Daniya zo‘riqishsiz baxt xyugge falsafasini dunyoga taqdim etdi. Bolalarni xyugge usulida qanday yo‘l bilan o‘ziga ishongan, chin ko‘ngilli qilib tarbiyalash mumkin. Yesper Yuulning “Xyugge. Daniyada bolalar dunyosi” kitobi aynan shu to‘g‘risida. Biz ulardan 8 ta noodatiy maslahatlarni tanlab oldik. Balki ularning sizga ham foydasi tegib qolar.

Bolalarni yaxshi tarbiyalash uchun ideal ota-ona bo‘lish shart emas. Otalar va bolalarning baxtli mnosabatlari asosida to‘rt asosiy tushuncha yotadi: haqqoniylik, mutanosiblik, chin ko‘ngillilik va mas’uliyat. Nazariyada bari oson va tushunarli, biroq bu tamoyillarni amaliyotda qanday qilib amalga oshirish mumkin, axir bolalar har kuni irodamizni sinovdan o‘tkazishlari hammaga ma’lum.

1. Bolani salbiy hissiyotlardan himoya qilmang

Bola yig‘lashi yoki g‘azablanishi bilanoq ota-onalar o‘sha zahoti uning yoniga yugurib boradilar. Agar bu holat odamlar ko‘p joyda sodir bo‘lsa, u holda gapirmasa bu vaziyatni aytmasa ham bo‘ladi. Siz bir necha marta qahvaxona va restorandagi quyidagi sahnalarni kuzatgandirsiz: oila ovqatlanish uchun tashrif buyuradi, uch yoshli hukmdor esa qayerda o‘tirishi, nima yeyishi va hokazolar borasida xarxasha qiladi. Natijada ovqatdan zavlanish o‘rniga barcha uni ovutishga tushadi va kichkintoyni tinchlantiradilar, u esa javob tariqasida yanada ko‘proq xarxasha qiladi.

«Shu yo‘l bilan mittivoy o‘zining tushkunlik, qo‘rquv, yoqimsiz holatdan jaxli chiqishi va xafagarchilikni xis etish huquqiga ega bo‘lishga harakat qiladi – deb hisoblaydi Yesper Yuul. – Yangi romantiklar avlodiga mansub ota-onalar bolaga ko‘proq e’tibor ajratish kerak degan fikrni miyalariga quyib olishgan, aynan shuning uchun ular keragidan ikki baravar ko‘prog‘ini berishadi. Bolalarda esa oddiy haqiqatni o‘zlashtirish imkoniyati mavjud emas: o‘zga insonlarda ham shaxsiy ehtiyoj, qoida va hissiyotlar mavjud. Buning uchun bola atrofdagilar bilan yolg‘iz qolganida katta to‘lov to‘lashiga to‘g‘ri keladi”.

Bolaga haqiqiy hissiyotlarini namoyish etish uchun ruxsat bering, biroq o‘zingizning shaxsiy extiyojlaringiz haqida ham unutmang. Farzandingiz jahli chiqib, yig‘laydigan bo‘lsa, buning qo‘rqinchli jihati yo‘q. Hali hech kim ko‘z yoshdan o‘lmagan.

2. Oqibat va jazoni bir-biridan adashtirmang

Bu bir-biriga yaqin tushunchalar, biroq ular o‘rtasidagi farq juda katta. Muayyan harakatlarning oqibatlari yoqimsiz va og‘riqli bo‘lishi mumkin. Biroq jazodan farqli ravishda ular inson shaxsiyati qadrini poymol etmaydi va aybdorlik hissini tug‘dirmaydi.

«Masalan, bola stulga chiqmoqchi, biroq polga yiqilib tushadi va shikastlanadi. Bu shaxsiy harakatlari natijasi, - deya tushuntiradi psixolog. – U jismoniy imkoniyatlari cheklanganini tushunadi. Oqibatlar – ko‘karish va boshdagi shishishlar – bolaning bilimlarini oshiradi. Keyingi safar u masalaning yechimiga boshqacha yondashadi. Agar u ota-onasidan: “Yiqilib tushishingni yaxshi bilasan. Nima uchun kattalar senga gapirganida quloq solmaysan!” – degan gapni eshitsa, o‘zini tahqirlangan va aybdor his qiladi.

