Oddiy bir yigit birdagina boyib ketgani to‘g‘risidagi ko‘plab holatlar tarixdan ma’lum. Boshqalar esa butun umr ishlab boy bo‘lishmaydi, bari ularning miyalariga o‘rnashib olgan qashshoqlik psixologiyasi tufaylidir.

Kambag‘allikdan chiqib badavlat va muvaffaqiyatli bo‘lishga xalaqit beradigan 8 ta sababni e’tiboringizga havola etamiz.

 

1. Iqtisod qilish ishtiyoqi

 

 

Qashshoqlar maksimal darajada iqtisod qilish uchun kuchlari va vaqtlarini sarflaydilar. Ular atrofdagi barcha do‘konlarni aylanib, narxlarni taqqoslash va eng arzon mahsulotni topish uchun ertaroq turishga tayyorlar. Bu o‘z ustida ishlash va maoshi kattaroq bo‘lgan ish qidirish o‘rniga amalga oshiriladi.

 

Dala hovlisiga borish, sug‘orishni hisobga oladigan bo‘lsak, bir chelak bodiring yetishtirish uchun sepermarketdan tez va oson sotib olishga qaraganda qancha vaqt talab etishini bir o‘ylab ko‘ring.

 

 2. O‘zgarishlardan qo‘rqish

 

 

 O‘zgarishlardan qo‘rqish – qashshoqlik psixologiyasiga ega odamlarning yorqin belgilaridan biri. Axir biror narsani o‘zgartirishga qaror qilish – tavakkal qilish va barqarorlikni rad etish demakdir. Bunday odamlar shaxsiy bizneslarini ochishni o‘ylamaslar kerak, axir kasodga uchrash ehtimoli ham bor-ku. Yoki bozorda talab bo‘lmagan o‘z kasblarini o‘zgartirish maqsadida yangi kasbni o‘zlashtirishga ham harakat qilmaydilar. Axir bu ko‘plab qiyinchiliklar keltiradi va ko‘p hollarda qo‘llaridan kelmaydi.

 

3. Kam haq to‘lansa ham barqaror ish yaxshi

 

 

Qashshoqlik psixologiyasiga ega odamlar butun umrini rahbarlari va chidab bo‘lmas hamkasblari ustidan nolib, past maosh to‘lanadigan va zerikarli ishda tayyorlar. Har dushanba ular tushkun kayfiyatda juma kunigacha kun sanaydilar. Juma kuni kelganida esa suvi siqilgan limon kabi uyga ketadilar. Biroq hech qachon bu ishdan ketmaydilar, axir u barqaror. Boshqa ishda nima bo‘lishi hech kimga ma’lum emas.

 

4. Hasad

 

 

Ko‘pincha kambag‘allik psixologiyasiga ega odamlarda hasad kabi yoqimsiz tuyg‘uni sezish mumkin. U o‘zidan ko‘proq maosh oladigan hamkasbi yoki yaxshiroq uyda yashaydigan qo‘shnisiga hasad qiladi.

 

5. Faol bo‘lishni istamaslik

 

 

Kambag‘allik psixologiyasi hayotni faol bo‘lmagan sur’at va atrofdagi barcha narsaga passiv munosabatga sozlaydi. Bunday psixologiyadagi odamlar faol hayot bilan yashashni istamaydilar, ularning qo‘lidan bir ish kelmasligidan qo‘rqadilar. Uyg‘onib, faol ishlagandan ko‘ra, oqim bo‘ylab sekin suzgan yaxshiroq.

 

6. Mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olmaslik

 

 

Ana shunday psixologiyaga egalar hamma ularga qarzdor degan fikrga sodiqlar. Ular o‘z mas’uliyatini o‘zgalarga to‘nkashadi va hech narsa ularga bog‘liq bo‘lmagani sababli oldinga qarab harakat qilishning ma’nisi yo‘q mantig‘i bilan yashaydilar.

Qashshoqlik psixologiyasidagi odamlar quyidagi gaplarni aytishni yaxshi ko‘rishadi: “Davlat meni ta’minlashi kerak...”, “Ish beruvchi menga yaxshi oylik berishi kerak, axir men yaxshi ishlayapmanku...”, “Davlat narxlarni nazorat qilishi kerak...” va h.k.

 

7. Hammasi birdaniga bo‘lishini istayman!

 

 

Bu kabi psixologiyadagi odamlar bariga bir zumda, shu bilan birga hech qanday harakatlarsiz ega bo‘lishni istaydilar. O‘sha zahotiyoq katta maosh beriladigan va murakkab bo‘lmagan ish egasi bo‘lishni xohlaganliklari uchun amaliyochilik va dastlabki maoshdan ish boshlashga rozi bo‘lishmaydi.

 

8. O‘z-o‘ziga beriladigan bahoning pastligi

 

 

Qashshoq odamlar doim o‘zlari va imkoniyatlarini past baholab, havas qilib bo‘lmas taqdirlaridan nolib, yaxshi hayot sari intilmaydilr. Axir o‘z-o‘ziga yuqori baho qayerdan ham paydo bo‘lardi, vaqtlari zerikarli ishda o‘tib ketayotgan bo‘lsa, yangi taassurot va rivojlanish ham yo‘q. Biroq hayotga shikoyatlari esa juda mo‘l.

Qashshoqlik psixologiyasidan qanday xalos bo‘lish mumkin?

  • Yoqtirmagan ishda ishlamaslik.
  • Shikoyat qilishni bas qilish.
  • Faol bo‘lish, shunday qilsangiz, bari amalga oshadi.
  • Hasad qilmaslik va qizg‘anchiq bo‘lmaslik.
  • Hech kim sizga hech nima qarz emasligini yodda tutish.
  • O‘zingizni o‘zgalar bilan taqqoslashni bas qilish.
  • O‘z ustida ishlab, ich-ichdan o‘zgarish.

O‘zingizga nazar soling, yuqorida qayd etilgan hislatlardan bir donasi bo‘lsa ham sizda bormi? Agar ha bo‘lsa, ulardan imkoni boricha tezroq xalos bo‘lishga harakat qiling. Rivojlanib, hayotning yangi sohalarini o‘rganib va o‘zgarishlardan cho‘chimay, doimy ravishda qashshoqlik psixologiyasidan xalos bo‘lasiz.