Bu usullar hattoki eng odamovi suhbatdoshni ham yengish imkonini beradi.

Kuchli so'zlardan foydalaning

 

Ishonarli nutq aks ta'sirga ega so'zlardan tashkil topadi. Bu usul doim reklamada qo'llaniladi.

 

Shunchaki tasavvur qiling, kimgadir avtotransport vositasini sug'urtalash xizmatini sotishingiz kerak. Albatta, Siz har kuni yo'llarda minglab avariyalar yoki baxtsiz hodisalar sodir bo'lishini aytishingiz mumkin. Biroq, gapni boshqacharoq qurgan afzal: «Har kuni yo'llarda minglab odamlar halok bo'ladi» yoki «Har kuni minglab avariyalar o'lim bilan yakun topadi ».

 

O'lim — hodisaga nisbatan kuchliroq so'z.

 

Takabbur emas, munosib ko'rinishga urining

 

 

Yoqimli tashqi qiyofa o'ziga tortadi, ammo teskari natijaga ham olib kelishi mumkin. Hatar quyidagidan iborat: boshqalarga nisbatan yaxshiroq kiyngan odam kuchni his etadi va ko'pincha o'zini takabburona tuta boshlaydi. Bu esa ixlosni qaytaradi.

 

Unutmang, Siz ishontirishga urinayotgan odam asossiz ravishda Sizdan ustun: uning «yo'q» deyish huquqi bor. Shuning uchun yahshi ko’rinishga, ammo boshqalardan o'zib ketmaslikka harakat qiling.

 

Kelajakka e'tibor qarating

 

Birinchidan, «Biz bo'lamiz» yoki «Biz buni bajaramiz» kabi iboralar inson ongida buning haqiqatda ham yuz berishiga oid fikrni hosil qiladi. Ikkinchidan, kelajak vaqt ishlatilgan gaplar Siz va'dangizni bajarishingiz va uni tashlab qo'ymasligingizga nisbatan unda ishonch uyg'otadi.

 

Biroq, bunda me'yorni anglash zarur. O'ta xiralik qilmang va boshqa uchun qaror qabul qilmang. Yaxshisi, mazkur qarorning imkoniyatlari va ijobiy ta'sirlariga e'tibor qarating.

 

Mos muloqot kanalini tanlang

 

Agar kimnidir ko'ndirishni istasangiz, suhbatdosh uchun qulay muloqotni yaratishingiz kerak. Shu bois, u aynan qanday muloqot qilishni istashini aniqlang: shaxsan, telefonda yoki elektron pochta orqali. Shu tariqa, uning sodiqligini va o'zingizning omadga bo'lgan imkonitlaringizni oshirasiz.

 

Suhbatdoshning tilida so'zlashing

 

Oddiy haqiqat: odamlar o'zlariga o'xshagan, o'zlari tushuna oladiganlarga tezroq ishonadilar. Shuning uchun Sizning vazifangiz – suhbatdoshga moslashish. U jargon ishlatmayaptimi? Demak, Siz ham ishlatmang. Hazzilashyaptimi? Siz ham yumor hissingizni ko'rsating.

 

Bu qoida noverbal muloqotga ham tegishli. Agar inson faol imo-ishoralardan foydalansa, Siz ham jonli va ochiq bo'lishingiz kerak. Agar u yopiq holatlarni tanlasa, yanada vazmin bo'lish o'rinli.

 

Shuningdek, bu usul odamlar guruhida ham ish beradi. Shunchaki, auditoriya qanday muloqot usuliga ijobiy munosabat ko'rsatayotganini aniqlash kerak.

 

Nutqingizni buzmang

 

Har safar «e-e-e» yoki «a-a-a» tovushlarini aytganingizda suhbatdoshning ishonchini yo'qotasiz.

 

Yodda tuting: nutq aniq va tushunarli bo'lishi kerak.

 

Bu natijaga erishishning eng yaxshi usullari — uyda mashq qilish va so'zlarni talaffuz etishdan bir soniya avval o'ylab olish.

 

Vaqtni to'g'ri tanlang

 

Suhbatda omadga erishishning yana bir garovi – to'g'ri tanlangan vaqtdir. Buning uchun o'sha odamni o'rganishingiz, uning turmushi va jadvalini tahlil qilishingiz kerak bo'ladi.

 

Masalan, aksariyat band rahbarlar hafta boshida ishga ko'milgan bo'ladi, juma kuni esa hayolan ishdan chetlashadi. Shu bois, payshanba ularni ko'ndirish uchun eng yaxshi vaqt bo'lishi mumkin.

 

Suhbatdosh ortidan fikrlarni qaytaring

 

Oddiygina qaytarish orqali insonga uni tinglayotganingiz va tushunayotganingizni ko'rsatasiz. Bir vaqtning o'zida shaxsiy fikringizni ham bayon etishingiz mumkin, masalan quyidagini aytish mumkin: «Sizni to'g'ri tushungan bo'lsam, buni A va V tufayli muhim deb o'ylaysiz. Men tushundim hamda C va D haqida o'yladim». Ibora hattoki alifbesiz ham juda yaxshi ish beradi.

 

Hissiyotlaringiz ustida ishlang

 

 

Ishtiyoq va to'lqinlanish suhbat davomida tabiiy yo'l bilan rivojlanishi kerak. Odamga darhol bosim o'tkazib, barcha his-tuyg'ularni to'kish orqali uni ezishingiz yoki itarib yuborishingiz mumkin.

 

Dialogni ko'tarinki, ammo sokin usulda boshlab, so'ngra asta-sekin tavsilotlarni yoritish, tobora ko'proq ehtiros va g'oyaga qiziqishni namoyon etish mumkin. Shu tariqa, Siz tabiiy ko'rinasiz va hayajoningiz suhbatdoshga ko'chadi.