qilishni o‘rgatish o‘rniga uni dunyodan himoya qilishadi.

Masalan, uni ko‘chaga bir o‘zini qo‘yib yuborishmaydi. Hozirgi kunda bu havotir yangi belgilarga ega bo‘lmoqda: g‘amxo‘r ona va ota o‘z bolasiga har 15 daqiqada qo‘ng‘iroq qilishadi yoki GPS orqali ularning joylashuvini kuzatishadi..

Bu kelajakda qanday oqibatlarga olib keladi

Djuli Likott-Xeyms misol sifatida quyidagi vaziyatni keltiradi: ona va o‘g‘il ko‘chani kesib o‘tishmoqda. Ona chap, o‘ng tomonga qaraydi, keyin esa yana bir marta chap tomonga qarab, oldinga yuradi. O‘g‘il esa smartfonidan boshini ko‘tarmay, quloqchinlarni olmay, onasi izidan ketadi. Haqiqatan ham yoningda xavfsizlikni o‘ylaydigan odam bo‘lganida yo‘lga qarashning nima keragi bor.

Kelajakda bunday odam o‘zgalarning yordamisiz qiynaladi. Unda eng kerakli ko‘nikmalar mavjud emas – joyda mo‘ljal olomaslik, xavfni his etmaslik, bo‘sh vaqtini rejalashtirish. Axir bunday ishlar bilan doimiy ravishda ota-ona mashg‘ul bo‘lishgan.

 

2. Ular sizni juda ko‘p maqtashgan

 

Xulq-atvor ssenariysi

Mehnat evaziga olingan maqtov – yaxshi. U bolaga yoki katta odamga qaratilganining ahamiyati yo‘q. Biroq bola cho‘plardan qiyshiq-qing‘ir odamchani yasaganida yoki tishini yuvganida ota-onaning ko‘zida yosh bilan “barakalla” “aqlli bola” deb qichqirishi – juda g‘alati.

Bu kelajakda qanday oqibatlarga olib keladi

Ishdagi muammolar. Bolada u bajargan hamma ish – yaxshi degan ishonch paydo bo‘ladi. Hatto bir necha yil o‘tgach, u ishga kelishining o‘zi mukofot va hammaning fahrlanishi bilan qarshi olinishi kerak degan fikr mavjud bo‘ladi.

Albatta, bola ota-onasi uni yaxshi ko‘rishlarini bilishi muhim. Biroq uning har bir aksirishi uchun – maqtov yorlig‘i taqdim etish boshqa masala. 

 

3. Ular sizning o‘rningizga sport seksiyasini tanlashgan

Xulq-atvor ssenariysi

Ba’zida ota-onalar bolani mashg‘ulotlarga o‘z vaqtini yaxshi va foydali o‘tkazishi uchun emas sportda yuqori cho‘qqiga erishishi uchun berishadi. U tennischi, figurachi, futbolist yoki suzuvchi bo‘lishi uchun sportga yuboradilar. Shuning uchun mutaxassislikni ilk bolalikda tanlaydilar – shunday qilinsa, muvaffaqiyat imkoniyati ortadi.

Bu kelajakda qanday oqibatlarga olib keladi

Bolalar turli jismoniy faollikni yoqtirishadi: ular suzish, yugurish va sakrashni birdek sevishadi. Biroq ularni bir narsa bilan shug‘ullanishga majbur qilinsa, organizm bir xil rivojlanmaydi, shikastlanish xavfi ortadi.

Boshqa murakkab masalalar ham bor. Katta sportga kelish oson emas, demak odatiy bolalik haqida unutish mumkin. Bolaning hayoti maktab va doimiy mashg‘ulotlardan iborat bo‘ladi.

Biroq har bir mashg‘ulotda u konkida zo‘rg‘a tursa yoki darvozani mo‘ljallamay top ursa ham, uni maqtaydigan muxlislar bo‘ladi.

