Qanday qilib AliExpress’da ro‘yxatdan o‘tish mumkin? Sotuvchi va mahsulotni qanday tanlash kerak? To‘lov uchun qanday kartadan foydalangan ma’qul? Jo‘natmani qanday olish lozim?

Xitoy savdo maydonchasining mashhurligiga qaramay, ko‘pchilik AliExpress’dan qanday qilib xarid qilishni bilishmaydi yoki uni amalga oshirishdan cho‘chiydilar. Aynan shuning uchun i harfi ustiga barcha nuqtalarni qo‘yib, sotib olishning boshidan oxirigacha bo‘lgan jarayonlarni birma-bir ko‘rib chiqish va zaruriy ma’lumotlarni so‘zlab berishga qaror qildik.

 

Ro‘yxatdan o‘tish va ilk qadamlar

Barcha yerda bo‘lgani kabi AliExpress ham aynan shu qadamdan boshlanadi. Akkauntni ro‘yxatdan o‘tkazmay turib ham mahsulotlarni izlashingiz mumkin albatta, biroq biror narsa xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, o‘z profilingizni yaratishingiz so‘raladi. U buyurtmalar tarixi, istaklar ro‘yxati, xaridorlar bilan muloqot va statistika uchun kerak bo‘ladi. Umuman olganda, ishni ortga surmay, ro‘yxatdan o‘tamiz.

 Ro‘yxatdan o‘tish va ilk qadamlar aliexpress  

 

Ro‘yxatdan qanday o‘tiladi

Ro‘yxatdan o‘tish shakli

 

Ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan tugma saytning yuqori o‘ng burchagida joylashgan. Uni bossangiz, ro‘yxatdan o‘tish shakli ochiladi. U sizdan email-manzili, ism va familiya, shuningdek parolni so‘raydi. Akkauntni Facebook’ka bog‘lash mumkin, bu holda email’ni kiritish shart emas: u avtomatik tarzda paydo bo‘ladi.

 

 

“Mening AliExpressim” bo‘limi

“Mening AliExpressim” bo‘limi

 

Ro‘yxatdan keyin profilingizga kirish mumkin bo‘ladi. Bu yerda juda qiziqarli narsalar bor: buyurtmalar, xabarlar, fikrlar, istaklar ro‘yxati, bahslar va b. Bu bosqichda faqat yetkazib berish manzilini kiritish mumkin, boshqa ma’lumotlar hozircha zarur emas.

 

Manzilni qanday kiritish mumkin

Yetkazib berish manzillarini kiritish uchun yon menyudagi aynan shu nomdagi bandga o‘tish kerak. Manzillar bir nechta bo‘lishi mumkin. Axir siz turli sovg‘alarni o‘z do‘stlaringiz va qarindoshlaringizga yuborasiz-ku? Albatta yuborasiz. Shuning uchun bir necha manzil qulay hisoblanadi. Buyurtmaga haq to‘lashda keraklisi tanlaymiz. Ana bo‘ldi, hammasi tayyor.

 

Manzilni qo‘shish shakli

Ma’lumotlar rus tilida so‘ralsada, bu shaklni faqat lotin alifbosida to‘ldirish kerak. Bu muhim. Xitoyliklarda kiril alifbosidagi klaviatura yo‘q, balki uni to‘g‘ri aks ettiradigan kodlashtirish ham mavjud emasdir. Shuning uchun ismdan boshlab, manzilgacha bo‘lgan barcha ma’lumotlarni tranlit bilan yozish kerak. Aynan translit bilan ingliz tiliga tarjima bilan emas!

Xitoyliklar uchun jo‘natma ustiga nimani yopishtirish muhim emas, biroq pochtachi-buvijonlar Navoi avenue yoki Mustaqillik Square deb yozganingizda nimani nazarda tutganingizni aniqlashlari mushkul.

