O‘zingizga yoqqan tilni o‘rganish oson. Agar ularning hammasi sizga yoqimli eshitlsa, ingliz tilini bilsangiz, ishga ijodiy jihatdan yondashgan ma’qul. Layfxakerda nemis tili foydasiga 7 fikr mavjud.

1. Nemis tili mashhurligi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda

Yevropada istisno tarzda ingliz tilidan tashqari, nemis tilida ko‘proq gaplashadilar. Germaniyaning o‘zida 83 million odam yashaydi, bu ko‘rsatkich boshqa Yevropa mamlakatlaridagiga qaraganda ko‘proq. Yevropa bo‘ylab sayohat qilayotib, Avstriya, Shveysariya, Lyuksemburg, Lixtenshteyn aholisi bilan bemalol muloqot qilishingiz mumkin. U Italiya shimoli, Belgiya va Fransiya sharqi, Niderlandiya, Daniya, Chexiya va Ruminiyadagi aholi mazkur tilda so‘zlashadi.

Aytgancha, nemis domeni .de — eng keng tarqalgan hisoblanadi: nemis saytlari internetning katta segmentini egallagan. Nemis tilida erkin so‘zlashadigan mutaxassislar ingliz tilidagiga nisbatan kamroq. Bu uni raqobatchilari orasida ahamiyatini oshiradi.

 

2. Xalqaro akademik almashinuvlarga homiylik yordami

Nemis jamg‘armalari xorij talabalariga ko‘plab almashinuv, malaka oshirish va yozgi kurslarni moliyalashtiradi. Oliy o‘quv yurtingizdagi mobil bo‘limga murojaat eting va nemis universitetlari bilan hamkorlik dasturlari to‘g‘risida so‘rang. Germaniya holatida harajtlar qabul qiluvchi tomonidan qoplanadi.

Germaniya Akademik almashinuvlar xizmati (DAAD), Genrix Byoll, Konrad Adenauer, Roza Lyuksemburg, Aleksandr fon Gumboldt jamg‘armalari, Germaniya-Rossiya forumi va ko‘plab boshqa tashkilotlar ishtiyoqi biland talabalarga xorijda o‘qish va tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishda yordam berishga tayyor.

Agar ilmiy loyihangiz mavjud bo‘lmasa yoki magistrlik darajasini olishni rejalashtirmayotgan bo‘lsangiz, DAAD tomonidan moliyalashtiriladigan yozgi maktablardan birida o‘qish uchun hujjat topshirishingiz mumkin. Muhitga kirib va ona tilisi nemis tili bo‘lganlar bilan suhbatlashib, tilni tez va samarali o‘rganish, hatto boshqa aksentdan ham xalos bo‘lish mumkin.

 

3. Bepul ta’lim

Agar stipendiyani qo‘lga kirita olmagan bo‘lsangiz, yaxshi nemis tili bilan Yevropada ta’lim olish imkoniyatingiz yuqori. Rossiya o‘quv yurtlarida bir necha semestr o‘qib, siz bakalavriatga topshirishingiz, keyin esa magistraturaga hujjat topshirishingiz mumkin.

Germaniya — ko‘plab universitetlarida ta’lim olish bepul bo‘lgan kam sonli mamlakatlardan biridir, bir semestrda to‘lanadigan 200–400 yevro hajmidagi badal bundan mustasnodir.

Badalni to‘lab, talaba jamoat transporti chiptasi va boshqa imtiyozlarga ega bo‘ladi. Kirish imtihonlar yo‘q, ammo attestat va diplomdagi baholar katta ahamiyatga ega. Germaniya xorijiy talabalar uchun ochiq, ularning soni jami miqdorning 12 foizini tashkil etadi, bu ko‘rsatkich doimiy ravishda o‘sib bormoqda.

