Dastlab marosimga asosiy suratkashga qo'shimcha ikkinchi suratkash sifatida kelish maqsadga muvofiq. Shu tariqa, qimmatli tajribaga ega bo'lib, tez orada to'ylarni qanday qilib professional suratga olish haqida so'zlab bera olasiz.

 

Maslahat №1: texnika

 

 

  • Yoningizda ikkita apparat bo'lgani yaxshi – ulardan biri sinib qolsa, rahmat aytasiz.
  • Texnikangiz xususiyatlarini yoddan bilishingiz shart. Shoshgan holda hammasini sinab ko'rib, qimmatli kadrni qo'ldan boy bergandan ko'ra, avvaldan ma'lum vaziyatda qaysi ob'ektivni ishlatishni aniqlashtirib olgan ma'qul.
  • Ikkita fotoapparatdan tashqari, o'zingiz bilan birga tekshirilgan ob'ektivlar to'plami, yetarlicha miqdordagi xotira kartasi, ichkarida suratga olish uchun bir nechta tashqi chaqnoq hamda tashqaridagi fotosessiyalar uchun aks ettiruvchini oling.
  • Sizga bir nechta akkumulyator va ular uchun quvvatlagich kerak bo'ladi. Batareya har doim eng muhim vaqtda o'chib qoladi.

 

Maslahat №2: to'yni qaysi sozlashlarda suratga olish

 

 

  • To'yga kelishdan avval albatta bilimlaringizni amalda sinab ko'ring – tantanali marosim sinovlar va tajribalar joyi emas. Ko'chaga chiqib, viderjka, diafgarma, yorulikka ta'sirchanlik, ekspozitsiya xususiyatlarini aylantirib ko'ring.
  • Agar to'yni qaysi rejimda suratga olgan ma'qulligini o'ylayotgan bo'lsangiz, doim qo'l rejimini tanlang (M). Bu kerakli sozlashlarni mustaqil tanlash va kutilgan natijaga erishish imkonini beradi.
  • Diafragmaning ahamiyati minimal bo'lishi kerak, bu suratlaringizning yanada badiiy va yoqimli chiqishiga yordam beradi va kadrda ko'proq yorug'lik olish imkonini beradi.
  • JPEG shaklida suratga olmang! U texnikangizdagi barcha imkoniyatlarni ochishga to'sqinlik qiladi. Lekin, RAW shakli keyinchalik ishlov berishda avval belgilangan istalgan noto'g'ri sozlashdan osongina qutulish imkonini beradi.

 

Maslahat №3: lahzalar

 

 

  • Agar asosiy fotosuratchi bo'lishga qaror qilgan bo'lsangiz, marosimning barcha lahzalarini aks ettirishingiz kerak: ro'yhatdan o'tish, banket, sayr. Bironta ham qimmatli kadr chetda qolmasligi kerak!
  • Agar ikkinchi fotosuratchi sifatida ishlayotgan bo'lsangiz, asosiy ortidan syujetlarni qaytarmang: barcha mehmonlar, bayram muhiti, sizga muhim tuyulgan qandaydir detallarni suratga oling.
  • Modellaringizga suratlar uchun g'aroyib syujetlar o'ylab toping, tasavvurni ishlating. Oxiri yo'q “kelinlarga” qaragandan ko'ra, o'ziga xos suratlarni tomosha qilgan ancha qiziqarlidir.
  • Jamoaviy suratga oling. Har bir mehmon suratda qolishni istaydi.
  • Bayramdagi har bir odamning tabiiy hissiyot onlarini «tutishga» harakat qiling, shunda juda nozik va iliq reportaj hosil bo'ladi.