 

  • Oluvchining ismi —familiya, ism va otangizning ismini to‘liq ko‘rsating. 
  • Ko‘cha,uy, xonadon — sodda qilib Afrosiyob ko’chasi yoki Alisher Navoiy ko’chasi deb
    Pochtada tushunishlari oson bo‘ladi.
  • Pochta indeksi — muhim ma’lumot. Manzilni noto‘g‘ri yozsangiz ham, indeks bo‘yicha jo‘natma kerakli joyga yetib boradi. Sizga yaqin joylashgan bo‘linmaning indeksini mana bu yerda bilib olishingiz mumkin.
  • Telefon/ mobil telefon — yodingizda tuting, raqamlarni xalqaro shaklda mamlakat raqamidan boshlab kiritish lozim.

 

Mahsulotni tanlash va xarid

Ana bo‘ldi, barcha rasmiyatchiliklarga amal qilindi, xaridni boshlasa ham bo‘ladi. Ilk uchragan mahsulotga buyurtma berish va eng arzon narx ortidan yugurishga shoshilmang. Eng avvalo ba’zi narsalarni aniqlab olishimiz zarur.

 

Qaysi tilni tanlash kerak

AliExpress avtomatik ravishda rus tilini ishga tushiradi. Agar istasangiz, boshqa tilni tanlash yoki ingliz tiliga o‘tish mumkin. Biroq rus tilida qolish qulayroq. Masalaning faqat bir jihati mavjud, ta’riflarni o‘qish vaqtida bu foydadan ko‘ra zararliroq.G‘aliz tarjima shu darajadaki, gap nima haqida ekanini darhol tushunish amri mahol.

 

 

Bunday vaziyatlardabor-yo‘g‘i “Nomni ingliz tilida ko‘rish” — havolasiga bossangiz, bari ancha tushunarli bo‘ladi. Agar interfeys ingliz tilida bo‘lishini istasangiz, yuqori o‘ng burchakdagi Go to Global Site ustiga bosing.

 

Qanday izlash kerak

 

 

AliExpress’da izlash

AliExpressda millionlab buyumlar mavjud bo‘lgani uchun keraklisi topish qiyin emas. Izlash natijalari orasidan birini tanlash qiyinroq. Bemalol rus tilida izlash mumkin, agar natija bo‘lmasa yoki ular sizni qoniqtirmasa, so‘rovni ingliz tilida amalga oshirib ko‘ring. Izlash natijasini qisqartirish uchun saralashning qo‘shimcha funksiyalari va filtrlar bilan foydalanish foydali. ​

  • Narx — o‘ta qimmat buyumlar yoki muayyan narh toifasidagilarni saralab olamiz.
  • Bepul yetkazish— mahsulotlari arzonroq ko‘rinishi uchun narxning muayyaan qismini yetkazib berishga qo‘shadigan ayyor sotuvchilarni darhol saralash mumkin.
  • Faqat donabay— ulgurji xaridorlar uchun takliflarni saralaymiz.
  • 4 yulduz va ko‘proq— sifatsiz mahsulotlarga vaqt sarflamaymiz.
  • ... bo‘yicha saralash— saralashni buyurtmalar soni va sotuvchi reytingiga qarab tanlang – adashmaysiz.
  • ... dan yuborish— mashhur mahsulotlar uchun mahalliy omborxonadan yuborish operatsiyasi mavjud, agar uzoq kutishni istamasangiz, uni tanlang.

 

 

Bizning misolimizda men Xiaomi Redmi 5 telefonini izlayapman. Izlash qatorida ana shunday yozaman, bunda bepul yetkazib berish, donabay mahsulotlar va buyurtmalar soni bo‘yicha saralashni tanlashni unutmayman. Men uchun zarur bo‘lgan telefon zudlik bilan izlash qatorida paydo bo‘ladi.

