Aynan ular haqida biz hikoya qilish istagidamiz. Odatda mazkur go‘shalardanda xavfli shaharlar bo‘ladi, biroq sayyohlar bunday joylarga borishmaydi.

Endi esa u yoki bu darajada sayyohlik rivojlangan joylarni ko‘zdan kechiramiz, ulardan ba’zilari sizni lol qoldiradi.

 

Barselona, Ispaniya

Barselona — dong‘i ketgan kissavurlar poytaxti, ularning soni minglab bo‘lib, ba’zilari juda mohir. Barselonadan keyingi o‘rinlarda Rim, Praga va Parij turadi.

O‘g‘riliklarning ko‘pchiligi shaharning asosiy ko‘chasi – Ramblada sodir etiladi. Umuman olganda, naqd pullar va buyumlarni plyaj, transport va mehmonxonadan o‘g‘irlab ketishlari mumkin. Ehtiyot bo‘ling.

 

Qohira, Misr

Qohira – tashrif buyurganlarning sokinligi bilan keskin qarama-qarshi xarakterga ega Misr dam olish maskanlariga ega afsonaviy shahar. Birinchidan, bu ayollar uchun eng xavfli shaharlardan biridir.

Ikkinchidan, tinch bo‘lmagan siyosiy holat: qurolli mojarolar tez-tez sodir bo‘ladi.

Uchinchidan, yoningizga odamlar kelib, aldashga urinishlari mumkin. Eng mashhur misol: tuyaga chiqish – 5 AQSH dollari, undan tushish – 50 AQSH dollari.

 

Pattayya, Tailand

Tailanddagi rus ruletkasi qachon va nimadan zaharlanishingni bilmasligingdan iborat.

Bu ayniqsa Pattayya – iflos, biroq sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan shaharda tez-tez sodir bo‘ladi. Aybdorlar odatda dengiz mahsulotlari, kam hollarda esa go‘sht va salatlardir.

Mahalliy aholi barcha taomlarni antiseptik hususiyatga ega achchiq ziravorlar bilan iste’mol qilishadi. Sayyohlar esa ziravorlarsiz yeb, zaharlanib qolishadi. O‘zingizni himoya qilish uchun mahalliy odam kabi ovqatlaning.

 

Yoxannesburg, JAR

Janubiy Afrika – hayratlanarli tabiatga ega mamlakat, ikki okean tutashgan joy. Biroq bu yerda ham muammolar bor: aparteid - oq aholi qora tanlilarni terror qilgan davr bor-yo‘g‘i 30 yil muqaddam yakunlangan.

Hozir esa aksincha – qora tanlilar oq tanlilarni, ayniqsa Yoxannesburgda qiynaydilar. Agar oq bo‘lsangiz, yaxshisi mashina yoki taksida harakatlanganingiz ma’qul (yodda tuting, sizga oqlar uchun mo‘ljallangan taksi kerak). Ko‘chada esa sizni ko‘p kuzatadilar. Bu yerda piyoda yurishmaydi, suratga qarang, ko‘chalar xilvat.

 

Neapol, Italiya

Italiyaliklarning o‘zlari Neapol barcha shaharlar ichida eng italyancha shahar deb hisoblaydilar. Pissa aynan shu yerda kashf etilgan.

Biroq shaharda doim jinoyatlar sodir etilgan, bu yerda ham kissavurlar ko‘p. Kutilmaganda skuterdagi odam paydo bo‘lib, sumka va fotoapparatingizni qo‘lingizdan yulib olishi mumkin. Ayyor mahalliy “tadbirkorlar” mashinangizni yuvishni boshlab, keyin esa pul talab qilishadi. Yana bu joy juda irkit.

 

Tixuana, Meksika

Bu shahar Meksika va AQSH chegarasida joylashgan. Shuning uchun bu yerga bir-ikki kun meksikacha dam olishni istaganlar Shtatlardan tashrif buyurishadi.

Tixuanaga faqat Shtatlardan kelishar ekan, desangiz xato qilasiz. Shaharda AQSHdan kelgan ko‘plab tezkor jinoyatchilar bor. Shuningdek, bu joy narkotik moddalar tushirilib, qayta ortiladigan - haqiqatan ham xavfli joy sanaladi. Shaharda tomosha qiladigan joyning o‘zi ham yo‘q, bor-yo‘g‘i markaziy ko‘cha ko‘rishga arziydi xolos.

 

Mumbay, Hindiston

Mumbayga kelgan har bir sayyohni tilanchilar olomoni o‘rab oladi, ular tashrifchilarni tirik hamyon sanaydilar. Ba’zilar nimanidir o‘g‘rilab olish uchun o‘zlarini yoglar yoki “ma’rifatparvarlar”dek tutishlari mumkin.

Yana Hindiston ayollarga zo‘rlash maqsadida hujum qilish soni bo‘yicha mashhur. Bunga qo‘shimcha ravishda zaharlanish yoki kasallanish uchu qulay sharoit yaratadigan antisanitariya va issiq iqlim.

 

Rio-de-Janeyro, Braziliya

Santa-Tereza — shaharning markaziy tumanlaridan biri. Xavfsiz bo‘lib ko‘rinsa-da, bunday emas. Yaxshisi bu yerda telefon va ko‘zguli fotoapparatlar bilan ko‘rinmagan ma’qul. Olib qo‘yishga intilishlari va pichoq bilan hujum qilishlari mumkin.

Umuman olganda, Rio markazida tunda sayr qilmang. Va albatta, favel – mashhur Braziliya harobalari chiroyli ko‘rinsa-da, u yerga gidsiz borish yaramaydi.

 

Parij, Fransiya

Romantik Parij ko‘ringani kabi u qadar xavfsiz emas. Markazda kissovur,tilanchi va surbet ko‘cha savdogarlari bo‘lib, ular mayda narsalarni ikki baravar qimmat narxga sotishga harakat qilishadi. Ular bilan gaplashmagan ma’qul.

Dunyoning barcha mintaqalari ham 100 foizga yaqin bo‘lgan farovonlik bilan fahrlan olmaydi (Yaponiya va Skandinaviyadan tashqari). Biroq xavfsizlik qoidalariga amal qilinsa, ta’tilingiz tinch o‘tishi imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi. Izohlarda bu haqida yozing.