«Senga yoqdimi? Faqat rostini ayt!» Bu ibora – butun dunyo erkaklari tushadigan shafqatsiz qopqondir. Odatda uni o'z yuzi ustida qandaydir yadroviy tajribani amalga oshirgan qio'lar aytadi. Erkak kishi savolga javob berar ekan chorasiz vaziyatda qoladi. «Yo'q» javobi – og'ir va befoyda qurbonlik. «Xa» javobi – esa yolg'on.

Janjallar va tushunmovchiliklarning oldini olish uchun qarama-qarshi jins nimani afzal ko'rishi haqida kamida taxminiy tasavvurga ega bo'lishi kerak. Buning uchun hattoki maxsus tadqiqotlar ham o'tkaziladi. Ana shunday tadqiqotlarning birida erkaklarga qanday pardoz yoqishini aniqlash maqsadida, tanishuvlar saytidagi 1 200 nafar qizlarning sahifalari tahlil qilindi.

Natijaga ko'ra, ko'zlari bo'yalgan qizlar 139%ga ko'proq xabarlar oladi, lab bo'yoqlari havaskorlariga esa 119%ga ko'proq yozishadi, yuzlari alvon qizlar esa bo'yoqsiz raqibalaridan 24%ga o'zib ketdilar.

Mazkur tadqiqot go'yki erkaklarga mutlaqo pardoz qilmaydigan qizlar yoqishi haqidagi uydirmani yo'qqa chiqardi. Shunchaki erkaklar tabiiylik tarafdori. Aynan shuning uchun ayrim zamonaviy trendlarni umuman tushunish mumkin emas.

QORA LAB BO'YOG'I

Qora rang umuman lablar rangiga mos kelmaydi. Ehtimol, ma'lum darajada drama holati yaxshidir. Lekin, bunda dramatik teatr tuppasi sahnani qizning lablarida o'ynaydi. Erkaklar ko'p qora rangni yoqtirmaydilar va to'g'risini aytsak, bu bizni qo'rqitadi. Bunday ranglarni gotlarga, gotlarni esa o'tmishda qoldiring.

ADOQSIZ KIPRIKLAR

Hamma narsaning me'yori bor, hattoki kipriklarning ham. Bu yerda «qancha ko'p bo'lsa, shuncha yaxshi» qoidasi amal qiladi. Vaqtida to'xtashni bilish zarur.

LABLAR UCHUN GLITTER

Boshqacha so'z bilan aytganda — yaltiroqlar. Ba'zida ular shu qadar yirik bo'lganidan sun'iy ko'rinadi. Huddi bu qiz hozirgina qoshiq bilan kokos qirindisini yegandek. Va, uni juda tartibsiz yegandek.

SMOKI AYS

Shak-shubhasiz erkaklarga ma'noli ko'zlar yoqadi. Me'yorida qilingan smokiays pardozi sirlilik va jozibadorlikni oshiradi. Biroq, muqarrar go'zalni nindzyaga aylantirib qo'yadigan chegara mavjud. Iltimos, go'zal bo'lib qoling va ko'zlar atrofidagi qoralikni ko'paytrimang.

LABLAR TATUAJI

Axir go'zallikni namoyon etishning nisbatan yengil usullari ham bor-ku, bu kabi so'nggi choralarni qo'llash shartmi? Shu paytgacha bironta ham erkakning «U meni hayratda qoldirdi! Lablaridagi tatuajdan ko'z uzolmayapman!», deganini eshitmadim.

Albatta, erkaklar  аyollar pardozini turlicha ko'radilar. Biroq, ular bir narsada yakdil: pardoz ayol go'zalligini o'chirish uchun emas, balki namoyon etish uchun yaratilgan

Tabiiylik eng yorqin va g'ayrioddiy pardozga qaraganda ko'proq erkaklarning e'tiborini tortadi.

Lekin, bunda bir holatni unutmang. Tabiiy pardoz – uning mutlaqo yo'qligi emas, balki pardoz turlaridan biridir.