Aqlli odamlar o‘z tuyg‘ularini tushunib, ularni boshqara oladilar. Ushbu ko‘nikmaning siri ular amalga oshiradigan vazifalarda emas, ular bajaramaydigan ishlarda hamdir.
Har qanday vaziyatda ham sokinlik, qalb muvozanati va o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatni saqlab qoladigan odamlar bizda taassurot uyg‘otadi. Buni donishmandlik deb ataymiz va qachondir shunday bo‘lishga umid qilamiz. Ko‘p narsa bizga baxtli bo‘lishda xalaqit berib, oldinga harakat qilishga yo‘l bermaydigan xulq-atvor modellariga bog‘liq ekan.

1. Ular kayfiyatlarini buzishga yo‘l qo‘yishmaydi

Agar o‘z-o‘zingizga beradigan baho va kayfiyat boshqalar fonida qanday ko‘rinishingizga bog‘liq bo‘lsa, baxt sizga tegishli emas. Aqlli odamlar muvaffaqiyatlaridan xursand bo‘lishganida, o‘zgalarning fikri va xizmatlari bu xursandchilikni kamaytirishiga yo‘l qo‘yishmaydi.
O‘zgalar nima deb o‘ylashi va qanday yo‘l tutishi muhim emas. Bu sizning o‘zingiz haqingizdagi fikringizga ta’sir ko‘rsatmasligi lozim. Ayni vaqtda atrofdagilar siz haqingizda qanday fikrda bo‘lishlariga qaramay, u har doim subyektiv va asl mohiyatni aks ettirmaydi.

2. Ular unutishmaydi

Hissiy jihatdan savodxon bo‘lgan hafagarchiliklarni oson kechirishadi, bu ularni butunlay unutadilar degani emas. Kechirish yoqimsiz vaziyatni “qo‘yib yuborib”, oldinga qarab harakatlanish demakdir. Bu ular hafa qilgan insonga ikkinchi imkoniyat berishni anglatmaydi.
Aqlli odamlar o‘zgalar xatosi oqibatlariga o‘ralashib qolishni istashmaydi, shuning uchun dastlab ularni kechirishadi, keyin esa kelajakda o‘zlarini bunday vaziyatlardan himoya qilish uchun qat’iy choralar ko‘rishadi.

3. Ular tankka pichoq bilan qarshi chiqishmaydi

Aqlli odamlar ertaga yangi kun va yangi kurash ekani va o‘zlarini qanday himoya qilishni biladilar. Mojaroli vaziyatlarda ko‘pincha nazoratni yo‘qotamiz va boshimizni ishlatmay yengilishimiz muqarrar bo‘lgan jang sari otlanamiz. O‘z hislarini tushunish va ularni boshqarishni bilganlar qachon o‘z fikrida mahkam turib olish, qaysi vaziyatlarda kurashdan chekinish kerakligini baholay oladilar.

4. Ular ideal ortidan quvishmaydi

Hissiy jihatdan yetuk insonlar yetishib bo‘lmas idealni maqsad qilmaydilar, chunki u mavjud emasligini bilishadi. Absolyut mukammallikka intilib, doim hafsalangiz pir bo‘ladi. Natijada istagan narsangizga erisha olmaganingiz tufayli o‘zingizni azoblaysiz. Aqlli odamlar buning o‘rniga erisha olgan narsalaridan xursand bo‘lishadi.

5. Ular o‘tgan zamonda yashamaydilar

Odatda, mag‘lubiyat – erishish qiyin bo‘lgan narsaga harakat qilish va tavakkalchilik natijasidir. Aqlli odamlar muvaffaqiyat - mag‘lub bo‘lish va oldingan intilish ko‘nikmasiga bog‘liq ekanini biladilar. Biroq eski xatolarga yopishib olish orqali buni amalga oshirib bo‘lmaydi. O‘tgan zamon bilan yashasangiz, u sizning hozirgi kuningizga aylanadi va kelajakdan mahrum etadi.

6. Ular muammolarga diqqatni qaratishmaydi

Hissiy holatingiz siz o‘ylayotgan narsaga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Joriy muammolarga diqqatingizni qaratsangiz, salbiy hislar va zo‘riqish holatiga “sho‘ng‘iysiz”. Aqlli va hissiy jihatdan savodxon bo‘lganlar muammolar haqida emas, uni hal etish yo‘llari haqida o‘ylash kerakligini bilishadi.

7. Ular noliydiganlar bilan muloqotda bo‘lishmaydi

Nolish va shikoyat qilish ishqibozlari muammolari ta’mini cheksiz ravishda “totib ko‘rishadi”. O‘zlarini yaxshi his etishlari uchun ularga achinadigan, shafqatli tinglovchilar kerak. Bundaylardan uzoqroq yurgan ma’qul, yo‘qsa o‘z salbiy oqimlarida “cho‘ktiradilar”.
Shikoyat oqimini to‘xtatishning yaxshi usuli – odamdan o‘z muammolarini qanday hal etmoqchiligini so‘rash. Shikoyatchi ularni hal etish yo‘llarini o‘ylamayotgan bo‘lsa yo jim bo‘ladi, yo vanihoyat foydali fikrlashga harakat qiladi.

8. Ular kek saqlashmaydi

Jahlimiz chiqqanida his etadigan tuyg‘ularimiz bu zo‘riqishga bildirilgan reaksiyadir. Cheklab o‘tisho‘ imkonsiz bo‘lgan tahdid soya solganda bunday xulq-atvor jon saqlash uchun zarur. Biroq hammasi ortda qolganida yuzaga kelgan gina o‘zimizga zarar keltiradi. Vaqt o‘tishi bilan hatto salomatlikda aks etadi. Gina saqlash – doimiy zo‘riqish bo‘lib, aqlli odamlar bor kuchi bilan buni chetlab o‘tishga harakat qilishadi.

9. Ular o‘zlari istamagan narsaga rozi bo‘lishmaydi

Ko‘pchiligimizga “yo‘q” so‘zini aytish mushkul. Biroq u foydalanish kerak bo‘lgan ulkan kuchga ega instrumentdir. Yangi majburiyatlarni bo‘ynimizga olishni rad etish orqali o‘zingizga mavjud bo‘lgan vazifalarni bajarish imkonini berasiz.


Albatta, bu ro‘yxatni to‘liq deb bo‘lmaydi. Biroq hech bo‘lmaganda xulq atvorning aynan shu zararli modellarini bartaraf etishni o‘rganish orqali o‘zingizga katta yordam bergan bo‘lasiz.