Tunda bir necha bokaldan so‘ng nima sodir bo‘ladi?

 

Deyarli har 90 daqiqada uyqu sikli takrorlanadi, chuqur uyquning asosiy qismi esa tunning ikkinchi qismiga to‘g‘ri keladi. Aynan o‘sha vaqtda organizm alkogol bilan kurashishni boshlaydi. Natijada organizmni qayta tiklash uchun zarur bo‘lgan chuqur uyqu davomiyligi qisqaradi.

Spirtli ichimliklar tezroq uyquga ketish imkonini beradi, biroq bir necha soatdan so‘ng alkogolni buyrak hamda siydik yo‘llari orqali organizmdan chiqarib tashlash jarayoni boshlanadi. Tun davomida bir necha marta hojatxonaga borish va uyquning bir necha daqiqalar, balki hozirda kerakli bo‘lgan elektrolitlardan mahrum bo‘lishga olib keladi.

Natijada uyqu buzilishi oqibatida tongda charchagan va suvsizlangan holda uyg‘onasiz.

 

Tiniqib uxlash uchun nima qilish kerak?

 

1. Uyqudan kamida 3-4 soat oldin iching

Uyquning aniq oralig‘i yosh, vazn, jins va iste’mol qilingan miqdoriga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi mumkin.

 

2. «Bittaga ikkita» qoidasi haqida unutmang

Ichilgan har bir bokal va ryumka uchun ikki stakan suv ichishingiz lozim. Bu organizmdan alkogolning keyingi chiqib ketish jarayonini osonlashtiradi.

 

3. «Mo‘’jizaviy» pufakchalardan qo‘rqing

Gazli vino ichimligi oshqozon devorini kengaytirish orqali alkogolning so‘rilish yuzasini kattalashtiradi. Bunday keyin sokin tunga umid qilmasangiz ham bo‘ladi.

 

4. Ichilgan miqdorni nazorat qiling va gazak iste’mol qiling

Ovqat vaqtida alkogol iste’mol qilishning yaxshi tomoni shundaki, odatda uyquga ketishdan bir necha soat ovqatlanamiz. Demak, organizmda qayta ishlash va iste’mol qilingan alkogolni chiqarib tashlash, sizda esa – suv ichish imkoni bo‘ladi.

 

5. Alkogol bilan uyqu dorisini aralashtirmang

Alkogol ko‘plab boshqa uyqu vositalari kabi nafas olishga halaqit qiladi. Bunday aralashma nafasni to‘xtashiga olib kelish tufayli juda xavfli.

 

Agar uyqusizlikdan aziyat cheksangiz, alkogol bu muammoni murakkablashtirishini yodda tuting. Bundan tashqari, spirt oyparastlik va hotirjam bo‘lmagan oyoqlar sindromini kuchaytirishi mumkin. Bu holatda tungi o‘tirishlardan voz kechgan ma’qul.