Quyida yilning istalgan mavsumida avtomobilda turishi kerak bo'lgan buyumlar ro'yhatini taqdim etamiz.

 

Yorug'lik va olov manbalari

 

Manba

 

Har doim qo'l ostingizda shag'am, gugurt yoki zajigalka bo'lishi shart. Bu mashina kunning qorong'i vaqtida buzilib qolishi ehtimoli holati uchun zarur. Faqat ularni avtomobil ichida va tashqarida ishlatishda ehtiyot bo'ling.

Shuningdek, fonarchani zaxiraga olib qo'yish ham zarar qilmaydi. Agar u batareyalardan quvvat olsa, ularning ham kerakli zaxirasi borligiga ishonch hosil qiling.

 

GPS yoki xaritalar

 

Manba

 

Yaxshisi, bularning ikkalasi ham bo'lsin. Doim burilishdan o'tib ketish ehtimoli mavjud, shu bois mashinada xarita bo'lishi shart. Jumladan, faqat Siz yashaydigan shaharning rejasi emas, balki mamlakatdagi barcha avtomobil yo'llarining xaritasi bo'lsa, yanada yaxshi. GPS-navigator va telefon o'chib qolishi mumkin, qog'oz xarita esa doim qo'l keladi.

 

Yegulik va suv

 

Manba

 

Agar mashina notanish joyda buzilib qolgan bo'lsa, Sizni olib ketigunlaricha uzoq vaqt kutishga to'g'ri kelishi mumkin. Bunday holat uchun quruq yegulik va suv bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Batonchalar, yong'oq va quritilgan mevalar kabi germetik idishlardagi tez aynimaydigan yengil taomlar, turli sneklar bu vaziyatga juda mos keladi.

 

Ryukzak

 

Manba

 

Agar avtomobilingiz buzilsa, yaqin atrofdagi aholi punkti yoki avtombilga yoqilg'i quyish stansiyasigacha yurib borishga to'g'ri kelishi mumkin. Bu holatda mashinada doim ryukzak yoki sport sumkasi bo'lgani foydali. Asosiysi, ularning hajmi yetarlicha katta bo'lishi va barcha zarur narsalarni solish imkoniga ega bo'lishi kerak.

 

Avtomobil materiallari va asboblar

 

Manba

 

Agar qachondir avtomobilning g'ildiraklari ostini kavlashingizga to'g'ri kelsa, bagajnikda belkurak bo'lgani yaxshi.

Avtomobilingizda zaxira g'ildiragi va domkratni allaqachon solib qo'ygan bo'lsangiz kerak. biroq, ishoning, bolg'a, gayka kaliti, buragich kabi asboblar ham ortiqchalik qilmaydi. tutashtiruvchi kabellar, tasmalar va qo'shimcha motor moyi ham asqotadi.

Oynalarga zarar yetsa yoki xavfsizlik kamarini kesishga to'g'ri kelsa, qo'l ostida bor maxsus avariyaviy asboblar hayotingizni qutqarishi mumkin.

 

Issiq buyumlar

 

Manba

 

Yil mavsumidan qat'iy nazar, mashinada doim issiq buyumlar bo'lishi kerak: namat, bosh kiyimi, sharf, qo'lqop, sviter. Muhimi, kiyim harakatlarni chegaralamay, erkin yurish imkonini berishidir. Agar oilaviy odam bo'lsangiz, har bir oila a'zosi uchun komplekt to'plash zarur.

Maxsus maylar adyoli va yoo'lda yoqiladigan isitgichlar favqulodda vaziyatlarda issiqlik yo'qotilishidan asrab qoladi.

 

Ko'rish va aloqa vositalari

 

Manba

 

Teshilgan g'ildirak va o'chgan telefon bilan yordamsiz qolib ketmaslik uchun doim o'zingiz bilan telefon quvvatlagichini olib yuring.

Yordam kelishini kutayotganingizda yo'l ustida bemalol ko'ra oladigan holatda bo'lishingiz kerak. Buning uchun yo'l signal beruvchi chiroqlari va diodli fonar to'g'ri keladi.

Yorug'lik qaytaruvchi nimcha mashinani qoldirishga to'g'ri kelgan vaziyatga kerak bo'ladi. Shu tariqa, qarshidan kelayotgan avtomobillar sizni yaxshiroq ko'radi. Biroq, yordam kelgunicha baribir mashinada qolgan maqsadga muvofiqdir.

 

Birinchi yordam vositalari

 

Manba

 

Dori qutingizda dezinfeksiyalovchi sochiqlar, antibiotikli surtma, bintlar, doka va og'riq qoldiruvchi dorilar borligiga ishonch hosil qiling.

Har ehtimolga qarshi qutichaga shaxsiy gigiyena vositalarini ham solib qo'yish mumkin.

Lekin, nima bo'lganda ham unutmang: agar jiddiy jarohat olgan bo'lsangiz, birinchi imkon tug'ilgandayoq tez tibbiy yordamni chaqirish zarur.