 

Qaysi sotuvchini tanlash kerak

Mahsulot va boshqa detallar ta’rifi sahifasi

Biroq bunday telefonlar bir vaqtning o‘zida bir necha sotuvchilarda bor. Kimni tanlash kerak? Agar buyum bir chaqa tursa, ko‘z yumib ham tanlasa bo‘ladi. Qimmatbaho buyumlar xaridida esa bunday qilish yaramaydi, chunki mahsulotning narxi, uning ta’rifga mos kelishi, uni qo‘lga kiritishingiz aynan shunga bog‘liq. Shuning uchun yangi havolalarda bir necha istiqbolli variantlarni ochamiz va quyidagilarni ko‘zdan kechiramiz:

 

  • Reyting— bu ballarni aks ettiruvchi, barchaga ma’lum tangalar, kristal va tojlardir.Reyting sotuvchilar mavjud bo‘lgan vaqt davomida shakllangan ijobiy fikrlarga asoslanib tuziladi. U qanchalik yaxshi bo‘lsa, ballar shuncha yaxshi bo‘ladi. Bu ishonchlilik va obro‘ ko‘rsatkichidir.

 

 

  • Ijobiy fikr-mulohazalar foizi— xaridorlarning ijobiy bahosini yarim yil ichida bildirilgan barcha fikr-mulohazalarga nisbatini foizda aks ettiruvchi ko‘rsatkichdir. 100 foizga maksimal darajada yaqin bo‘lishi kerak.
  • Buyurtmalar soni— ular ko‘p bo‘lishi kerak. Yomon mahsulotlar sotib olinmaydi. Ushbu mahsulot bo‘yicha eng ko‘p buyurtmaga ega bo‘lgan sotuvchini tanlaymiz.
  • Mahsulot bahosi— xaridorlar fikr-mulohalari asosida mahsulotning besh ballik tizimda baholanadigan sifati. Yuzlab va minglab buyurtmalarga ega mahsulotlarning bahosi odatda 4–4,5 va undan yuqori.
  • Fikr-mulohazalar— bu eng muhimi, taqqoslashni qo‘rqmay aynan ulardan boshlash mumkin. Mahsulotni sotib olganlarning xaridor, yetkazib berishga ketgan vaqt va boshqa narsalar haqidagi fikrini diqqat bilan o‘rganamiz. Bu juda foydali.

 

 

 

Buyurtma va to‘lov

Mana endi eng qiziq joyiga yetib keldik, ammo bu eng mushkuli degani emas. Tanlovning izlash va mushkulliklaridan keyin buyurtma qilish va xaridimiz (aslida biroz kutishga to‘g‘ri keladi, biroq bu jarayon sizga bog‘liq bo‘lmaydi) uchun haq to‘lash kerak.

 

Buyurtma qilish

Buyurtma uchun hoziroq to‘lovga o‘tish yoki xaridni davom ettirish va barcha mahsulotlargaumumiy haq to‘lash istagingizga qarab, “Hozir sotib olish” yoki “Savatga qo‘shish” tugmalarini bosish kerak. Bundan oldin o‘lcham, rang va model, shuningdek, buyumlar sonini (nima xarid qilishimizga bog‘liq)ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Rang va modelga qarab, narxi ham o‘zgarishi mumkinligiga e’tibor bering.

 

Buyurtmani tasdiqlash

Xarid tugmasini bosganimizdan so‘ng buyurtmani qabul qilish ekranida paydo bo‘lamiz. Bu yerda buyum to‘g‘risidagi barcha ma’lumotlar (rang, miqdor)ni yana bir marta tekshirish, yetkazish manzili bir necha bo‘lsa, ulardan birini tanlash, shuningdek sotuvchi to‘g‘risida fikr-mulohazalar qoldirish, chegirma kuponidan foydalanish, yetkazish usulini tanlash mumkin.

Yetkazishning standart uslubi – bu kuzatish imkoniyatisiz yuborish (ordinary). Arzon xaridlar uchun bu muhim emas, biroq qimmatbaho mahsulotlar uchun yetkazishning trek-raqamli (registered) usulini tanlagan ma’qul. Yakuniy narx 1,5–2 dollarga qimmatlashadi, biroq siz hotirjam bo‘lasiz va jo‘natmangizning siljishi yo‘nalishini kuzata olasiz.

