Buning uchun interyer buyumlari va predmetlari to‘g‘ri tanlangan bo‘lishi lozim.

Aynan ular xonadon va uydagi kayfiyatni yaratadi. Amalga oshirilishi kerak bo‘lmagan ish bu - buyumlarni rasmda chiroyli ko‘ringani uchungina tanlashdir. O‘zaro mos kelmagan bo‘lmagan buyumlar ko‘p bo‘lsa, xonada mutanosiblik his etilmaydi. Mutanosiblik mavjud bo‘lsa, har qanday mehmon atrof-muhitni yaratishda mezbonning “qo‘li”ni his etadi va u to‘g‘risida ijobiy fikrlar vujudga keladi. Biz bir qancha qiziq do‘kon va yechimlar topdik, ulardan o‘z uyangning ko‘rinishini o‘zgartirishda foydalanishing va uni g‘urur bilan uy deb atashing mumkin.

 

1. Dizaynerlik javonlari va yoritgichlar

Xonadonga qiziq ko‘rinish berish u qadar mushkul emas. Bunda yirik mebel ham, interyerning katta bo‘lmagan predmetlari yordamga keladi. Eng muhimi – ular shakli, rangi, hamma narsasi bilan ajralib turishi kerak. 

 

Dizaynerlik mebeli bu vazifani yaxshi ado etadi. Masalan, nostandart shakldagi original javonlar nafaqat foydali joy taqdim etadi, balki, noodatiy ko‘rinadi. Agar mehmonlar e’tiborini o‘z kitoblaring va boshqa buyumlarga qaratishni istasang, bunday javonlar mazkur vazifani a’lo darajada bajaradi.

 

Yorug‘lik – interyerga o‘ziga xoslik bahsh etishning ikkinchi instrumenti. Biroq yorug‘lik manbalari o‘zidan o‘zi hayratga tushgan nigohlar predmeti bo‘la olmaydi. Misol uchun, bezatilgan, plafonsiz osma yoritgichlar. Bu turli shkaf, stul va karovotlarga ham tegishli, ular ajralib turishi lozim.

 

 

2.Kreslo

Hamma kreslolar ham qulay emas. Ayniqsa ularning vazifasi chiroyli ko‘rinish bo‘lsa. Biroq unda vaqtingni ko‘p o‘tkazasan, sog‘lig‘ing uning qulayligiga bog‘liq. Ayniqsa bu ofisi uyda bo‘lganlarga tegishli: frilanser, dasturchi, dizayner va ko‘p vaqt davomida o‘tirgan holda ishlaydigan barcha kasb egalari. Do‘konlarga kirib, u yerdagi barcha kreslolarda o‘tirib ko‘rish fikri sizni quvontirmaydi, shuning uchun boshqacha yo‘l tutish mumkin. Oddiy kreslo ikki-uch holatni taqdim eta oladi, ular esa tezda jonga tegishi mumkin. Shuning uchun ergonomik kreslo harid qilganingiz ma’qul.

 

Mavjud bo‘lganlardan Ergohuman kreslolari bizga ma’qul bo‘ldi. Ularda deyarli hamma narsani sozlash mumkin: egiilish va suyanchiq balandligi, uning qarshiligi, o‘tirish joyi ikki qutb bo‘ylab nazorat etiladi, hatto bosh uchun suyanchiq ham sozlanadi. Ushbu kreslolardagi tirsak qo‘yadigan joylar balandlik, chuqurlik va burilish burchagi bo‘yicha sozlanadi. Bundan tashqari noutbuk yoki oyoq qo‘yiladigan maxsus joyga ham buyurtma berish mumkin. Agar hashamatli kreslo xarid qlimoqchi bo‘lsangiz, u holda teridan ishlangan modellar tavsiya etiladi. Ular yuqorida aytib o‘tilgan qulayliklarga ega va ko‘rinishi ham zamonaviy.

 

3.Rasm va posterlar

Bu interyerni yangilashning eng oddiy usuli – suratlar xonada muayyan kayfiyat yaratib qolmay, e’tiborni ham o‘ziga jalb etadi. Shuning uchun poster va suratlardagi tasvir muhim. Agar bu borada biror bir fikrga ega bo‘lmasangiz, Artwall.ru. assortimenti bilan tanishib chiqing. Har qanday interyerga mos keladigan minglab poster, rasm va suratlar to‘plangan. Modulli rasmlar ham chiroyli ko‘rinadi, ta’bga qarab o‘zingiz istagancha joylashtirishingiz mumkin. Devor nakleykasiga e’tibor qaratishingizni so‘raymiz, interyerga mos qilib tanlash qiyinroq. Biroq buning uddasidan chiqsangiz, juda chiroyli ko‘rinadi. Agar betakror ko‘rinish yaratmoqchi bo‘lsangiz, mashhur zamonaviy rassomlarning mualliflik printlarini xarid qilishingiz mumkin. Albatta, qog‘ozga tushirilgan yoki xolstga chizilgan, tarmoqdan olingan rasm va tasvirlarga buyurtma bersangiz ham bo‘ladi.

