Amerikalik muhbir Business Insider uchun fan va salomatlik to'g'risida maqolalar yozadi.

 

  1. Stol oldida turgan holda ishlash

 

Manba

 

2015 yilda o'tkazilgan tadqiqot tik turgan holda ishlashning hech qanday afzal tomonlarini aniqlay olmadi. Yagona ijobiy jihat shundaki, turgan holatimizda ko'proq kaloriyalar eriydi. Shu bois, vazn yo'qotish istagida bo'lsangiz, tik turib ishlashda davom etishingiz mumkin.

 

  1. Unitaz o'tirgichiga bir martali qoplamalarni ishlatish

 

Manba

 

OIV yoki gerpes kabi viruslar juda beqaror bo'lib, inson organizmidan tashqarida omon qolmaydi. Hattoki terimiz ham xilma-xil mikroblarga qarshi ancha samarali to'siq hisoblanadi. Shuning uchun, hattoki jamoat hojatxonasidagi unitazning o'rindig'iga o'tirsangiz ham bironta kasallikni yuqtirib olishingiz ehtimoldan yiroq. Albatta, agar kesilgan joylaringiz yoki jarohatlar bo'lsa bakteriyalar qon orqali organizm ichiga kirishi mumkin.

 

  1. Glyuten iste'mol qilmaslik

 

Manba

 

Agar siz seliakiya (glyuten xastaligi) bilan og'rigan kam sonli bahtiqarolar qatorida bo'lmasangiz, glyuten sizga zarar yetkaza olmaydi. Tadqiqotlarga ko'ra, aksariyat odamlar boshoqli o'simliklar iste'mol qilmasa ham, ovqatlanishdan so'ng qorin shishini sezadi.

 

  1. Mikroto'lqinli pechlardan qo'rqish

 

Manba

 

Mikroto'lqinli pechda taom bor oziqlantiruvchi moddalarini yo'qotishi haqida eshitganmiz. Bahtimizga, bu noto'g'ri. Mikroto'lqinli pechdagi elektromagnit to'lqinlar mahsulotlardagi molekulalarni tez tebranishga majbur qiladi, natijada energiya ishlab chiqariladi va ular isiydi.

Albatta, qayerda taom tayyorlashimizdan qat'iy nazar – bu xoh mikroto'lqinli pech bo'lsin, xoh gaz plitasi – yuqori haroratda ayrim oziqlantiruvchi moddalar yemirila boshlaydi. Biroq, mikroto'lqinli pechda tayyorlash ancha tez bo'lgani uchun, ba'zida mahsulotlardagi foydali moddalar unda hattoki yaxshiroq saqlanib qoladi.

 

  1. Faqat sharbatlar bilan oziqlanish

 

Manba

 

Mevalar va sabzavotlarning sharbatini siqib olish orqali ulardagi bizni to'q tutib turadigan barcha foydali ozuqa tolalarini ketkazasiz. Sharbatda faqat shakar qoladi. Ko'p miqdorda shakar va kam miqdorda oqsildan iborat parhez doimiy ochlik hissi, keskin kayfiyat o'zgarishlari va energiya yo'qolishiga sabab bo'ladi. Bundan tashqari, bunday ratsionda mushaklar massasi yo'qolishi mumkin, chunki mushaklarga oqsil zarur. Shu bois, faqat sharbatlardan iborat parhezga o'tishga shoshilmang.

 

  1. Qo'llar uchun antiseptikdan foydalanish

 

Manba

 

Agar qo'llaringizni kun davomida muntazam yuvsangiz, antiseptikning keragi bo'lmaydi. Baribir u oddiy sovun va suv ketkazadigan bakteriyalar miqdorini yo'qota olmaydi. Ayrim viruslar esa umuman antiseptikdan qo'rqmayd.

 

  1. Glutamat natriyli mahsulotlarni yemaslik

 

Manba

 

Ko'plab mahsulotlarga ta'mni kuchaytirish uchun glutamat natriy qo'shiladi. Va u mutlaqo xavfsiz. Shunga qaramay, mazkur ozuqaviy qo'shimcha iste'moli ko'pincha xitoy restorani sindromi (bo'yinni sezmaslik, holsizlik hissi va boshqa belgilar) bilan hamohang keladi. Biroq, tadqiqotlarning ko'rsatishicha, bariga glutamat natriy emas, balki ortiqcha tannovul aybdordir.

 

  1. Bo'g'imlarni qarsillatishdan qo'rqish

 

Manba

 

Yaqin paytgacha ko'pchilik bo'g'imlarni qarsillatish juda zararli ekanligiga ishonib kelgan. Biroq, yangi tadqiqotlar bu fikrning aksini isbotladi. Ayrim olimlarning fikricha, bunday harakat bo'g'imda yetarlicha suyuqlik borligidan dalolat beradi.

 

  1. Polivitaminlarni qabul qilish

 

Manba

 

Juda ko'p odamlar hech qanday zaruriyat bo'lmasa-da, har kuni polivitaminlar qabul qiladi. Albatta, organizmga omon qolish uchun vitaminlar kerak. Ularsiz yegulik yaxshi o'zlashtirilmay, raxit va singa kabi kasalliklar kelib chiqishi mumkin. Lekin, biz taomlar bilan yetarlicha vitamin qabul qilganimiz uchun, qo'shimchalarga hech qanday ehtiyoj yo'q.