1. Smartfon

 

Smarfonni kuniga o‘n marta qo‘limizga olamiz va hamma yerda o‘zimiz bilan olib yuramiz. Ko‘pchiligimiz telefonni tozalamaymiz, ko‘pi bilan qurilma ekranini artib qo‘yamiz. Smarfonda esa ko‘plab bakteriyalar joylashadi, ular orqali streptokokk va tilla stafilokokk kabi infeksiyalar tarqalishi mumkin. Smarfondan yuqtirib olishni chetlab o‘tish uchun uni doimiy ravishda mikrofibradan tayyorlangan maxsus latta yoki tozalash vositalari bilan artish tavsiya etiladi.

 

Ushbu tasvirda “Petra chashkasi" yordamida smartfonning bakteriyalar zichligi ko‘rsatilgan.

 

2. Idishlar uchun maxsus gupka

Uyingizdagi eng irkit buyumlardan biri. Ovqat qoldig‘i mavjud bo‘lgan nam va issiq gupka - bakteriyalar, jumladan ichak ustunchasi va salmonellaning ko‘payishi uchun qulay muhitdir. Infeksiyadan himoyalanish uchun idishlarni yuvib bo‘lgach, gupkani doimiy ravishda o‘zgartiring yoki xlor bilan yuving.

3. Oshxona sochig‘i

Idishlarni yuvib bo‘lgach, qo‘lini tarelkalarni artgan sochiqqa artadi. Biroq gupka kabi sochiq ham bakteriyalar uchun a’lo darajadagi qulay muhitdir. Oshxona sochig‘i sonini ko‘paytiring va ularni har ikki kunda almashtiring.

4. Choyshablar

Karavotga yotganimizda terimizdagi turli bakteriya va mayda moddalar choyshabga o‘tadi. Uyquda esa terlaymiz va choyshab isiydi, hamda u ham bakteriya va zamburug‘lar tarqalishi uchun qulay muhitga aylanadi. Choyshablarni har hafta almashtirib turish tavsiya etiladi.

5. Tish cho‘tkasi uchun taglik

Tish cho‘tkasidan foydalanib bo‘lgach, siz uni o‘z joyi - maxsus taglik yoki stakanga qo‘yasiz. Bunday tagliklarni doimiy ravishda yuvib turish kerak, chunki u yerda yuvinish xonasi va hojatxonadagi bakteriyalar cho‘tka orqali to‘g‘ri og‘zingizga tushadi. Agar takliklarni ikki haftada kamida bir marta yuvilmasa, ular nam muhtida bo‘lgani uchun mog‘orlab ketishi mumkin.