 

4. Ular bolalar o‘yiniga aralashishgan

Xulq-atvor ssenariysi

Yana bir vaziyat 1990 va undan oldin tug‘ilganlardan ko‘ra hozirgi bolalarga ko‘proq tanish. Bu bola ota-onasi bilan jadal asosida bolalar maydonchasiga borishidir.

Ota-ona hech kim urishmasligi, hech kim uni hafa qilmasligi, o‘yinlarning bari ezgu va to‘g‘ri bo‘lishini kuzatishadi. Farzandlari begona bolaning o‘yinchog‘ini olishi bilan uni qaytarish va uzr so‘rash uchun yugurishadi.

Ota-onalar jarayonga shu qadar kirishib ketishganki, ular bolalar maydonchasiga boshqa ota-onalar bilan o‘ynash uchun kelishgandek tuyuladi.

Bu kelajakda qanday oqibatlarga olib keladi

Bolaning tengdoshlari bilan muloqotda ota-onaning o‘z qoidalariga ega bo‘lsa mustaqillik to‘g‘risida qanday gap bo‘lishi mumkin? Ulg‘aygach bunday inson begona odamlar bilan suhbatga kirishish yoki ishda murosa qilishga qiynaladi.

Bolalar maydonchasi – bola muloqot qilishga o‘rganadigan asosiy joy. U mojaroli vaziyatlarga qanday reaksiya qilishni aniqlab oladi. Masalan, o‘yinchog‘ini olib qo‘yishganida u dushmanidan uni olib qo‘yishi, almashish haqida kelishib olishi yoki sovg‘a qilib yuborishi mumkin.

Bolalar o‘zaro xursandchilik qilish, ba’zida singan burun va shilingan tizzalar evaziga bo‘lsa ham o‘zaro kelishishlari lozim. Bundan hech kim hali o‘lmagan.

 

5. Ular uy vazifalarini sinchiklab tekshirishgan

 

 

Xulq-atvor ssenariysi

Bolalarning yutuqlari ota-onasining muvaffaqiyat o‘lchamiga aylanadi. Shuning uchun ular universitetga borishni farzandlariga ko‘ra ko‘proq istashadi.

Asosiy imtihonlarga tayyorlanish deyarli boshlang‘ich maktab boshlanadi. Darslardan so‘ng o‘qish tugamaydi, axir bolani bir nech soatlik qo‘shimcha darslar kutyapti. Mutaxassislik tobora erta va ertaroq tanlanmoqda. 6-7 sinflardayoq o‘g‘il bola va qiz bola uchun mutaxassislikni tanlashadi yoki uni mashq qildirishni boshlaydilar.

Ular farzandlarini qaysi universitetga yuborishmoqchi? Albatta, eng yaxshisiga (qandaydir reytinglar, qo‘shnilar yoki o‘z fikrlariga ko‘ra). Shuning uchu har bir uy vazifasi a’lo darajada bajarilishi lozim. Har kuni kechki payt bola bilan birga darsliklarni o‘qishadi, maktab dasturidagi esdan chiqqan masalalarni yodga olishga harakat qilishadi.

Bu kelajakda qanday oqibatlarga olib keladi

Kitob muallifi Stenfordda dars beradi, shuning uchun bolalarning o‘qishi ota-onalar “boshini qay darajada qotirishi” chegarasi haqida yaxshi biladi. Litkott-Xeĭms onasi juda g‘amxo‘r bo‘lgan ikkinchi kursdagi Jemini yaxshi esladi: har kuni tongda uyg‘otadi, tez kunlarda bo‘ladigan vazifa va testlarni eslatadi, ularni bajarishda yordam beradi. Jemi vazifalarni o‘z vaqtida topshiradi hamda yaxshi o‘qiydi. Yoki uning onasi o‘qiydimi?

Savol shundan iboratki, odam qachon vazifalarni bajarishni rejalashtirish, kasbni tanlash, mashaqqatlarni yenga olish uchun qachon yetarli darajada mustaqil bo‘ladi? Ishga chiqqanidami? Yoki bolani nafaqaga chiqqandagina o‘z holiga qo‘yish mumkinmi?

