Taom hayotingizni tavakkalga qo'yib tatib ko'rishga arzirli darajada mazali bo'lishi mumkinmi? Dunyoda ko'plab nozik va havfli tansiq taomlar borki, agar ular noto'g'ri tayyorlansa salomatlikka tuzatib bo'lmas shikast yetkazishi mumkin.

Quyida dovyurak ovqat shinavandalari uchun sayyoramizdagi eng havfli taomlar ro'yhatini taklif etamiz.

7-o'rin. Lyutefisk

Lyutefisk — Skandinaviya davlatlaridagi an'anaviy baliqli taom. U treska balig'ini ishqorda marinadlash orqali tayyorlanadi.Bir necha kun o'tgach baliq suvda yuvilib, termal ishlovdan o'tkaziladi. Natijada, keskin hidli yarim shaffof liqildoq massa hosil bo'ladi. Odatda bu taom Rojdestvo bayramida pishirilgan kartoshka va sabzavotlar bilan birga dasturhonga tortiladi.

Ushbu taomni tatib ko'rishga tavakkal qilgan dovyuraklar kumush oshxona jihozlaridan foydalanish mumkin emasligini yodda tutishlari zarur, chunki korroziya bir zumda ularni yemiradi.

6-o'rin. Krevetkali shok-kokteyl

Shok-kokteyl odatiy krevetkali (mayda qisqichbaqa) kokteyldan birga tortiladigan maxfiy xushbo'y qaylasi bilan farq qiladi. Uning tarkibi ko'p miqdordagi yerqalampirdan iborat. Qaylada umuman qalampir yo'qligiga qaramay, kokteyl shu qadar achchiq chiqadiki, ayrim tashrif buyuruvchilar o'zlarini tok urgandek his qiladilar va hattoki hushlaridan ketadilar.

Mazkur achchiq ekzotik taomni Indianapolisdagi noyob tayyorlash usuli orqali butun dunyoda nom qozongan «Avliyo Elmo steyk-xausida» tatib ko'rish mumkin.

5-o'rin. Naga jolokiya qalampiri

Naga jolokiya jahondagi eng achchiq gibrid-qalampir sifatida Ginnes rekordlar Kitobiga kiritilgan. Qalampir tarkibida uni halokatli darajada havfli qiladigan kapsaitsin moddasi mavjud. Pazandalikda undan eng kam miqdorlarda foydalanadilar, chunki uning hattoki birgina ortiqcha grammi o'limga sabab bo'lishi mumkin. Biroq, u yovvoyi fillarni ekinlar va uylardan haydash uchun qishloq xo'jaligida ko'p ishlatiladi.

4-o'rin.Qovurilgan a-ping biy o'rgimchagi

Qovurilgan a-ping biy o'rgimchagi — Kambodja oshxonasining milliy boyligi hisoblanadi. Mahalliy aholi uchun biydan tayyorlangan yegulik – noyob taom hisoblanadi. Yumshoq go'sht va qarsildoq shirin qobiq mahalliy aholi hamda sayyohlarni ushbu ekzotik taomni tatib ko'rish uchun navbatda turishga majbur qiladi.

Biroq, uni yeyishda o'ta e'tiborli bo'lish zarur, chunki o'rgimchakning qoziq tishlarida eng kuchli zahar bo'lib, taom noto'g'ri tayyorlangan bo'lsa tuzatib bo'lmas oqibatga olib kelishi mumkin.

3-o'rin. Aki

Noksimon aki mevasi — Yamayka oshxonasidagi an'anaviy tarkibiy qismdir. Mevaning faqat etini iste'mol qilish mumkin bo'lib, u avval pishiriladi, so'ngra qovuriladi hamda salat, non va mevalar bilan birga tortiladi. Aki ko'rinishi va ta'mi bo'yicha yong'oq ta'milik qovurilgan tuxumni eslatadi. Xususan, mevaning yaxshi pishmaganlari havflidir, chunki ularning tarkibida mavjud toksinlar noto'g'ri termal ishlov berish oqibatida o'limga olib kelishi mumkin.

2-o'rin. Bangidevona

Asrlar davomida noan'anaviy tibbiyot bangidevonadan dorivor o'simlik sifatida foydalanib kelgan. Aslida esa bu havfli zaharli o'simlik. Bangidevona urug'larini, barglaridan tayyorlangan choy va sharbatini iste'mol qilish alahlash, xotirani yo'qotish, yurak urishining tezlashishi va gallyutsinatsiyalarga sabab bo'lishi, ortiqcha miqdori esa o'lim bilan tugashi mumkin.

1-o'rin. Sannakchi sakkizoyog'i

Sannakchi koreys oshxonasidagi eng qimmat va noyob taomlardan biri hisoblanadi. Tirik sakkizoyoq bo'laklarga bo'linib, shunday tirikligicha dasturxonga tortiladi. Ishqibozlarning fikricha, tirik sakkizoyoq pishirilganiga nisbatan yanada o'tkir ta'mga ega bo'ladi.

Bunday taomning havfli tomoni shundaki, qisqarayotgan paypaslagichlar bo'g'ilishga sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun uni yaxshilab chaynash tavsiya etiladi. An'anaga ko'ra sakkizoyoq ustida kunjut urug'lari sepiladi va turli qaylalar bilan birga tortiladi.