1. Pulingizga qarab yashang

Ishlab topganingizdan ko‘p sarflamang. Ko‘pchilik ularning fikricha baxtli qila oladigan buyumlarni sotib olgach, qo‘rqinchli qarzlarga botib qoladi. Pulni nimagadir sarflashdan avval o‘z imkoniyatlaringizni hisobga oling.

2. Daromadingizning 20 foizini olib qo‘ying.

Dastlab «o‘zinga to‘la» qoidasi haqiqatan ham samarali. Omonatlar sizni favqulodda vaziyatlardan himoya qiladi. Bundan tashqari, pul yig‘ayotgan bo‘lsangiz, hayotdagi kutilmagan imkoniyatlardan voz kechishingizga to‘g‘ri kelmaydi.

3. Harajatlaringizning barini yozib yuring

Kichik, kutilmagan harajatlardan ehtiyot bo‘ling, chunki kichik chakka ulkan kemani cho‘ktirib yuborishi mumkin.

Bendjamin Franklin, Amerikaning siyosiy arbobi deyatel

Barcha harajatlarning hisoboti mablag‘ning katta qismi nimaga sarf bo‘layotganini ko‘rsatadi. Ana shunda siz asossiz va befoyda harajatlarni chetlab o‘tasiz.

4. Zaruriyat bo‘lmasa, kredit olmang

Har oy allaqachon sarflangan pul uchun daromadingizning katta qismini foiz to‘lash uchun berayotgan bo‘lsangiz, badavlat bo‘lmaysiz.

5. Shaxsiy uy-joy uchun pul tiking

Turar joyni ijaraga olish orqali siz kimnidir boy qilasiz. Ko‘p hollarda xonadon ijarasi uchun to‘lov ipoteka to‘lovi hajmiga teng bo‘ladi.

Shaxsiy turar-joyingizni xarid qilishning barcha usullarini tahlil qiling. Imkoniyatlaringiz cheklangan bo‘lsa ham, harakatlarning qadam-baqadam rejasini tuzing. Shubhasiz, rejani amalga oshirish uchun uzoq vaqt talab etilishi mumkin. Biroq orzudagi narsaga erishish uchun insonda maqsad bo‘lsa, u ko‘plab qiyinchiliklarni yengishi mumkin.

6. Zararli odatlardan xalos bo‘ling

Ular sizni pastga tortadi va belgilangan maqsadlarga erishishda halaqit qiladi. Gap moliyaviy odatlar haqidagina emas. Dangasalik va kechiktirish kabi hislatlar sizni jismoniy va ruhiy jihatdan zo‘riqtiradi.

Sizni har kuni yaxshiroq insonga aylantiradigan foydali odatlarni shakllantiring..

Ana o‘shanda siz mashg‘ul bo‘lgan ishda omad yor bo‘ladi..

7. Kunlik maqsadlarni belgilab oling

«Boy bo‘lishni istayman» biroz g‘alati eshitiladi va hatto amalga oshmas istak bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Oldingizga aniq maqsad qo‘ying: uch yildan so‘ng muayyan miqdordagi mablag‘ni ishlab topish. Keyin bu katta maqsadni kun davomida amalga oshirish mumkin bo‘lgan kichik «maqsadchalar»ga ajrating. Asta-sekin istaklaringizni amalga oshirishga erishasiz.

8. Vaqtingizni samarali taqsimlang

Sutkada faqat 24 soat bor. Bu borada barcha teng.Biroq mazkur vaqt mobaynida kimdir boshqalarga qaraganda ko‘proq narsaga ulguradi.

Foydasiz va maqsadsiz o‘tkazilgan qimmatli daqiqalarni qaytarish imkonsiz.

Agar bo‘sh vqaqtingizni televizor qarshisida o‘tkazsangiz, badavlat bo‘lmaysiz. Kuningizni shunday rejalashtiringki, u behuda o‘tmasin.

9. Ishga kuch va vaqtingizni sarflang

Tirishqoqlik bilan qilingan mehnat – muvaffaqiyatning asosiy kafolatlaridandir. Unga erishish uchun doimo bor kuch bilan harakat qilish kerak. Boshqa usul mavjud emas.

Albatta, agar uzoq amakingizdan kutilmaganda merosni qo‘lga kiritmasangiz, bu holat esa kamdan-kam yuz beradi.

10. Passiv daromad manbalarini toping

Bunga aniq misol – ko‘chmas mulkni ijaraga berish va dividendlar.

Buning uchun mablag‘ingiz bo‘lmasa, blog yarating, u yerda pullik reklama joylashtirish, onlayn-kursni ishga tushirish va interaktiv o‘quv qo‘llanma yaratish mumkin. Ko‘plab usullar mavjud, bor-yo‘g‘i o‘zingizga mosini topsangiz bas.

11. O‘zingiz bilgan sohaga sarmoya kiriting

Farmatsevtikaga oid biznesingiz bo‘lsa, qishloq xo‘jaligiga sarmoya kiritish siz uchun asossiz bo‘lardi. Biznesingizga aloqador sohani tanlang.

Muayyan faoliyatni yaxshi bilsangiz, omadli va muvaffaqiyatsiz qadamlarni hisoblash siz uchun oson bo‘ladi.

12. Shaxsiy biznesingizni oching

Sizga haqiqatan qiziq bo‘lgan sohani tanlang va unga boringizni bering. Yodda tuting, bari bir urinishda amalga oshmaydi. Har bir muvaffaqiyatli tadbirkorning parvoz va yiqilish holatlari bo‘lgan.

Xatolaringizdan kelajakda asqotadigan saboqlar chiqaring. Tushkunlikka tushmang va belgilangan maqsadingizdan chekinmang.