 

Maslahat №4: hulq-atvor, etika

 

 

  • Kelin va kuyov bilan avvaldan chiqishda qancha kadr olishni istashlarini, qaysi mehmonlar birinchi navbatda suratga olishini kerakligini kelishib oling.
  • Kech qolmang! Belgilangan vaqtdan sal oldin kelgan ma'qul, natijada hududni ko'zdan kechirib, suratga olish uschun qulay joylarni avvaldan bilib olish mumkin.
  • To'yda atrofingizga birgalikdagi syujetlar uchun qarindoshlarni to'plab beradigan odam bilan tanishib oling.
  • Agar ikkinchi fotosurachi bo'lsa, u bilan tanishib oling. Birgalikda suratga olish vazifalarini belgilab, bir xil kadrlarni ko'paytirmaslik va ishni ancha oson amalga oshirish uchun ularni ikkiga bo'lib olishingiz mumkin.
  • Toza, yorqin bo'lmagan kiyim kiying, marosim dress-kodiga mos tushishga harakat qiling. Axir, kelindan o'zib ketishni istamaysizku?!
  • Mehmonlarga halaqit qilmaslik uchun harakat qiling. Avvalo fotosuratchi marosimda deyarli sezilarsiz bo'lib qolishi kerak.
  • Kattami yoki kichik bolami, hamma bilan muloyim bo'ling.
  • Jamoaviy suratlarni olganda hazil yordamida e'tiborni o'zingizga qaratishga harakat qiling. Suratda hech kimning ko'zi yumilib qolmasligi uchun mehmonlardan avval ko'zlarini yumib turishni va “3” deganda ochishni so'rang.

 

Maslahat №5: “FHDYO”da suratga olish

 

 

  • Unutmang: odam ko'p bo'ladi, shuning uchun suratga oladigan joyni tanlash uchun belgilangan vaqtdan ertaroq keling.
  • FHDYOda sizga albatta tashqi chaqnoq kerak bo'ladi. Fotoapparatga o'rnatilgan chaqnoqdan foydalanmang, uni tashqi chaqnoqdan farqli ravishda sozlab bo'lmaydi.
  • Sozlashlarni yana bir bor tekshiring: ortiqcha yorishib ketgan suratlarni ko'rib uyalgandan ko'ra, hammasini yana bir karra tekshirgan afzal.
  • Iloji boricha jim va sezilarsiz bo'lishga harakat qiling. Kelin-kuyov butun umrga yodda saqlab qoladigan tantanali marosim bo'lyapti. Vaziyatni tushuning.

Maslahat №6: ishlov berish va muddat

 

 

  • Barchasi oddiy: tayyor materialni mijozga qancha tez topshirsangiz, sizni boshqalarga tavsiya etishlari ehtimoli shuncha katta.
  • Ustalardan o'rganing: surat rangini tuzatish bo'yicha mahorat maktablariga boring, internetda o'rgatuvchi video toping. Birinchi bosqichda taqlid qilish – bu yomon emas.
  • Mijozlar yorqin va quvnoq suratlarni ma'qul ko'radi. Agar kayfiyatingiz yomon bo'lsa – uni suratlarga o'tkazmang, yaxshisi ertangi kunga qoldiring.

 

Maslahat №7: boshqalar

 

Asosiy kompozitsiya usullarini avvaldan o'rganing – ular bilan o'zingizni ishonchliroq his etasiz, suratlar esa professional chiqadi.

  • Shahringizdagi mavzuga doir forumlarda boshqa to'y suratchilari bilan muloqotda bo'ling, do'stlashishga harakat qiling: odamlar to'yda yaxshiroq suratga olish yo'llarini aytishi, tajribasi bilan o'rtoqlashishi mumkin. Shuningdek, «alyanslarga» birlashib, marosimlarda o'zaro yordam berish mumkin.
  • Piarni unutmang. Agar portfolioni chop etmasdan o'zingiz haqingizda doim eslatib turmasangiz mijozlar ko'paymaydi.
  • Kadrni sozlash va uni tanlashda o'zingizga shu savolni bering: «Shu kadrda bo'lsam, o'zimga yoqarmidim?»

 

Yodda tuting, mijozda qancha ko'p ijobiy hissiyotlarni uyg'ota olsangiz, kelajakda sizga shuncha ko'p odam murojaat qiladi. Omad!