 

4. Professional o‘sish uchun istiqbollar

Nemislar – o‘tgan yil bo‘yicha nafaqat futbol bo‘yicha, balki mamlakatning tashqi iqtisodiy balansi bo‘yicha ham chempiondir. Nemis iqtisodiyoti dunyoning yetakchi ichtisodiyotlari orasida uchinchi o‘rinni egallagan va inson rivojlanishi indeksi (IRI) bo‘yicha mamlakatlar birinchi beshligiga kirgan.

Germaniya — nemis eksportining katta qismini tashkil qilgan mashina va turli uskunalar ishlab chiqaruvchisidir. Bu yerda xizmatlar, tibbiyot informatsion va biotexnologiya, energiyaning qayta tiklanuvchi manbalari va ekologik toza texnologiyalardan foydalanish rivojlangan.

Bu tajribalarning barini Germaniyada o‘rganish va undan o‘zlashtirish mumkin, bu esa xususiy biznesni rivojlantirish, hamkorlar izlash va malaka oshirish yo‘llarini ochib beradi.

 

5. Nemis tili — kashfiyotchilar va innovatorlar tili

Nemis tili – ahamiyati bo‘yicha ilm-fanning ikkinchi tili bo‘lib, akademik karyerani qurish istagida bo‘lganlar uchun uni o‘rganish ortiqchalik qilmaydi. Nemis tilida so‘zlashuvchi ko‘plab olimlar butun jahonda tan olingan: ular orasida Albert Eynshteyn, Maks Plank, Genrix Gers, Konrad Suze va ko‘plab boshqalar bor.

Nemis kitob bozori xitoy va ingliz bozorlaridan keyin dunyoda uchinchi o‘rinni egallagan.

Hamma asarlar ham boshqa tillarga tarjima qilinmagan – nemis tilini bilish ularni o‘qiy olish imkonini beradi.

 

6. Nemis tilida gaplashadigan mumlakatlarning madaniyati va san’ati

Germaniya va Avstriyaning madaniyat merosi butun dunyoga dong taratgan. Nemis tili ona tilisi bo‘lganlarning fikriga ko‘ra, u shoir va adiblar tilidir. U yangi madaniyat bilan tanishish va uning o‘ziga xosliklari bilan “birinchi qo‘llar” orqali tanishish imkonini beradi. Siz originalda Gesse, Remark, Brext va Endeni o‘qishingiz mumkin, Gyote va Shillerni esa gapirmasa ham bo‘ladi.

 

7. Nemis tilini o‘rganish biz o‘ylagandan osonroq

Nemis grammatikasi va so‘z boyligi to‘g‘risida afsonalar mavjud. “Agar nemis yozuvchisi gapga sho‘ng‘isa, siz uni Atlantik okeanning boshqa tomonidan og‘zida fe’l bilan suvdan chiqmagunicha ko‘rmaysiz”, - deb yozadi mazkur bo‘ysunmas tilni o‘rganishdan hafsalasi pir bo‘lgan amerikalik yozuvchi va jurnalist Mark Tven “Nemis tilining dahshatli mashaqqatlari to‘g‘risida” nomli ocherkida.

Balki Mark Tven rus tilini o‘rganishga harakat qilib ko‘rmagan bo‘lsa kerak: rus tilidagi olti kelishikdan keyin nemis tilidagi to‘rtta kelishik u qadar murakkab tuyulmaydi. Agar ingliz tili bilan shug‘ullangan bo‘lsangiz, nafaqat alfavit, balki ko‘plab so‘zlar sizga tanish bo‘ladi.

Nemis tilini eshitib tushunish oson: “qanday eshitilsa, shunday yoziladi” qoidasi ko‘p hollarda so‘zsiz ishlaydi. O‘zingizni old qo‘shimchalar, sheva va tarkibiy qismlarga ega so‘zlar bilan qo‘rqishga qo‘ymang. Tilni yoqtirib qolishga harakat qiling – u ham sizga “ha” deb javob beradi!