Bu vaziyatda bolani burchakka turgazish – juda bo‘rttirilgan usul. Ba’zida ma’n etilgan harakat oqibatlari haqiqatan ham foydali, shuning uchun qo‘shimcha urushish, ayniqsa bolani jazolashga hojat yo‘q.

3. Tarbiyalashning yangi uslublarini bolangizda sinab ko‘rmang

Kitob do‘konlarining javonlari bolalarni tarbiyalash mavzusiga bag‘ishlangan kitoblarga liq to‘la. Ularning ba’zilari o‘z amaliyotidan kelib chiqib ota-onalar tomonidan yozilgan, qolganlari esa turli tadqiqotlardan yig‘ilgan faktlar asosida tayyorlangan. Ularning barini haqiqat sifatida qabul qilib, o‘sha zahotiyoq qizingiz yoki o‘g‘lingizda sinab ko‘rish ma’qul emas.

“Yangi uslubni bolangizda qo‘llashga qaror qilganingizda avval uni turmush o‘rtog‘ingizga nisbatan ishlatish yoki ishlatmasligingiz haqida o‘ylab ko‘ring”, - deya maslahat beradi Yesper Yuul. – Agar javob “yo‘q” bo‘lsa, u holda g‘oya u qadar yaxshi emas. Bunday yo‘l tutish orqali o‘z bolasini to‘laqonli odam hisoblashni istamaydigan ota-onalar toifasida bo‘lasiz.

4. Zerikish foydali

So‘nggi 10-15 yil mobaynida ko‘plab bolalar va ularning ota-onalari o‘z-o‘zlari bilan 10 daqiqadan ortiq yolg‘iz bo‘lishni unutib qo‘yishdi. Biz gadjet, internet, televizor, interaktiv o‘yinlar bilan band bo‘lishga odatlanib qoldik. “Zerikuvchan” bolalar havotirni his etib, xarxasha qilishni boshlaydilar. Ota-onalari ular bilan o‘ynashi, smartfon yoki planshetni berishlari, boshqa usullar bilan ko‘ngilochishlarini talab etadilar.

Sayohat, mehmon yoki restoranga otlana turib, ota-onalar bolani yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan zerikishdan qutqarishni istaydilar. Axir uning hech qanday qo‘rqinchli jihati yo‘q. Hozirgi kattalar bola bo‘lishgan vaqtda zerikish ularni ijod qilish, yangi o‘yinlar o‘ylab topish, o‘z-o‘zi va dunyoni anglashga chorlagan.

«Agar sabr bilan zerikish sabab yuzaga kelgan havotir jarayonidan o‘tib olinsa, bola o‘z-o‘zida ijodiy qobiliyatlarni kashf etishi mumkin. Bu esa oddiy rasm chizish, yasash yoki modellarni yig‘ishga qaraganda ancha muhimdir. Ijod qilish – bu o‘z-o‘zini anglash va his qilish, o‘zini namoyon qilishning turli usullarini topishdir, - deya fikr yuritadi daniyalik psixolog. – Ijodiy qidiruv yana bir muhim vazifani bajaradi: bolalar o‘zlarida shaxsiy ahamiyatini rivojlantirib, barcha kabi bo‘lmaslikka harakat qilishmaydi. Aniq namoyon bo‘lgan mustaqillik jamiyatdagi hayotni yaxshiroq tushunishga olib boradi”.

5. Ko‘pchilik bolalarga ota-onalarning yetuk boshchiligi zarur

Ko‘p hollarda zamonaviy ota-onalar farzandlari bilan do‘stlashishga harakat qiladilar. Bu yondashuv natija bermagach, yosh avlod “qo‘ldan chiqib ketgach”, ota va onalar tarbiyaning avtoritar uslublarini yodga olishadi. Mazkur uslublarning har birida ko‘plab kamchilklar bor.

Do‘stga aylanib, bolaning hurmatiga sazovor bo‘lish, barcha moddiy boyliklar orqali uning baxtli boyligni ta’minlashga harakat qilish kerak emas. Biroq hukm o‘tkazish ham to‘g‘ri yo‘l emas. Turli chegaralar o‘rnatishdan avval ota-onalar o‘z shaxsiyatlari haqida tushunchaga ega bo‘lishlari lozim.

