Oyoq kiyim qutisidagi qopchalarda doim “Yemang” va “Tashlab yuboring” deb yozilgan bo‘ladi. Biroq birinchi buyruq gapgagina quloq solish kerak. Silikagel sharchalarida haqiqatan ham to‘yimli moddalar mavjud emas (biroq zaharli moddalar ham yo‘q). Ulardagi namlikni shimib olish xususiyati ko‘plab holatlarda asqotadi.

1. Kiyimlarni bakteriya va hidlardan asrang

Sharchalar to‘ldirilgan bir necha qopchani fitnes zal yoki basseynga olib boradigan sumkanga solib qo‘y. Namlikni yutish orqali ular kiyimlarni bakteriya va mog‘or bosishdan, demak yoqimsiz hidlardan asraydi. Aynan shu usulda sharchalardan sayohatlarda foydalanish tavsiya etiladi, bu maslahat namlik darajasi yuqori bo‘lgan mamlakat va plyajlarda ayniqsa asqotadi.

2. Old oyna terlashining oldini oling

Kechqurun uskunalar paneli ustida bir necha qopchalarni qoldiring, ertalab esa terlagan oyna muammosi ancha kamayadi.

3. Oyoq kiyimlarni quriting

Shunisi aniqki, sharchalar oyoq kiyimlarda ularga berilgan vazifalarni a’lo darajada bajaradi, hatto bu oyoq kiyim yangi bo‘lmasa ham. Ayniqsa, bu usul oyoqlari o‘ta terlaydiganlar uchun juda qo‘l keladi.

4. Xo‘l bo‘lgan telefonni asrang

Guruch haqida unuting! Xo‘l bo‘lgan telefonga qopchalarni qo‘y, to‘liq qayta tiklanish imkoniyati sezilarli darajada ortadi. Uyog‘iga nima qilish kerakligi haqida ma’lumot olish uchun bizning ayfonning texnik muammolari to‘g‘risidagi qo‘llanma orqali ma’lumot olishingiz mumkin.

5. Pichoqlar o‘tmaslashib qolishiga yo‘l qo‘ymang

Pichoq qanchalik qisqa muddat namlik bilan qoplanib tursa, shunchalik uzoq vaqt davomida o‘tkir holatda qoladi. Silikagelni pichoqlar saqlanadigan joyga qo‘y, shunday qilsangiz, uni kamroq o‘tkirlashtirishingiz mumkin.

6. Oilaviy suratlarni saqlab qoling

Suratlar solingan qutiga silikagel sharchalari solib qo‘yilsa, xotiralarning qog‘oz arxivi yopishib qolmaydi va o‘z sifatini yo‘qotmaydi.

7. Ustaradan foydalanish muddatini uzaytiring

Agar ustarani qopchalar solingan idishda saqlansa, u holda ustara o‘tkir indikator chizig‘i butunlay o‘chib ketsa ham o‘tkir holatini saqlab qoladi.