Siz mutolaa – zo‘riqishlardan xalos etuvchi va xotirani yaxshilaydigan, muvaffaqiyat kalitidir. Shunday bo‘lsada, kitob o‘qish uchun vaqt topa olmaysiz. Quyidagi maslahatlar sizga yordam beradi.

1. Kitob yoqmasa, uni o‘qishni bas qiling

Mashaqqatlar oldida bosh egadigan odam bo‘lib ko‘rinishni istamaganligingiz uchun kitob yoqmasa ham uni oxirigacha o‘qishga o‘zingizni majbur qilasizmi? Agar “ha” deb javob bersangiz, siz haq emassiz. Mutolaa uchun bunday usulni qo‘llash yaramaydi, deb hisoblaydi «“Baxt” loyihasi» bestselleri muallifi Gretxen Rubin.

Kitob o‘qish majburiyat bo‘lishi kerak emas. Kitob yoqmasa, uni o‘qishni bas qiling. Shunday qilsangiz, sizga huzur beradigan kitobni o‘qish uchun ko‘proq vaqt qoladi.

Gretxen Rubin

Kitob yaxshi o‘qilmasa, bunday o‘zingizni ayblashni bas qiling.

 

2. Har bir bo‘sh daqiqadan unumli foydalaning

Stiven King o‘z muvaffaqiyatini mutolaa bilan bog‘laydi va kuniga besh soat kitob o‘qishni maslahat beradi. Ayniqsa yozuvchi bo‘lishni istasangiz, aynan shunday yo‘l tutganingiz ma’qul. U uydan ko‘chaga kitobsiz chiqmaydi va hamma yerda mutolaa bilan band bo‘ladi. Siz ham shunday qilib ko‘ring.

Kun davomida kitob o‘qishga sarflash mumkin bo‘lgan ko‘plab bo‘sh daqiqalar “o‘tib ketadi”. Albatta, do‘stlar bilan uchrashuvda kitob o‘qishga berilib ketish shart emas. Biroq navbat kutish yoki ko‘chadagi tiqilinchlarda buni amalga oshirsa bo‘ladi.

 

3. Rеjalaringizni sir tuting

Tadqiqotchilarning fikricha, o‘zmizning kattaroq maqsadlarimiz haqida gapirib berganimizda muvaffaqiyatga kamroq erishamiz. Ma’lumotni boshqalarga aytishning o‘zini miya maqsadga erishish deb qabul qiladi va ishtiyof so‘nadi.

Shuning uchun ko‘proq o‘qishni istasangiz, oldingizga ushbu maqsadni qo‘ying, balki zaruriy qadamlarni yozib chiqarsiz, biroq boshqalarga bu haqida aytmang.

 

4. Chalg‘itadigan omillarni chеklang

Agar odatda televizor yoki kompyuterga chalg‘iydigan bo‘lsangiz, ulardan uzoq bo‘lgan xonada o‘tirib, kitob o‘qing. Aks holda bor kuchingizni televizorni yoqmaslik yoki internetga kirmaslik uchun sarf qilasiz, kitob mutolaasiga esa quvvatingiz qolmaydi.

Buni psixolog Roy Baumeysterning tajribasi tasdiqlaydi. Tajribada qorni och bo‘lganlarga murakkab boshqotirma yechish so‘ralgan. Qatnashchilarning bir guruhiga pechenye berib, uni yeyish so‘ralgan, qolganlarga hech nima berilmagan. Pechenye olganlar vaqtdan ilgari yengilishgan.

 

5. Qog‘oz kitoblarni o‘qing

Bu ham kamroq chalg‘ish va iroda kuchini bekorga sarflamaslikka yordam beradi. Axir elektron qurilmalarda o‘qiyotganimizda internetga kirib ketamiz va mutolaani tashlab qo‘yamiz.

Qog‘ozli kitobni qo‘lda ushlashning o‘zi ham yoqimli.

 

6. Mutolaaga nisbatan o‘z munosabatingizni o‘zgartiring

Yozuvchi Rayan Xolidey buni ko‘proq o‘qishning asosiy sharti deb hisoblaydi.

Mutolaa haqida bajarilishi kerak bo‘lgan ish kabi o‘ylashni bas qiling. Kitob o‘qish nafas va ovqatlanish kabi tabiiy jarayonga aylanishi kerak.

Rayan Xolidey

Dastlab bir kun mobaynida muayyan betni o‘qishga harakat qilib ko‘ring. Vaqt o‘tishi bilan mutolaaga o‘rganasiz.

 

7. Tavsiyalar ro‘yxatini izlang

Qaror qabul qilishdan charchash – haqiqat. Keyingi kitobni tanlashga ortiqcha kuch sarflamaslik uchun tanlangan kitoblar ro‘yxati bilan tanishing. O‘zingiz sevgan mualliflaringiz tavsiyalari, mavqega ega nashriyot tomonidan tuzilgan ro‘yxat yoki mashhur yozuvchilarning fikrlaridan boxabar bo‘ling.

Albatta, hamma ham Uorren Baffet kabi kuniga 500 ta bet yoki Bill Geytsga o‘xshab yiliga 50 ta kitob o‘qiy olmaydi. Biroq ushbu maslahatlarga amal qilsangiz, bu yil o‘tgan yilgiga qaraganda ko‘proq kitob o‘qiysiz.