6. Farzandingiz bilan muloqot olib boring

«Dialog – suhbat va muhokamalar emas. U kattalardan ochiqlik, qiziqish, moslashuvchanlik, o‘z-o‘zi va farzandi to‘g‘risida yangi narsani bilib olishga ishtiyoqni talab etadi, - deya tushuntiradi Yesper Yuul. Agar ota-onalar o‘z oldilariga muhim deya hisoblagan narsani maqsad qilishgan bo‘lsa, haqiqiy dialog yuzaga kelmaydi”

Dialog olib borish – shaxsni rivojlantirishda muhim qadamdir. Bu usul pedagog, o‘qituvchi va ota-onalar tomonidan amalga oshirilishi lozim. Umuman olganda barcha kattalar uchun bu foydali. Bolalar bilan muloqot qilish mukofotlash va jazolashga qaraganda muhimdir. Dialog tabiiy usul asosida qurilishi muhimdir. Bolalar ota-onalari hammasini yaxshi tushunadigan sezgir ota va o‘ta g‘amxo‘r ona niqobini qachon kiyib olishlarini yaxshi biladilar.

7. Bolaning betakror bo‘lish huquqini tan oling

O‘tmishda bolalar muayyan yoshga qadar ota-onalariga so‘zsiz quloq solishlari kerak degan fikr mavjud bo‘lgan. Bahslashmaslik, o‘z fikrini bayon etmaslik. Bo‘ysunishning bu madaniyatida chin ko‘ngillilik talab etilmagan. Kattalar bolalarga nima kerakligini doim yaxshi bilishgan. O‘z hukmlarini o‘tkazishgan va pedagog hamda tarbiyachilar niqobi ortiga yashirinishgan. Ba’zida zamonaviy ota-onalar bolalikda eshitgan o‘sha dars va yo‘l-yo‘riqlarni qo‘llaydilar.

Farzandingizga “Men – eng muhim tushuncha emas”, “Sen hali bunga yoshlik qilasan” kabi boshqa bo‘lmag‘ur fikrlarni necha marta aytgansiz? Ular yordamida bolaga hayotdagi muhim narsalarni tushuntirib bo‘ladimi? Ular kichkintoyga to‘laqonli shaxsga aylanishda foyda beradimi? “Biz kim bo‘lsak, o‘sha odam bo‘lib yetishishimizga ruxsat berishganidagina haqiqiy qudratga ega bo‘lamiz”, - deya yodga soladi Yesper Yuul. – Bu esa har kuni o‘zligimiz uchun kurashishimiz, shubhasiz, farzandlarimizning betakrorligini tan olishimiz kerakligini anglatadi”.

8. To‘g‘ri rad etishni o‘rganing

Biroq bolaning betakrorligini tan olish uning har bir istagini qondirishni anglatmaydi. Hatto bolalar doimo “ha” so‘zini eshitishdan xursand bo‘lishsa ham. Do‘stona ravishda aytilgan “yo‘q” ham ularda norozilik uyg‘otib, hafa qiladi va ularning g‘azabini qo‘zg‘atadi.

«Biroq drama ishtirokchilari bu jarayondan o‘tishlari kerak, aks holda bolalar katta bo‘lganlarida rad etishlarni normal qabul qila olmaydilar, - deya tushuntiradi psixolog. Bu hayotning boshlang‘ich tajribasi, uni yaxshi o‘zlashtirish talab etiladi. Ana shunda taqdirning muvaffaqiyatsizliklari va zarbalaridan keyin ular o‘rnidan turish va oyoqqa turib olishni eplaydilar. Ular “yo‘q”ni aylanib behuda ekanligini tushunishlari lozim”.

Mutaxassis to‘g‘risida

Yesper Yuul – daniyalik psixoterapevt, oilaviy munosabatlar psixologiyasi sohasida 35 yildan ortiq ishlab kelmoqda. Ota-onalar uchun maslahat markazi – xalqaro oila laboratoriyasi asoschisi. Germaniya, Avstriya, Shveysariya va yana 13 mamlakatda seminarlar o‘tkazadi.