Aksariyat shampunlar davolovchi eliksirlar roliga da'vogarlik qiladi. Ishlab chiqaruvchilar ularning sehrli xususiyatlari (hattoki, mantiq va kimyo qonunlariga zid ravishda ham) haqida gapirishni yaxshi ko'rishadi. Biroq, mo'jiza xarid bosqichidayoq tugashi mumkin: sanab o'tilgan moddalar yo foyda keltirmaydi yoki mavjud emas. Shuningdek, oshkora marketing tovlamachiligi holatlari ham uchrab turadi.

E'tiboringizga yorliqdagi qaydlarning ko'rsatilgan tarkib bilan solishtirmasini taqdim etamiz. Ayrim moddalar bizni kulishga majbur qildi.

7. Kashmir ekstrakti

 

 

Kashmir tolali sviterdan damlama tayyorlash mumkinmi? Kimyo bo'yicha birlamchi bilimlar bunga ishonishga yo'l qo'ymaydi. Tarkibni o'tganish orqali lanolin – qo'y yungini qaynatish orqali olinadigan mumni ko'ramiz. U namlantiruvchi sifatida samara beradi, ammo “lanolin” so'zi foydalanuvchi e'tiborini qozonmaydi. Marketologlar uni “kashmir ekstrakti” bilan alishtirishga qaror qildilar.

6. Dengiz minerallari

© depositphotos  

 

Tarkibiy qismlar orasida faqat maris sal — dengiz tuzini topdik. Bunda hech qanday yolg'on yo'q, ammo foydasi bordek eshitiladi.

 

5. Asalari suti

 

Bu ona asalari tuxumlari uchun boquvchi-asalarilar ajratadigan qorishma. Tarkibida mavjud ko'plab foydali moddalar tufayli asalari suti super vosita sifatida ko'rsatiladi.

Firib nimada?

  • Asalari suti alohida saqlash sharoitlarini talab qiladi. Uning xususiyatlari harorat, quyosh nurlari, havo, namlik tufayli tezda o'zgaradi.
  • Asalari sutining organizmimizga ta'siri yaxshi o'rganilmagan. «Foydasi isbotlanmagan, ammo 100 foizga inkor ham qilinmagan» — aynan shu holat reklamada qo'llaniladi.

 

4. Biotin

© depositphotos

 

Gap B7 vitamini haqida bormoqda. Albatta, u organizm uchun zarur, ammo uning tanqis bo'lishi - kamyobholat. B7 vitamini tanqisligidan aziyat chekish uchun qattiq harakat qilish kerak. Masalan, ichak faolitiga qarshi chiqish, antibiotiklar qabul qilish, piyanistalar safini to'ldirish va tushkunlikda yurish.  

Sog'lom odam uchun biotinga ega shampun huddi yomg'ir paytida daraxtga sepilgan bir stakan suvdek yordam berishi mumkin. Ayniqsa, vosita bosh terisi bilan kam vaqt muloqot qiladi, shu bois В7 vitamini sochlarni davolash imkoniyatidan mosuvo bo'ladi.

 

3. Mineral moy

© depositphotos 


Ko'plab davlatlarda “minerallik” so'zi qandaydir foydali narsaga tenglashtiriladi, ammo bu avvalo tarkibiy qismning noorganik kelib chiqishini anglatadi. Shampuningizdagi mineral moy yerostidanolingan. Aniqrog'i, neftdan tayyorlangan. Biroq, bu haqida ta'sirchan xaridorning bilishi shart emas. “Neft mahulotlaridan iborat” – ishoning, bu yorliq uchun yaxshi g'oya emas, to'g'rimi?

 

2. Suyuq mikrokristallar

© depositphotos   


“Yuqori texnologik” shampun? Ishonish qiyin. Tarkibiy qism orasida suyuq kristallarni izlaymiz. Balki, ishlab chiqaruvchi kvarsni nazarda tutgandir? Lekin, uning suyuq holatga o'tishini izohlab berish mushkul. Chunki, xususiyatlar mutlaqo o'zgacha.

Shampunga yana bir imkoniyat beramiz. Uning tarkibida natriy xloridi – sodda qilib aytganda tuz bor. U ham kristall, ammo suvda butunlay ionlarga parchalanadi. Shampunga kuchlanish uzatilmaydi, natriy xloridning erish harorati esa yuqori (+800,8°S)... Xullas, osh tuzini suyuq kristallar ko'rinishida sochlarga surish mumkin emas!

Faqatgina “bo'ldi, yetar!” deyish va yozuvni marketologlarning ijodiy yondashuvi sifatida qabul qilishdan boshqa yo'l qolmaydi.

 

1. Olmoslarning mikrozarralari

© depositphotos   

Yorliqda ular sochlarga jilva berishi yozilgan. Xo'sh... tarkibni o'qiymiz: unda haqiqatdan ham olmoslar bor, ammo chang ko'rinishida. Ishlab chiqaruvchi uni “upa” deb nomlashga shoshilgan, chunki “chang” ishonarsiz eshitiladi. Endi savol yuzaga keladi: qanday qilib diamond powder jilvalanishi mumkin?

Kimdir olmosni dastlabki holatida ko'rganmi (hech bo'lmasa suratda)? Bu ko'rimsizgina mineraldir. Uni faqatgina qirralash yaltiroq toshga aylantiradi. Olmos changi esa – silliqlash uchun qo'llaniladigan qo'shimcha mahsulot.

Tarkibdagi moddalar orasida mica — shaffof mineral ham bor. Aynan uning zarralari jilvalanadi. Ishlab chiqaruvchi texnik jihatdan va'dasini bajargan, ammo olmos upasining nima aloqasi bor?

Xulosa

Aksariyat shampunlar shunchaki soch yuvish vositasidir. Agar sochlar juda g'amgin ko'rinishda bo'lsa, ularga tashqi chiroyni berish mumkin, ammo buning ta'siri keyingi dush qabul qilishgacha saqlanib qoladi. Avvalo, yuvuvchi tarkibi avaylaydigan shampunni tanlang. Tajovuzkor yuzaki faol moddalardan uzoqroq yuring. Masalan, sodium lauryl sulfate (natriy laurilsulfati), ammonium lauryl sulfate (ammoniy laurilsulfati), ammonium laureth sulfate (ammoniy lauretsulfati).

Sochlaringiz chiroyli bo'lishini istaysizmi? Strategik harakat qiling: tushkun holatga tushmasdan, organizmni vitaminlarga to'ldiring.

Asosiy surat: DreamWorks