Bu maqolada quvvati tugagan akkumulyatorga qansi tomondan yondashish kerakligi hamda uni qanday qilib quvvatlash haqida tushuntirishlar beramiz.

AKB (akkumulyator batareyasi) qanday o'chib qolgani ahamiyatsiz: gabaritlarni o'chirishni unutgansiz, to'xtash joyida juda ko'p musiqa tinglavorgansiz yoki butun yoz dam olishga ketgansiz. Akkumulyatorni quvvatlash uchun nazariya haqida tasavvurga ega bo'lish va bir nechta oddiy qoidaga rioya qilish kerak.

 

Bir oz nazariya

 

 

Avtoulovlarda ko'pincha qo'rg'oshin-kislotali akkumulyatorlar (WET) ishlatiladi. Ularning ishlash tartibi qo'rg'oshin plastinalarning elektrolit bilan kimyoviy reaksiyaga kirishishiga asoslangan bo'lib, natijada elektr toki ishlab chiqariladi. Vaqt o'tishi bilan albatta sulfatatsiya va plastinalar yemirilishi, shuningdek elektrolitning qaynab tugashi yuz beradi va AKB hajmi pasayadi. Akkumulyator eng kutilmagan paytda o'chib qolishi mumkin.

 

Akkumulyatorni qanday tekshirish kerak

 

akbinfo.ru

 

Eng osoni aksariyat akkumulyatorlarda bo'ladigan ichki quvvat indikatoridan foydalanishdir. Bu haqiqatda hech qanaqasiga lampa emas, balki shaffof kolbada harakatlanuvchi yashil suzgich-sharcha bo'lgan huddi o'sha “lampa”. Elektrolit darajasi va zichligi yetarli bo'lsa, sharcha ko'tariladi va biz yashil indikatorni ko'ramiz. Agar suzgich ko'rinmasa, elektrolitni tekshirish va AKBni quvvatlash kerak.

 

Yana bir usul – bu multimetr. Uning yordamida klemmalardagi kuchlanishni tekshirib, akkumulyatorning quvvati tugaganmi yoki yo'qligini bilish mumkin. To'liq quvvatlangan AKBda 12,6 va undan ortiq V bo'lishi kerak. 12,42 V kuchlanish 80% quvvatni, 12,2 V — 60%, 11,9 V — 40%, 11,58 V — 20%, 10,5 V — 0% quvvatni bildiradi.

 

Eng ishonchli usul yuklanishni orttiruvchi vilka bilan tekshirish hisoblanadi. U yuklanish ostida kuchlanishning pasayishini, ya'ni quvvatning haqiqiy darajasi va hajmni ko'rsata oladi. Bunday moslama istalgan avtoelektrikda yoki akkumulyatorlar sotiladigan do'konda bo'ladi. Keyin, bu tekshiruv uchun sizdan pul olmasalar ham kerak.

 

Akkumulyatorni quvvatlashga tayyorlash

 

 toyotaoforlando.com

 

AKB haqiqatdan ham quvvatsizligi aniqlangach, uni quvvatlashni boshlash mumkin, ammo avval tayyorgarlik ko'rish kerak.

 

1. Akkumulyatorni mashinadan yechgan ma'qul. Agar bunga vaqt bo'lmasa, minusli simni uzish orqali uni bort tarmog'idan o'chiring.

 

2. So'ngra yaxshi kontakt bo'lishi uchun klemmalarni moydan va oksiddan tozalash kerak.

 

3. Akkumulyator yuzasini quruq, yaxshisi – 10 foizli nashatir spirti yoki kalsiylangan soda eritmasida namlangan lattada artib yuborish halaqit qilmaydi.

 

4. Shuningdek, elektrolit bug'lari erkin chiqib ketishini ta'minlash va ichkarida ortiqcha bosimga yo'l qo'ymaslik uchun AKBdagi bonkalarning har birida tiqinlarni o'girishni unutmang yoki to'siqni yeching.

 

5. Qaysidir bonkalarning birida elektrolit miqdori yetarli bo'lmasa, plastinalar to'liq qoplanib turishi uchun distillangan suv quyish kerak.

 

evilution.co.uk

 

Akkumulyatorni quvvatlash

 

Quvvatlash tartibining o'zi oddiy: shunchaki qutblarga muvofiq ravishda akkumulyator klemmalariga quvvatlash moslamasining simlarini ulash va vilkani rozetkaga tiqish kifoya. Biroq, boshlanishiga quvvatlash usulini aniqlashtirish kerak. Bunda ikkita asosiy usul farqlanadi: doimiy tok bilan quvvatlash va doimiy kuchlanish bilan quvvatlash.

 

Birinchisi samaraliroq, ammo bir nechta bosqichdan o'tadi va nazoratni talab qiladi. Ikkinchisi osonroq, ammo atigi 80% quvvatni ta'minlaydi.

 

Bundan tashqari, aralash usul ham mavjud bo'lib, unda avtoulov egasi deyarli ishtirok etmaydi. Bunday usulning salbiy tomoni ancha qimmat turadigan maxsus quvvatlash moslamasining zarurligida.

 

Doimiy tok bilan quvvatlash

 

1. Akkumulyatorning nominal hajmidan 10%ga tok o'rnatamiz va AKB klemmalaridagi kuchlanish 14,3—14,4 V.ga yetgunicha quvvatlaymiz. Masalan, hajmi 60 A•ch bo'lgan akkumulyatorni 6 A.dan ko'p bo'lmagan tok bilan quvvatlash kerak.

 

2. So'ngra qaynash tezligini pasaytirish uchun tokni ikki barobarga kamaytiramiz (3 A.gacha) va quvvatlashni davom ettiramiz.

 

3. Kuchlanish 15 V bo'lganidan keyin tokni yana ikki barobarga kamaytirib, akkumulyatorni kuchlanish va tok ko'rsatkichlari o'zgarishdan to'xtaguncha quvvatlash kerak.

 

Doimiy kuchlanish bilan quvvatlash

 

Bunda bari osonroq. Shunchaki kuchlanishni 14,4–14,5 V oralig'ida o'rnatib kutish kerak. Bir necha soat (qariyb 10) ichida AKBni to'liq quvvatlash mumkin bo'lgan birinchi usuldan farqli ravishda, doimiy kuchlanish bilan quvvatlash bir sutkaga yaqin davom etadi va akkumulyator hajmini atigi 80%ga to'ldirish imkonini beradi.

 

Havfsizlik choralari

 

Akkumulyatorni quvvatlash – vodorod va kislorodning portlash havfi mavjud aralashmasi ajraladigan kimyoviy jarayon bo'lgani uchun juda ehtiyot bo'lish va qoidalarga rioya qilish kerak:

 

1. AKBni yaxshi shamollaydigan xonada quvvatlang.

 

2. Ochiq olovdan foydalanmang va uchqun chiqaradigan ishlarni bajarmang.

 

3. Agar akkumulyatorni mashinadan yechishning iloji bo'lmasa, minusli simni, yaxshisi ikkalasini o'chiring.