 

To‘lov to‘g‘risida nimani bilish kerak

To‘lov shaklini tanlash

 

“Buyurtmani rasmiylashtirish” tugmasini bosish sizni to‘lov ekraniga olib o‘tadi. Bu yerda O‘zbekiston uchun amalga oshirish imkoni mavjud bo‘lgan, taklif etilgan variantlardan birini tanlash kerak.

  • Karta— kredit yoki debet. Ko‘pchilik foydalanadigan eng oddiy usul.
  • QIWI Wallet— terminal orqali to‘ldirish oson bo‘lgan elektron karmon. Kartadan foydalanishni istamaydiganlar uchun qulay usul.
  • WebMoney, «Yandeks.Pullar» — elektron to‘lov tizimlari. Agar ular orqali pul oladigan bo‘lsangiz, bu qulay usul.

 

Karta orqali to‘lash — eng mashhur usul. Undan qo‘rqish kerak emas: u ishonchli. Sizning barcha ma’lumotlaringiz himoyalangan ulanish orqali yuboriladi va faqat AliExpressga ko‘rinadi, biroq sotuvchilar uni ko‘rmaydilar. Aynan shu usulni tanlashni maslahat beramiz.

 

Qanday karta mos keladi

To‘lov uchun internet to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘lgan har qanday Visa va MasterCard kartalari mos keladi. Buning uchun kartani valyuta kartasini ochadigan istalgan bankda valyuta bilan to‘ldirish zarur.

Buyurtmaga haq to‘lash uchun kartangizda internet-tranzaksiyalar yoqilgan bo‘lishi kerak. Ko‘plab banklarda aynan shu maqsad uchun mo‘ljallangan maxsus internet-kartalar, ba’zida virtual kartalar mavjud bo‘lib, ular ancha arzonga tushadi. Buyumga haq to‘lashdan avval bank ilovasi yoki internet-bankingga ega saytni ochish va quyidagi detallarni aniqlashtirish kerak:

  • Karta raqami— o‘sha 16 ta raqam.
  • Amal qilish muddati— amal qilish muddati tugaydigan yil va oy. Kartaning old tomonidagi to‘rt raqam, masalan, 12/19.
  • CVV-kod— kartaning orqa tomonidagi uch raqamli xavfsizlik kodi. Virtual kartalar uchun uni ilovada yoki internet-banking saytida bilib olish mumkin.

 

To‘lovni amalga oshirish

Ushbu qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lgach, to‘lov usuli “Karta”ni tanlash va formani to‘ldirishga o‘tish mumkin. Bizdan bor-yo‘g‘i karta raqami, amal qilish muddati, CVV-kod va karta egasining ismini kiritish talab etiladi.

Karta yordamida to‘lash

 

“Hozir to‘lash tugmasini bosganingizdan so‘ng bankingizning sahifasi ochiladi, u yerga tranzaksiyani tasdiqlash kodini kiritish kerak bo‘ladi (uni sizga SMS yoki mobil ilova orqali yuborishadi)”.

Agar hech qayerda xatoga yo‘l qo‘ymagan bo‘lsangiz, to‘lov muvaffaqiyatli amalga oshirilgani to‘g‘risidagi xabar keladi. Karta raqamini AliPay dagihisob raqamingiz bilan bog‘lab, saqlab qolish mumkin. Bu keyingi xaridlarda ularni qaytadan kiritmaslik va vaqtni tejashga yordam beradi. Biroq bu majburiy emas, agar istamasangiz, hech nimanibir-biriga bog‘lash shart emas.

 

Buyurtmani qabul qilish

Ana endi buyum tanlangach, buyurtma va to‘lov amalga oshirilgach, eng zerikarlisi – yetkazib berishni kutish qoladi. Bir necha haftalik kutishdan so‘ng kutilgan jo‘natma sizning pochta bo‘linmangizga yetib keladi va uni olib ketishingiz mumkin.

