Nima qilish kerak

Bu maksimal darjadagi oddiy texnika 4–7–8 deb ataladi. Sizga qulay bo‘lgan holatda yoting. To‘rt soniya davomida burun orqali nafas oling. Nafasni yetti soniya ushlab turing. Sakkiz soniya davomida og‘iz bilan nafas oling. Uxlab qolmaguningizcha shu tarzda nafas oling.

 

Bu nima uchun samarali

Garvard universiteti tibbiyot xodimi Endryu Veyl (Andrew Weil) o‘z ma’ruzalaridan birida bu mashq haqida tinchlanish va uyquga ketishning samarali usullaridan biri sifatida so‘zlagan. Mantiqan bu nafas tizimi tabiiy tinchlantiruvchi hisoblanadi.

Bunday qaytariluvchi ritmdagi nafas asab tizimini tinchlantirishga yordam beradi. Bu hind yoglari tinchlangan holatga maksimal darajada erishish uchun meditatsiya vaqtida foydalangan qadimgi texnikadir. Uni uyquga ketish vaqtidagina emas, balki tinchlanish uchun ham qo‘llash mumkin.

Agar 4–7–8 tizimi bo‘yicha doimiy ravishda nafas olinsa, vaqt o‘tishi bilan tinchlanishingiz tobora osonlashadi.