 

4. Individual dizayndagi qorli shar

 

Bu holatda o‘z fantaziyangizga tayanishingiz, qolganini esa sizning g‘oyalaringizni amalga oshiradigan dizayner va rassomlarga qo‘yib berishingiz mumkin. Individal dizayndagi qorli sharga buyurtma bering, u nafaqat qish uchun, balki yilning istalgan fasliga mos keladi. Chiroyli panorama, qasr, uy, qahramon yoki chiroyli kompozitsiya bo‘lishi mumkin. Nafaqat ichki ko‘rinish, balki tutqichini ham o‘zingizga mos uslubda tayyorlatsangiz bo‘ladi. Unga biron-bir so‘zni yozdirish yoki suratni tushirtirish mumkin. Agar biror betakror narsa kerak bo‘lsa, yorug‘lik, aylanish va shar ichida pult bilan boshqariladigan sevimli musiqa yangrashi kabi funksiyalar xalaqit qilmaydi. U holda shar kunduz kunlari va kechasi chiroyli ko‘rinibgina qolmay, sizga ko‘plab ijobiy hissiyotlarni taqdim etadi.

 

5. Original bezak

Originallik har bir interyerda mavjud bo‘lishi kerakligi to‘g‘risida aytib o‘tdik. Biroq buyumlarni dizaynga mos bo‘lgani uchungina sotib olish ham yaramaydi, ular uy egasining kayfiyati va qalbini aks ettirishi lozim. Topish oson emas, biroq g‘aroyib do‘kon Pitit Jardin ni uchratdik. U yerda chiroyli, odatiy bo‘lmagan buyumlar yaratiladi, ular orasidan ko‘nglingizga mosini topishingiz mumkin. Bu loyiha asoschisi buyumlar noodatiy hamda muayyan falsafaga ega bo‘lishi g‘oyasiga tayangan.

 

Do‘kon assortimentida ham bu namoyon: ular g‘aroyib bo‘lishidan tashqari, aynan bunday buyumni hech qayerda topa olmaysiz, u xoh metal jurnal stoli, lampa yoki yog‘ochdan ishlangan stulcha bo‘lmasin betakror va o‘ziga xos ko‘rinishga ega. Mayoq ko‘rinishidagi javon diqqatimizni tortdi. Agar dengiz mavzusi sizga yaqin bo‘lsa, u holda siz bunday ramziy interyer predmetiga ega bo‘lishni istashingiz aniq. Unga yoritgich o‘rnatilsa, u to‘laqonli mayoqqa aylanadi. Ushbu do‘kon assortimenti bilan mustaqil ravishda tanishib chiqishni maslahat beramiz. Do‘kon ustalari tomonidan tayyorlangan bu qadar ko‘p sonli g‘aroyib buyumlarni tasvirlab berish imkonsiz.

 

 

6. Aksessuarlar

Hajmi katta bo‘lmagan aksessuarlar interyerga ajoyib ko‘rinish bahsh etadi. Masalan, tabiiy yog‘och va teridan ishlangan gazeta uchun maxsus javon qimmat ko‘rinibgina qolmay, xonaga muayyan ruh bag‘ishlaydi. Uni uydagi ofis yoki mehmonxonaga qo‘yish mumkin. Uyingizda jurnallarning bo‘lishi odatiy hol bo‘lsa, ularni tahlash uchun jurnallar uchun bejirim lotok mos keladi. U teridan tayyorlangan bo‘lib, juda hashamatli ko‘rinadi. Ba’zilarimizning shahar tashqarisida uyimiz bor, ular kamin bilan jihozlangan, uning uyda borligining o‘ziyoq shinamlikka 70 qo‘shadi. Biroq o‘tinlarni polda saqlash – yaxshi yechim emas. O‘tinlar uchun savat asqotadi – ko‘rinishi zamonaviy, u bilan har qanday kamin yanada go‘zal ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bu aksessuarlarning barini mana bu yerda topishingiz mumkin, assortimentni diqqat bilan o‘rganishni maslahat beramiz, chunki uy uchun qiziq va foydali buyumlar juda ham ko‘p.

 

7. Freska va surat chizilgan devorlar

Devorlar bo‘sh bo‘lishi kerak emas – bu darhol seziladi. Biroq zerikarli devorlarni san’at asariga aylantirish imkoniyati mavjud. Vazifani mohir ustalarsiz bajarish amri mahol. Devorlarga mustaqil ravishda suratlar chiza olmaysan, shuning uchun ushbu mas’uliyatli vazifani o‘z ishining ustalariga ishonganingiz ma’qul.

 

Masalan, xonadonning ko‘rimsiz devorlariga shunday suratlar solginki, uyingizga muzeyga kelgandek tashrif buyurishsin, ana shunda chipta sotuvchini ishga olsangiz ham bo‘ladi. Bu bilan ularning imkoniyatlari tugamaydi – yirik freska yoki haykalni uyingizga olib kelishlari uchun buyurtma berishingiz mumkin. Aytgancha, gap uy haqida borar ekan, ular tashqi ko‘rinish ustida ham ish olib borishlari mumkin. Istasangiz xonadoningizni kosmik kema yoki Xogvarts filialiga aylantirishingiz mumkin.