 

Mavqeni qanday bilish mumkin

 

 

Sotuvchi buyurtmangizni tayyorlashi, qadoqlashi va agar yetkazib berishning kuzatuv usulini tanlagan bo‘lsangiz, kuzatuv raqamini berib, buyurtmani sizga yuborishi kerak. Buyurtmalar mavqeidagi barcha o‘zgarishlarni AliExpress saytdagi profil va pochtaga yuboriladigan xabarlar orqali xabardor qiladi.

 

Buyurtmalar tarixi

“Barcha buyurtmalar” bo‘limiga o‘tamiz va so‘nggi mahsulotlar mavqeini ko‘zdan kechiramiz. Ular bir nechta bo‘lishi mumkin:

  • To‘lov kutilmoqda — siz tasdiqladingiz, biroq hali to‘lovni amalga oshirmadingiz. To‘lov uchun belgilangan vaqt tugashi bilan (mahsulotsahifasida bilib olish mumkin) buyurtma bekor qilinadi.
  • To‘lovni tekshirish— AliExpress to‘lov tranzaksiyasini o‘rganadi va uni tasdiqlaydi. Odatda buning uchun 24 soatgacha vaqt ketadi, biroq sotib yuborish 2-3 cho‘zilishi ham mumkin.
  • Yuborish kutilmoqda— sotuvchi buyurtmani o‘rganib, uni qaboqlab, jo‘natish uchun tayyorlaydi. Mahsulot sahifasida ko‘rsatilgan shartlardan kelib chiqib, odatda 2-4 kun vaqt ketadi.
  • Buyurtma jo‘natilgan— xaridingiz yetkazish xizmatiga berilgan va siz tomonga yetib kelish arafasida. Bunga 15 kundan 60 kungacha vaqt ketadi.
  • Tasdiq olindi—siz buyurtmani olganingizni tasdiqlaysiz.
  • Yakunlandi— bitim yakunlandi. Mahsulotni olganingizni tasdiqlaganingizdan keyin paydo bo‘ladi.

Jo‘natmani qanday kuzatib turish mumkin

Yetkazish uchun o‘rtacha 1-1,5 oy vaqt ketadi. 

 

Jo‘natishni kuzatish

Sotuvchi buyurtmani yuborganidan so‘ng uch kun ichida unga trek-raqamni qo‘shishi lozim. U buyurtma qatorida aks etadi. Aynan shu yerda u haqidagi qisqacha ma’lumotni ko‘zdan kechirish yoki kuzatish uchun boshqa xizmatlardan foydalanish mumkin. 

Jo‘natmalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bir kun davomida bir martadan ko‘p bo‘lmagan miqdorda (ba’zida undan ham kam) yangilanadi, shuning uchun buyurtmani haftasiga 2-3 marta tekshirish kerak. Yuborilganidan keyin bir hafta davomida kuzatilmasa ham bo‘ladi. Havotirga tushish kerak emas. Ko‘pincha sotuvchilar jo‘natmaga trek-raqamni oldindan berishadi. Ayni vaqtda u bir necha kun mobaynida pochtada bo‘ladi va jo‘natilishni kutadi.

 

 

Jo‘natmani qanday olish kerak

Kutish vaqti bir zumda o‘tib ketdi (yoki juda cho‘zildi), qaydga ko‘ra, jo‘natma yetib keldi. U sizga ikki usulda yetib kelishi mumkin: pochtachi pochta qutisiga tashlaydi (kichik o‘ramlar ko‘pincha ana shunday bo‘ladi) yoki sizga jo‘natma borligi uni olib ketish to‘g‘risidagi xabarnoma olib keladi. O‘zbekistgnda ko‘pincha ko‘rsatilgan raqamga qo‘ng‘iroq qilib, ro‘yxatda ko‘rsatilgan sizga eng yaqin pochta bo‘limiga kelishingizni so‘rashadi. Bunday vaziyatda o‘zingiz bilan hujjatlar va xabarnomaning o‘zini olib kelish kerak bo‘ladi.

