Tuz ko‘p solib yuborilgan sho‘rva

© depositphotos© depositohotos© depositphotos


Agar sho‘rvani sho‘r qilib yuborgan bo‘lsangiz, yodda tuting: har qanday holatda ham suv qo‘shmang, bu vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkin.
Buni to‘g‘rilash yo‘li juda oson:

  • tuz qo‘shilmagan qaynatma sho‘rva qo‘shib, qaytadan qaynatish,
  • agar retseptga to‘g‘ri kelsa, sabzavot, guruch yoki makaron qo‘shish.

Murch ko‘p qo‘shib yuborilgan taom

© depositphotos© depositphotos© depositphotos© depositphotos

O‘ta achchiq taomni bir necha usul yordamida saqlab qolish mumkin:

  • achchiqlikni neytrallashtirish uchun shakardan foydalanish;
  • masalliq sifatida sut mahsulotini qo‘shish (agar bu muayyan taom tarkibidagi masalliqqa to‘g‘ri kelsa)
  • sirka yoki limon sharbatidan foydalanish.

O‘ta qovurib yuborilgan jigar

© depositphotos© depositphotos

Agar tayyor bo‘lgan jigar quruq bo‘lsa, unga smetana qaylasini quyib, 15-20 daqiqa davomida qaynash holatigacha yetkazish.

Suyuq pyure

© depositphotos© depositphotos© depositphotos

Suyuq kartoshka pyuresini saqlab qolish mumkin:

  • sut yoki tovuq sho‘rvasiga aralashtirilgan kartoshka kraxmalini qo‘shish orqali;
  • tag olishdan himoyalangan kastryulkada ortiqcha suyuqlikni past olovda bug‘lash orqali.

Quyuqali manniy bo‘tqasi

© depositphotos© depositphotos


Bo‘tqani quyuqalardan xalos etish uchun uni durshlagdan o‘tkazish kifoya.

Yopishib qolgan pirog

© depositphotos© depositphotos© depositphotos


Ko‘p hollarda pirog shakl beruvchining tagiga yopishib qoladi. Kulinar san’at asaringizga zarar yetkazmasdan ajratib olish uchun:

  • shakl beruvchining tubi tegib turadigan qilib iliq suvga solish;
  • yoki uni muzdek sochiqqa o‘rash.

Suyuq krem-sho‘rva

© depositphotos© depositphotos© depositphotos

To‘g‘ri tayyorlangan krem-sho‘rva yetarli darajada quyuq bo‘lishi lozim, agar u biroz suyuq bo‘lsa, vaziyatni quyidagicha o‘zgartirish mumkin:

  • qaynatilgan guruch yoki blenderda maydalangan dukkakliklarni qo‘shish.

Isitilgan bo‘tqa

© depositphotos© depositphotos© depositphotos


Ba’zi hollarda bo‘tqa tayyorlanish vaqtida u tagiga oladi va kuygan ta’m zarar yetmagan qismidan ham kelib turadi. Kuygan bo‘tqa mazali bo‘lishi uchun mana bu usul qo‘l keladi:

  • zarar yetmagan qismni boshqa kastryulkaga solib, unga iliq sut, biroz tuz qo‘shib, tayyor bo‘lguniga qadar qaynating.

O‘ta suyuq qayla

© depositphotos© depositphotos© depositphotos


Agar qaylangiz juda ko‘p yoki juda suyuq bo‘lsa, ortiqchasini to‘kib tashlashga shoshilmang. Vaziyatni to‘g‘rilash u qadar murakkab emas:

  • karxmalni suvda eritib, qaylaga qo‘shish mumkin,
  • yoki ortiqcha suvni parlantirish uchun, suv solingan tunuka tovaga qaylani idishi bilan qo‘yish.

Qo‘shimcha ma’lumot: eng mazali tuxum tayyorlash

© pixabay


Har bir odam tuxumni turli xil pishirilganini yaxshi ko‘rishiga qaramay, uni yanada mazaliroq tayyorlash uchun bir necha oddiy qoidalar mavjud:

  • tuxum xona haroratida bo‘lishi kerak,
  • bitta tuxumdan tayyorlansa, u mazaliroq chiqadi,
  • past olovda qovurish kerak,
  • chetlari tillarang va qasir-qusir bo‘lish uchun tuxumni oldindan tuz sepilgan tovaga chaqish lozim.