Dunyodagi eng do'stona munosabatdagi odam bo'lishingizga qaramay, ertami yo kech g'ashingizga tegadigan kimdir uchrab qolishi tayin.

Muvaffaqiyatli odamlar bunday vaziyatda qanday yo'l tutishni biladilar.

 

Agar sizga kimdir yoqmasa tashvishlanmang. Barchamiz har xilmiz. Bunday hissiyot bizga hech kim mukammal emasligini eslatib turadi. Jumladan, o'zimiz ham.

 

1. Hamma bilan chiqisha olmasligingizni tan oling

 

Bu normal holat. Kimgadir yoqasiz, kimningdir esa sizni ko'rishga ko'zi yo'q. Bu siz yoki boshqalarga nimadir bo'lganini anglatmaydi. Shunchaki, har kimning o'z qarashlari bor.

 

Bu vaziyatda xarakterlardagi farq hal qiluvchi o'rin tutadi. Introvert ekstravertga  zerikarli ko'rinadi, qat'iy realistga esa optimistning ajoyib kayfiyati tarbiyasizlik bo'lib tuyulishi mumkin.

 

Biz o'zimizga yoqqan narsalarga kuch sarflashga moyilmiz. Masalan, sizga tanishlaringiz yoki hamkasblaringizdan biri yoqmaydi, deylik. Albatta, u bilan uchrashmaslikka va muloqot qilmaslikka harakat qilasiz. Biroq, ba'zida bunday yondashuv oshkora ziddiyatga aylanishi mumkin.

 

2. Suhbatdoshingizni tushunishga harakat qiling

 

Ehtimol qaynonangiz sizni doim o'ylaganingizdek yengiltak deb hisoblamas. Hamkasbingiz esa aslida sizga to'g'anoq bo'lishga urinmagandir. Sinchiklab qarang va ehtimol, ularning harakatlariga asos toparsiz yoki qandaydir foydali maslahatga ega bo'larsiz.

 

Agar sizga nisbatan aytilgan tanqid uchun chindan ham jiddiy sabab bo'lsa jahl qilmang. Bunaqada o'zingizni noma'qul tomondan ko'rsatasiz. Shunchaki aytilganga ishoning va tanqidiy fikrni qabul qiling.

 

4. Hissiyotlaringizni nazorat qiling

 

U yoki bu vaziyatga nisbatan munosabatingiz faqat o'zingizga bog'liq. U sizni faqatgina yo'l qo'ysangiz g'azablantirishi mumkin. Kuchingizni bekorga sarflamang.

 

Kimdir sizni o'zingizdan chiqarishga urinayotgan bo'lsa osongina yengilmang. Ba'zida “jilmayamiz va qo'l silkib qo'yamiz” – bu eng yaxshi usul.

 

Har bir odamga avvaldanoq hurmat bilan qarash juda muhimdir. Bu doim hammaning fikriga rozi bo'lish degani emas.

 

Boshqa odamlarga nisbatan muloyim bo'lish kerak. Shu tariqa, siz o'z fikringizda qolasiz, sokinlikni saqlaysiz va ustunlik siz tomonda bo'ladi.

 

5. Hamma narsani yurakka yaqin olmang

 

Ko'pincha insonni shunchaki noto'g'ri tushunamiz. Ehtimol, u o'z fikrlarini aniqroq tushuntira olmagandir yoki ertalabdan kuni yomon o'tgandir. Kimgadir jahl qilishning keragi yo'q, chunki u ham sizga shu javobni qaytarishi mumkin. Bu vaziyatni faqat og'irlashtiradi. Bundan ustun bo'ling, suhbatdoshingizning tarbiyasiz munosabatiga e'tibor bermasdan diqqatingizni ishga qarating.

 

Agar charchoq va kuch kamayishini sezsangiz, tanaffus qiling, aylanib keling. Sizni hech kim bezovta qilmaydigan shaxsiy makon chegaralarini belgilang.

 

5. Sokin gapiring

 

Bizning muomala usulimiz ko'pincha gapirayotgan gapimizdan muhimroqdir. Agar vaziyat keskinlashgan bo'lsa, bu haqida gapirishning vaqti yetgan bo'ladi. Shunga qaramay, dialog tajovuzkorona bo'lishi kerak emas. Yaxshisi “men”, “menga”, “meni” so'zlaridan boshlanadigan gaplarni ishlating, masalan: “Bunday qilishing mening g'ashimga tegadi. Boshqacha harakat qila olmaysanmi?”. Suhbatdosh sizga quloq solishi va o'z fikrini bildirishi mumkin.

 

Ba'zida uchinchi shaxsni yordamga chaqirish kerak. Boshqa odam vaziyatga xolis baho berishi mumkin. Ehtimol, muloqotdan keyin nizolashgan odam bilan do'st bo'lib qolmassiz, ammo har holda bemalol muloqot qila olasiz.

 

Umumiy til topishish siz uchun qiyin bo'lgan odamlar bilan ishlash – muammolarni qanday hal eta olishingizni ko'rsatib beradigan foydali tajribadir.

 

6. Ustuvorliklarni belgilang

 

Hamma narsa ham sizning e'tiboringiz va vaqtingizga arzimaydi. Siz u yoki bu odam bilan haqiqatdan ham muloqot qilishni istaysizmi yoki ishga e'tibor qaratgan yaxshimi – hal etishingiz kerak.

 

Vaziyatni o'rganing. Vaqt o'tishi bilan u yomonlashadimi? Ertami yo kech muammoni hal qilishga to'g'ri keladi. Agar nizo shunchaki vaziyat taqozosi bilan yuzaga kelgan bo'lsa, siz tezda uni hal qila olasiz.

 

7. Mudofaa pozitsiyasini egallamang

 

Agar kimningdir sizdan doimiy noroziligini his qilsangiz, kimdir faqat kamchiliklaringizga e'tibor qaratayotgan bo'lsa, bu odam bilan janjallashish shart emas. Bu vaziyatdan chiqish yo'li emas. Bunday harakat unga faqat qo'l keladi. Buning o'rniga unga aynan nima yoqmasligini to'g'ridan-to'g'ri so'rang. G'iybatlar yoki chetlashtirishlar sizni boshqarishni istayotganliklari yoki o'z hukmlarini namoyish etish istagida ekanliklarini bildirishi mumkin.

 

Agar inson unga nisbatan hurmat munosabatida bo'lishingizni istayotgan bo'lsa, u ham sizga shunday munosabat ko'rsatishi kerak.

 

Bitta ruhiy hiyla mavjud: kimningdir fikriga noroziligingizni ifodalashda tez gapiring. Shunda suhbatdoshingizda javob uchun vaqt kam bo'ladi. U siz bilan rozi bo'lishga his qilsangiz sekinlashing.

 

8. Unutmang, baxtingiz o'z qo'lingizda

 

Albatta, kimdir qattiq asabingizga tegib turganida vaziyatga to'g'ri baho berish qiyin. Shunga qaramay, boshqalarga o'zingizni pastga tortishlariga yo'l bermang.

 

Agar kimningdir so'zlari haqiqatdan ham qattiq ta'sir qilsa, o'zingizni tushuning. Ehtimol, o'zingizga ishonmassiz yoki qandaydir ish holatlari bezovta qilayotgandir? U holda o'zingiz uchun muhim muammolarni hal etishga e'tibor qarating.

 

O'zingizni boshqalarga taqqoslamang, axir hammamiz har xilmiz.

 

O'zingizga ko'proq yutuqlaringizni eslating va qandaydir mayda narsa tufayli kayfiyatingizni buzishlariga yo'l qo'ymang!