 

6. Ular maktabda siz yasashingiz kerak bo‘lgan narsalarni sizning o‘rningizga bajarishgan

Xulq-atvor ssenariysi

Sizda maktab tanlovlari ota-onalarning kashfiyotchiligini tekshirish uchun o‘tkaziladi degan his paydo bo‘lmaganmi? Loyihalar shu arxitektura va dizaynerlik aniqligi bilan bajariladiki, har bir katta odamning qo‘lidan kelishiga shubha qolmaydi. Hech bir to‘rtinnchi sinf o‘quvchisining qo‘lidan kelmagani uchun ota-onaga maqtov yorlig‘ini berishning o‘zi kifoyadek.

Bu kelajakda qanday oqibatlarga olib keladi

Qo‘l ishlari tanlovi – bu ota-ona bolasining ijodi va qobiliyatini namoyish etishini namoyish etishni istaydigan yarmarkadir. Agar bu ijodiy shaxsga ota-onasi yelimni olib berishni topshirishsa, bu uning yutug‘i.

Aslida tanlovlar bola tasavvur etishi, turli materiallar - LEGO konstruktorlaridan tortib, archadagi shishlar bilan ishlashi uchun kerak. Bu mayda motorikani rivojlantirish, loyihalashtirish ko‘nikmasi va yakuniy natijani oldindan ko‘ra bilish uchun zarur. Shunday ekan, ota-onalar kimni aldashyapti: maktabdagi o‘qituvchilarnimi yoki o‘z farzandlarini?

Hech kim ota-onalarda bu yaxshi chiqishi to‘g‘risida bahslashmaydi: axir ular ham buni ilgari o‘rganishgan. Biroq bolaning vazifasini uning o‘rniga bajarish uni kelajakda ham qo‘yib yubormaydi.

 

7. Ular hozir ham sizga boladek munosabatda bo‘lishadi

Xulq-atvor ssenariysi

Ota-onalar uchun biz doim bolamiz. Bolalar (ulg‘ayganiga ancha bo‘lgan) katta hayotga qadam qo‘yganida muammolar ortadi. Ularni yosh bo‘lmagan ota-ona hal etishadi.

Ular bolalarini tongda uyg‘otish, tushlik tayyorlash, majlis to‘g‘risida eslatish, uy-joy kommunal xjaligi kvitansiyasini to‘ldirish, mos keladigan turmush o‘rtoqni tanlash yoki bolalar bilan birga o‘tirishda davom etadilar... Shaxsiy hayotga esa vaqtlari qolmaydi.

Bu kelajakda qanday oqibatlarga olib keladi

O‘ta g‘amxo‘rlik odamni charchatadi. Ko‘proq – ota-onalarning o‘zini. Tasavvur eting-a, tug‘ilganingizdan beri ular qanday zo‘riqishda yashamoqda.

Doimiy jismoniy va hissiy zo‘riqishlar charchoq, havotir, tushkunlikka olib keladi. Siz haqingizda shu darjada g‘amxo‘rlik qilishar ekan, ularga farzandlarni tarbiya qilish yoqadi. Ular o‘z to‘g‘risida batamom unutishlarining hech qanday yaxshi jihati yo‘q. Bolalarning ota uyidan ketishi ota-ona uchun haqiqiy zarbaga aylanadi.

 

Juli Litkott-Xeyms «Ularni qo‘yib yuboring» kitobida ota-onalar o‘ta g‘amxo‘rlik bilan o‘z farzandlariga yetkazadigan zarar to‘g‘risida yozadi. Shuningdek, u bolada mustaqillik, ishonch, maqsad sari intilishni rivojlantiradigan tarbiyaning muqobil uslublarini tavsiya etadi.
Bu kitobni zamonaviy o‘smirlarning ota-onalarining o‘qishi ayniqsa foydali. 20-30 yil oldin giper g‘amxo‘rlik holati kam uchrardi, hozirda esa uni hamma joyda uchratish mumkin.