Quyida odamlar ko'proq nimadan afsus qilishlari va qanday qilib buning oldini olish mumkinligiga doir maslahatlar bilan tanishishingiz mumkin.

Yemiruvchi munosabatlarni quradilar

Aksariyat odamlar yemiruvchi munosabatlar girdobida yashaydi, chunki yolg'iz qolishdan qo'rqadilar. Biroq, o'nlab yillar o'tganidan so'ng ko'p umidsizlik, og'riq va alam olib keladigan odam bilan yashagandan ko'ra, yolg'iz bo'lgan yaxshiroq ekanligi ma'lum bo'ladi.

Yaqinlari bilan kam vaqt o'tkazadilar

Ish va uy yumushlari bilan band bo'lib aksariyatimiz yaqinlarimizga juda kam vaqt ajratamiz. Afsuski, buni ko'pincha murakkab lahzalarda tushunib yetamiz: bolalar ulg'ayib, mustaqil hayot boshlaydilar, turmush o'rtog'imiz bilan iliq munosabatlar o'tibk yetadi, ota-onamiz bilan qandaydir fojia yuz beradi.

Ko'p vaqtini bekorchilikka sarflaydilar

Seriallarni tomosha qilish, ijtimoiy tarmoqlarda o'tirish, telefondagi o'yinlar o'ylaganizdan ancha ko'proq vaqtni olib qo'yadi. Zero, bu vaqtni nisbatan foydaliroq mashg'ulotlarga sarflab, turmush darajamizmi yaxshilashimiz mumkin edi.

Nosog'lom turmush tarzini olib boradilar

Har kuni zaif tomonlarimizga yon berib, zararli odatlarga ega bo'lish orqali salomatligimizga putur yetkazamiz. Hozir go'yoki hammasi joyidadek ko'rinsa ham, ma'lum vaqt o'tgach salomatligimizga nisbatan bu qadar yengil munosabatning oqibatlarini his qilishimiz tayin.

Juda kam sayohat qiladilar

Ko'pchiligimiz sayohatlar haqida orzu qilamiz. Ko'pincha odamlarni bunday albatta qulayliklar bilan sayohat qilish istagi yoki majburiyatlarning mavjudligi to'xtatib qoladi. Lekin, qulaylik – eng zarur narsa emas-ku, muhim ishlar esa hech qachon tugamaydi.

Haddan ortiq ko'p ishlaydilar

Ko'pincha boshqa qadriyatlarga ega bo'lmagan odamlar shunday qiladilar. Ish ham muhim, ammo dam olish va hursandchilik haqida unutish to'g'ri emas.

Yangi narsalar o'rganishdan to'xtaydilar

Aksariyat odamlar oliy ta'lim to'g'risidagi birgina diplomning o'zi yetarli deb o'ylaydi. Haqiqatdan ham bu kichkina narsa emas. Biroq, doimiy rivojlanish Siz uchun yanada keng imkoniyatlarni ochish bilan birga, o'zingizga bo'lgan ishonchni oshirib, atrofdagilar uchun Sizni qiziqarli qiladi.

O'zlari nafratlanadigan ishda ishlaydilar

Odatda biz faqatgina shaxsiy qat'iyatsizligimiz va qulaylik hududidan chiqishni istamasligimiz tufayli nafratlangan ishimiz bilan shug'ullanishni davom ettiramiz. Biroq, tavakkalga qo'l urmasak va hayotimizda nimanidir o'zgartirmasak, yoqtirmagan ishimizda shunchaki “so'lib” qolishimiz mumkin.

Orzular ko'p-u, ammo amal kam

Agar orzularimizni amalga oshirish uchun ma'lum choralarni ko'rmasak, hammasi shunchaki tasavvur bo'lib qolaveradi. Agar butun umr mukammal sharoitni kutsak, imkon umuman bo'lmasligi mumkin.


 

Suratlarni Mariya Zavolokina chizdi.