Ma’lum bo‘lishicha, “Mening xotiram yomon” jumlasi neyrobiologlar uchun “Fitnes-klubga borishga erinaman, shuning uchun semizman” degandek tuyuladi. Zero, xotira – bu “mashq qildirish” mumkin bo‘lgan “mushak”. Mushak esa yomon yoki yaxshi bo‘lmaydi, faqatgina erinchoq odamlar bo‘ladi.

Quyida Siz uchun «Xotira pand bermaydi» nomli kitobdan hattoki 80 yoshda ham 20 yoshlik odamning xotirasini saqlab qolishga yordam beradigan yettita mashqni tanlab oldik. Eh-he!

 

G‘alati hayvonot bog‘i

Oldingizda ba’zilari yoqimtoy, ba’zilari esa buning aksi bo‘lgan bir nechta tirik jonzotlar turibdi. Sizda ularni eslab qolish uchun bir daqiqa bor. Daqiqa o‘tgach bu rasmni olib qo‘ying va....

…barcha jonivorlarning nomini alfavit tartibida yozib chiqing.

 

Yashil yubka, tasmali soch o‘rimi

 

Tanishing, bu Mariya, Bibiana, Mersedes va Xuana. To‘g‘ri, biz uchun bir oz noodatiy ismlar, ammo zarari yo‘q. Bu to‘rt qizchaning kiyimlari, buyumlari va ismlarini 90 soniya davomida eslab qoling. So‘ngra eski sxema bo‘yicha ish tuting: suratni yuqoriga varaqlab, pastdagi savollarga javob bering.

  1. Kimning sochida yashil tasma bor: Mariyadami yoki Bibianada?
  2. Yashil etik kiygan qizning ismi nima?
  3. Qizlarning qaysi birida chyolka va xolli kostyum bor?
  4. Qizlarning qaysi birida mushukcha bor: Xuanadami yoki Bibianada?

 

Yodlash daqiqasi

Quyida odamlar va ularning hayotlaridagi ayrim hodisalar bog‘liq bo‘lgan sanalar yozilgan. Siz bu ro‘yhatni uch martta o‘qishingiz kerak. So‘ngra uni chetga olib qo‘yib, eslab qolganlaringizni yozing.

  1. Vitya va Flora 1976 yil 17 iyulda turmush qurgan.
  2. Larisa 1987 yil 12 mayda tug‘ilgan.
  3. Yulya 2013 yil 21 iyunda nomzodlik dissertatsiyasini yoqladi.
  4. Mer 2015 yilning 25 fevraliga ulkan tadbirni rejalashtirgan.

 

Qora quloqli oq Bim

 

 

Endi Sizda ushbu hayvonlar va ularning laqablarini eslab qolish uchun 30 soniya bor. Bu vaqt o‘tganidan so‘ng suratni yoping va xotirangiz sehrini namoyon etishga harakat qiling.

 

Tarixni yozamiz

Sizda mashhur tarixiy shaxslarning ismlari va tug‘ilgan sanalarini eslab qolish uchun 90 soniya bor. Endi esa....

Tomas Edison

1847

Kardinal Rishelye

1585

Mariya Kyuri

1867

Galiley

1564

Volter

1694

Nikollo Paganini

1782

Sara Bernar

1844

Rabindranat Tagor

1861

....biz barcha ismlar va sanalarni ulkan vaqt idishiga solib, hammasini aralashtirdik. Har bir tarixiy shaxs uchun to‘g‘ri tug‘ilganlik yilini toping. Lekin, yashirincha kitobga qaramang!

Kardinal Rishelye

1861

Nikollo Paganini

1564

Mariya Kyuri

1585

Galiley

1867

Tomas Edison

1694

Sara Bernar

1782

Volter

1844

Rabindranat Tagor

1847

 

Deyarli sho‘ro gilami

Quyida keltirilgan suratga qarang – uning nimasidir sho‘rolar davridagi gilamni eslatadi. Kvadratlarga qancha kerak bo‘lsa, shuncha vaqt qarang. Barchasini eslab qolganingizga ishonch hosil qilganingizdan so‘ng, suratni yoping va pastdagi savollarga javob bering.

 

  1. Suratda uchta yaproqli nechta gul tasvirlangan?
  2. Suratda nechta qora gul tasvirlangan?
  3. Suratda faqat beshta yaproqqa ega, ammo boshqa hech qanday qo‘shimcha elementi bo‘lmagan gullar nechta?

 

Faqat kriptografiya, faqat xardkor

Agar avvalgi mashqlar juda oson tuyulgan bo‘lsa, navbatdagisi Sizdan ancha e’tiborni talab qiladi. Sizda mazkur maxfiy shifrni eslab qolish uchun ikki daqiqa bor. So‘ngra dovyuraklarcha suratni yashirib, pastdagi uchta so‘zni yechishga urinib ko‘ring.

 

Tayyormisiz? Ketdik! (E’tiborlisi, bu mashqni haqiqatdan ham bajarish mumkin. Bir oy davomida har kuni mashq qilinsa, hattoki Tyuring ham Sizga hasad qila boshlaydi, chunki har qanday kriptografik masalalar Sizga cho‘t bo‘lmay qoladi).

Tabriklaymiz, Siz hozirgina xotirangizni juda yaxshi quvvatlab oldingiz. Oxirida esa, xotira gigantiga aylanish uchun yana bir nechta oddiy, ammo zarur maslahat.

E’tiborli bo‘ling. Sport bilan shug‘ullaning. Tashqi tartibga rioya qiling: doim ko‘p martta qo‘llaniladigan narsalarni bir joyda saqlang. Qo‘shiqlar kuylang, retseptlarni tushuntiring, she’riyatni yoddan ayting va farzandlaringiz yoki nabiralaringizga so‘zlab berish uchun ertaklarni eslab qoling. Ko‘rish yo‘nalishlarini belgilang va g‘oyalarni (abstrakt va aksincha) obrazlarga bog‘lang.

Boshqotirmalar, krossvordlarni yeching, topishmoqlarni toping, domino va shaxmat o‘ynang. Odamlar bilan suhbatlashing. Optimist bo‘lin. Va albatta, kitoblar o‘qing!