Yirik kompaniyalar ko‘p hollarda bir xil nomdagi mahsulotlarini turli mamlakatlarda turlicha nomlaydilar. Agar siz xorij mamlakatida uzoq vaqt davomida muvaffaqiyatsiz tarzda qandaydir mahsulotni izlayotgan bo‘lsangiz, ajab emaski, u mazkur mamlakatda “taxallus ostida” tarqalgan.

Sizni jahonda mashhur bo‘lgan brendlarning boshqa mamlakatlardagi nomlari o‘zgartirilish va bu qaysi sabablarga ko‘ra amalga oshirilishini bilib olishga chaqiramiz.

Burger King

© Burger King 

“Burger King” ilk restorani 1954 yilda AQSHda paydo bo‘ldi, undan so‘ng muassasa mazkur nom ostida butun dunyo bo‘ylab tarqala boshladi. Biroq Avstraliya bozoriga chiqishdan avval kompaniya rahbarlari bu mamlakatda mazkur nomdagi brend mavjudligini aniqlashdi. Shuning uchun Avstraliyada “Burger King” restoranlari uchun yangi nom – “Hungry Jack’s” o‘ylab topildi.

Axe

© Unilever

Unilever kompaniyasi “Axe” markasiga Fransiyada 1983 yilda asos solindi,biroq ba’zi mamlakatlarda nom boshqa brendlar bilan “band qilingan” edi. Bundan tashqari, ingliz tilida so‘zlashuvchi mamlakatlarda «axe» so‘zining ma’nosi “bolta” bo‘lib, uni parfyumeriya bilan bog‘lash mushkul edi.

Danone

© Danone

«Danone» brendiga ispan farmatsevti Isaak Karasso tomonidan asos solingan. U markani o‘g‘li Danielga (Danon – uning oiladagi laqabi) atab nomlagan. AQSH bozoriga chiqilayotganda firma rahbarlari brend nomini «amerikancha» - «Dannon» deya atashga qaror qildilar. Avvalgi nomni amerikaliklar ikki so‘z «dan» va «one»ga bo‘lib, noto‘g‘ri talaffuz qilishar edi. Shuning uchun Shtatda bo‘lganingizda sizga tanish bo‘lgan mahsulotning g‘ayrioddiy nomidan hayratga tushmang, bu xato emas.

Rexona

© Unilever

«Axe» (Lynx) kabi «Rexona» ham «Unilever» kompaniyasi brendi sanaladi. Buyuk Britaniyada ushbu brend «Sure», AQSHda — «Degree», Yaponiyada — «Rexena», Janubiy Afrikada — «Shiyeld» nomi bilan mashhur.

 

Mr. Clean

© Procter & Gamble

Qayta nomlanishlar soni bo‘yicha rekordchi bo‘lgan brend «Mr. Clean»dir. Deyarli barcha yirik mamlakatda ushbu tozalash vositasi o‘z nomiga ega. Ulardan ba’zilari quyidagicha: «Mr. Clean» (AQSH, Kanada), «Meister Proper» (Germaniya), «Monsiyeur Propre» (Fransiya), «Maestro Limpio» (Meksika va boshqa Lotin Amerikasi mamlakatlari), «Mastro Lindo» (Italiya). Buyuk Britaniya va Irlandiyada vosita soddagina «Flash» nomi bilan ataladi.

Blend-a-med

© Procter & Gamble

“Procter&Gamble” kompaniyasi“Crest” tish pastalarini 1955 yildan beri ishlab chiqaradi. Germaniya, Polsha, Bolgariya, Ukraina, Rossiya va ba’zi xorij mamlakatlarida o‘zgacha, ya’ni “Blend-a-med” deya ataladi.

Dove

© Mars, Incorporated

“Dove” shokoladini dunyodagi ko‘plab mamlakatlarda sotib olish mumkin, biroq aynan shu mahsulot Buyuk Britaniya, Misr va Hindistonda “Galaxy” nomi ostida ma’lum.

Twix

© Mars, Incorporated

Shokoladli batonchik dastlab “Raider” deb nomlangan va ilk bora 1967 yilda Buyuk Britaniyada ishlab chiqilgan. 1979 yilda u AQSHga “Twix” nomi ostida eksport qilindi. Biroq ko‘plab Yevropa mamlakatlarida hozirga qadar “Raider” markasi ostida sotiladi.

Lay’s

© PepsiCo

“Walkers” kompaniyasi Buyuk Britaniyada 1948 yilda tashkil etilgan. “Lay’s” chipslarini ishlab chiqaruvchi “Pepsi-Co” kompaniyasi “Walkers”ni qo‘lga kiritdi. Shundan keyin ingliz chipslari dizayni o‘zgartirildi, biroq avvalgi “Walkers” nomi saqlab qolindi.