Suratkashlar uchun 11 ta tejamkor layfxak

19 asr oxirida havaskorlar fotografiyasi vujudga kelishi arafasida bu dunyodagi eng mashhur xobbiga hech kim tasavvur ham qilmagan. Bugun barcha va har kim suratga olyapti, “professional foto suratga olish” taklifi esa talabdan ancha ko‘p. Shunga qaramay fotografiya eng arzon mashg‘ulotga aylanib qolmagan. Instagram uchun telefonda suratga olishni qo‘shib hisoblamaganda, albatta. Shuning uchun o‘ta tejamkor layfxaklar faoliyatini endigina boshlagan suratkashlar uchun foydali bo‘ladi.
Butun dunyodagi foto ishqibozlari qanday qilib va nima bilan qimmat foto qurilmaning o‘rnini bosish mumkinligi borasida o‘z variantlarini taklif etishmoqda. Sizda ham qandaydir fikrlar bordir?

1. Urfdagi boke linzalari natijasiga ega bo‘lish uchun uni oddiy kartondan kesib olish va obyektivga skotch yordamida yopishtirish mumkin.



2. Kartondan yasalgan qahva uchun stakan “yeng”i obyektiv va kelajakdagi suratlarni quyoshning yorqin nuridan himoya qiladi.



3. Pringles chipslari qutisi qaychining yengil harakatlari bilan vspыshka uchun tubusga aylanadi. Endi muayyan obyektlarni ajratib ko‘rsatish uchun yorug‘lik bilan ishlash mumkin.





4. No‘xat va yorma bilan to‘ldirilgan matodan tikilgan qop shtativ uchun o‘rnatgich bo‘lib xizmat qiladi. Titragan qo‘llar effekti yo‘qoladi!





5. Istak bo‘lsa, laytboks o‘rniga oq qog‘ozdan foydalanish mumkin. Buning uchun uni yorug‘lik yaxshi tushadigan oynaga joylashtirish lozim.



6. Aylana vspыshkani esa pissa qutisiga. Albatta, buning uchun kesish ko‘nikmasini mashq qildirish lozim.







7. Oziq-ovqat plyonkasi bilan obyektivni o‘rab chiqing, yorug‘lik tushishining romantik effekti paydo bo‘ladi.



8. Unga kapron paypoq kiydirish va rezinka bilan mahkamlash orqali romantik “yumshoq fokus”ga ega bo‘lish mumkin. Ijtimoiy tarmoqdagi barcha qizlarning sevimli effekti.





9. Shaffof sellofan paket va skotchdan yomg‘ir ostida suratga olishda suv o‘tkazmaydigan g‘ilof yasash mumkin.



10. Plastik kanistrdan vspыshkani kamaytiruvchi moslama xosil bo‘ladi.






11. Makro suratga olish uchun obyektivni hojatxona qog‘ozi narhi evaziga yasab olish mumkin.