Jahondagi eng qimmat shaharlardan biri sanalgan Dubay butun BAAda muhim savdo va moliya markazi hisoblanadi.

Bu yerda nufuzli kompaniyalar o'z ofislarini ochishga intiladi, ko'chalarda qimmatli superkarlar haydaladi, suvda esa eng tezkor yaxtalarni ko'rish mumkin. Biroq, pul go'yoki jo'shqin daryo kabi oqadigandek ko'rinadigan mazkur hududda ham keng ko'lamli tashlandiq loyihalar mavjud. Shaharning ichida va tashqarisida hech kim sotib olmaydigan ko'p sonli villalarni ko'rish mumkin, ular shunchaki chirish va vayron bo'lishga mahkum.

 

Dubayda neft aniqlangunicha bu yerda asosan echki va tuyalarni boqib, hurmo o'stiradigan badaviylar yashab kelgan. Shahar dengizga yaqin joylashgani tufayli Yevropa bilan savdoni yo'lga qo'yish imkoni bo'lgan. Faqatgina 1966 yilda qirg'oqdan 60 dengiz mili masofasida neft zahiralari aniqlanganidan keyin shaharning hayoti tubdan o'zgara boshladi. O'sha paytda hukmronlik qilayotgan shayx Rashid ibn Said Al Maktum Dubayning muvaffaqiyati uchun aynan nima kerakligini yaxshi bilgan. U mustahkam parvoz-qo'nish chizig'ini qurib, infratuzilmani faol rivojlantira boshladi. Amirlikka neft dollarlari oqib kira boshlaganidan so'ng shayxning barcha harakatlari to'laqonli oqlandi. Mana, 10 yil ichida Dubay gullab-yashnab ketdi, unda yashayotgan aholining soni esa 300 foizga o'sdi.

 

Bugungi kunda pul oqimi Fors ko'rfazi qirg'og'idagi ushbu ajoyib shahar orqali kirib kelishda davom etmoqda, ammo hashamatli qiyofaga darz ketdi, qimmatli bezaklar ba'zi joylarda to'kilib tushdi va endi Dubayni qanday bo'lsa shundayligicha, “pardozsiz” – qumlar ixtiyoriga tashlangan o'lik shahar sifatida ko'rishimiz mumkin.

 

Jabel Ali Villaj, Jebel Ali Village

 

 

Jabel Ali Villaj nomli lyuks toifasiga mansub shahar chekkasidagi hudud 1977 yilda Dubay sarhadlaridan tashqarida paydo bo'lgan. Bu yerda qariyb 300 ta hashamatli villa, hiyobon, kasalxonalar va boshqa infratuzilma ob'ektlarining qurilishi ko'zda tutilgan edi. Lekin, yashash hududi uchun noto'g'ri joy tanlangani ma'lum bo'ldi. Natijada, oziq-ovqat do'konlari tanqisligi yuzaga keldi, ammo birinchi zaruriyat mahsulotlari uchun Dubayga borib-kelish hammaga ham yoqavermaydi. Xullas, 2011 yilda Jabel Ali Villaj hududi butunlay bo'shab qoldi.

 

Jabel Ali palmasi, Palm Jebel Ali

 

 

Jabel palmasi sun'iy orolining qurilishi 2008 yilda yakunlanishi kerak edi, ammo iqtisodiy tanglik rejalarga halaqit qildi va ishlar to'xtab qoldi. Hozirda orollar asta-sekin dengiz suviga to'kilib, vayron bo'lmoqda.

 

Al-Jazira Al-Xamra, Al Jazeera AlHamra

 

 

Al-Jazira Al Xamra shahri an'anaviy arab me'morchiligi uslubida qurilgan bo'lib, uning yoshi qariyb 700 yilga teng. Afsuski, zamonaviy dunyoda unga joy topilmadi va u o'tmish qoldig'i bo'lib qoldi – endi uning katta qismi xarobaga aylangan.

 

Al Xayl Geytdagi 33-uy, Al Khail Gate

 

 

Al Xayl Geytdagi 33-uyda ko'p sonli o'z joniga qasd qilish holatlari yuz berib, odamlar bu yerda kuzatilayotgan turli g'alati hodisalar haqida gapira boshlaganidan so'ng, aholi bu yerdan tezda ko'cha boshladi. 2011 yilda hech kim qolmaganidan keyin boshqaruvich kompaniya uni yopishga qaror qildi.

 

Arab kanali

 

 

Loyihaga ko'ra uzunligi 75 kilometrga teng Arab kanali Al-Maktum xalqaro aeroportini aylanib o'tib, Jabel Ali palmasiga qaytishi kerak edi. Biroq, 2009 yilda loyiha to'xtatildi, kavlashga ulgurilgan ko'ldan esa hozirda oazis sifatida fodalanilmoqda.

 

Pentominium osmono'pari

 

 

Pentominium osmono'pariga katta umidlar bog'langan edi – u jahondagi eng baland turar-joy binosi, shuningdek Dubaydagi balandligi bo'yicha ikkinchi o'rindagi osono'par bo'lishi kerak edi. 2011 yilda 22 qavat qurib bo'linganidan so'ng ishlar birdan to'xtatildi. Ma'lum bo'lishicha, qurilish kompaniyasining katta qarzlari bo'lgan va bino ishlarini davom ettira olmagan.

 

Burj al-Alam osmono'pari

 

 

Dubaydagi Biznes Bey hududida joylashgan Burj al-Alam osmono'parida loyihaga ko'ra 108 qavat bo'lishi kerak. Binoning qurilishi 2008 yilda boshlangan, ammo loyiha inqiroz tufayli tezkor ravishda tugatilishidan avval bajarishga ulgurilgan ish faqat posongilarni o'rnatish bo'ldi.

 

Juzural-Alam jahon orollari

 

 

G'oyaga binoan Juzural-Alam orollari arxipelagi jahon xaritasini qaytaradi. Barcha orollari tugatib bo'lingan edi (hattoki ularning 60 foizi xarid qilingan, ba'zilarida esa uylar ham qurilgan edi), ammo 2008 yilda pudratchi barcha ishlarni to'xtatib qo'ydi va ob'ekt hanuzgacha tashlandiq holda qolmoqda.

 

«Qirolicha Yelizaveta II» dengiz layneri

 

 

«Qirolicha Yelizaveta II» nomli ulkan layner 1967 yilda nafaqaga chiqishga tayyor edi, ammo uni suzuvchi mehmonxonaga aylantirish niyatida bo'lgan Dubai World kompaniyasi sotib oldi. O'sha vaqtda eski kemaning yangi egalari ularni qanchalar jiddiy va o'ziga xos muammolar kutib turganini hayoliga ham keltirmagan, zero oddiy binoda bunday holatlar yuz bermagan bo'lardi. Qisqasi, dengiz layneri bo'ylab har yerda hozir mog'or tarqalib, ichkaridagi hamma narsa chirib, to'kila boshlagan. Shu tariqa, kema Port Rashidda qoldirildi.