Jo‘natmani olish vaqtida uni diqqat bilan ko‘zdan kechiring. Agar o‘ram yaxlitligi buzilgan bo‘lsa, ko‘zdan kechirish aktini tuzishlarini so‘rang. Tashqi jihatdan o‘ram va quti bilan hammasi joyida bo‘lsa ham uning ichidagini aynan shu yer - pochtada ko‘zdan kechirish va jarayonni videoga yozish ortiqchalik qilmaydi. Tushunmovchiliklar yuzaga kelsa, sizda sotuvchi uchun isbot, ish bahsgacha yetib borgan holatda, barini ijobiy yakunlash imkoni mavjud bo‘ladi.

Uyda buyum to‘liq sinab ko‘rilgach, fikr-muloha qoldirish va baholashni unutmang. Bu boshqa xaridorni tanlashni aniqlashda yordam beradi. Suratga olish va fikr-mulohangizga ilova qilish imkoini ham paydo bo‘ldi.

 

Kafolat va himoya

Ba’zida sifatsiz va zarar yetkazilgan buyumga duch kelish yoki buyurtmani umuman olmaslik ham mumkin. Bunday vaziyatlar uchun AliExpress tomonidan xaridorni himoya qilish ko‘zda tutilgan. U qoplab berish yoki muvaffaqiyatsiz xarid holatida mablag‘ni butunlay qaytarish kafolatini ta’minlaydi.

 

Himoya qanday ishlaydi

Himoya muayyan muddat davomida amal qilib, u sotuvchi tomonidan ko‘rsatilgan yetkazib berish vaqtiga bog‘liq. U o‘rtacha 60 kunni tashkil etadi. Bu vaqt davomida buyumni olmasangiz yoki u ta’rifga mos kelmasa, bahsni ochish mumkin. U ko‘rib chiqilgach, AliExpress sarflangan pullarni qaytarib berishi va qoplab berishi mumkin.

 

Buyurtma to‘g‘risida batafsil ma’lumot

Himoya muddati tugashini “Mening buyurmalarim”da kerakli xarid ro‘parasidagi “Batafsil” tugmasiga bosib, bilish mumkin. Agar himoya tugayotgan bo‘lsa va siz hali ham buyurtmani qabul qilmagan bo‘lsangiz, muddatni uzatirish mumkin. Bu muhim, chunki “Yuborildi” mavqeidagi buyurtmayoki qabul qilib olgach 15 kun ichidagina bahsni ochish mumkin.

 

Bahsni qanday ochish mumkin

Ko‘pincha mahsulotni yetkazib berish sotuvchiga qaraganda pochtamizga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi. Biroq ancha vaqt o‘tgan, ammo jo‘natmadan hali ham darakbo‘lmasa, bahsni ochib, pulni qaytarishni so‘rash mumkin.

 

Bahsni ochish tugmasi

 

Aynan shu nomdagi tugma “Mening buyurtmalarim” bo‘limiga oid ma’lumotlarda joylashgan. Bahsni ochish uchun muammo detallari va sizga ma’qul bo‘lgan qoplab berish summasini ko‘rsatgan holda formani to‘ldirib, keyin surat ilova qilish kerak bo‘ladi. Ba’zi qatorlarda tayyor variantlarni tanlaymiz, ba’zi hollarda batafsil ma’lumotlar yozamiz.

Ikkala tomonning isbotini o‘rganib chiqqach, AliExpress mablag‘ni qaytarish (agar mahsulot yetib kelmagan bo‘lsa) yoki qoplab berish (agar noto‘g‘ri o‘lcham, model va past sifatdagi mahsulot yuborilgan bo‘lsa) qarorini qabul qiladi. Buning uchun ikki haftadan ikki oygacha vaqtketadi. Ko‘pincha savdo maydonchasi ma’muriyati xaridor tomonida bo‘ladi.

 

Omadli xarid tilaymiz! :)