Beldagi ortiqcha santimetrlarning sababi faqat yog‘ qatlamlari emas, balki ovqatni hazm qilishdagi ayrim muammolar ham bo‘lishi mumkin. Ushbu maqoladan ularga qarshi kurashish haqida ma’lumot olasiz.

Siz baribir ortiqcha kilogrammlardan xalos bo‘lmadingiz va qomatingizni ko‘zguda g‘amginlik bilan ko‘ryapsizmi? Hafa bo‘lmang. Har doim ham sabab yog‘ qatlamlarida bo‘lmaydi, ba’zan ushnchaki qorin shishi ham ishni beliga tepadi. Bunga oshqozondagi ovqat parchalanishi oqibatida gazlar to‘planishi sabab bo‘ladi. Mazkur muammoni hal etish uchun deyarli bir kun ichida kelishganroq ko‘rsatadigan bir nechta oddiy usul mavjud!

 

Limonli iliq suv iching

alexroz/Depositphotos

Bu ichimlik moddalar almashuvini tezlashtirish va uyg‘ongandan so‘ng ovqat hazm qilish tizimini ishga tushirish uchun ajoyib vosita.

Shuningdek, limon sharbati juda yaxshi quvvat beradi, shu bois tonggi qahva o‘rniga shu ichimlikni iste’mol qilishga urinib ko‘ring.

 

Bir kun sutli va glyutenli mahsulotlarsiz yashang

zimmytws/Depositphotos

Bir necha yil avval hamma ham glyuten nima ekanligini bilmagan. Bugun esa tarkibida mazkur modda kam bo‘lgan maxsus parhezlar tobora ommalashmoqda.

Ularning foydasi yoki zarari borasida uzoq nazariy bahslarni olib borish mumkin, ammo glyutenni hazm qila olmaydigan odamlar uchun uning havfi yaqqoldir. Ko‘pincha odam ayrim mahsulotlar iste’molidan so‘ng nima sababdan o‘zini yomon his qilishi va qorin shishi sabablari haqida tasavvurga ega bo‘lmaydi. Maxsus parhezni qo‘llab ko‘ring va ehtimol, shu kechgacha natijani his qilarsiz.

 

Odatiy tamaddini ananasga alishtiring

Kyle McDonald/Flickr.com

Ananas tarkibida mavjud Bromelayn maxsus fermenti oshqozonda oqsillarni parchalash orqali hazm qilishga yordam berishi mumkin. Shuning uchun undan hazm qilishni yaxshilash, ayniqsa oshqozonosti bezidagi ovqatni hazm qilish fermentlarining sekretsiyasi muammolarida foydalanish mumkin.

Shuning bois, odatiy buterbrodni ekzotik mevalarga alishtirishga urinib ko‘ring.

 

Tuz iste’molini nazorat qiling

Jeremy Keith/Flickr.com

Qayg‘uli haqiqat shundaki, biz aslida qancha tuz iste’mol qilayotganimizni mutlaqo bilmaymiz. Bu moddaning sutkalik me’yori atigi 5 grammni tashkil etadi, ammo odatda barcha bu me’yorni bir necha barobarga oshiradi. Ko‘p hollarda bunga ko‘p miqdorda tuz solingan yarim tayyor mahsulotlar iste’moli sabab bo‘ladi.

Ortiqcha tuz iste’moli organizmda yog‘ to‘qimasi o‘zida katta miqdorini “saqlab” turadigan suvning ushlanib qolishiga sabab olib keladi.

Sekinroq chaynang

Ehtimol, e’tibor bermagandirsiz, ammo ovqatning tez yeyilishi hazm qilish yo‘liga beixtiyor havo kirib qolishiga, natijada oshqozon shishib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Shu bois, sokinlikda chaynab, ovqatni yaxshilab chaynang. Bu ochlik hissidan tezroq xalos bo‘lish va ortiqcha yeb qo‘yishning oldini olishga yordam beradi.

Saqich chaynashdan voz keching

Ani-Bee/Flickr.com

Saqich dimog‘dagi nafasni yaxshilash bilan birga, oshqozoningizga havo kirishi uchun qo‘shimcha imkoniyat yaratishi mumkin.

Aksariyat saqichlar tarkibida shuningdek, qorin shishiga olib keladigan omillardan biri bo‘lgan shakarli spirt bo‘ladi.

Gazlangan ichimliklardan uzoqroq yuring

Jill G/Flickr.com

Gazlangan ichimliklar tarkibidagi gazlar tufayli qorindagi shishning asosiy sababi hisoblanadi. Shu bois, ularni iste’mol qilishdan voz kechgan ondayoq qomatingizga ijobiy ta’sirni ko‘rasiz.

Ko‘proq suv iching

Jason Patel/Flickr.com

Biz doim ko‘p miqdorda suyuqlik ichish zaruriyati haqida yozamiz, chunki bu haqiqatdan ham organizm uchun juda foydali.

Shu bilan birga, suv qorindan xalos bo‘lishga yordam beradi, chunki moddalar almashuvini me’yorlashtirib, toksinlarni chiqarib yuboradi.

Ko‘proq kletchatka (sellyuloza) iste’mol qiling

marrakeshh/Depositphotos

Kletchatka iste’molini oshirish qorin shishini yo‘qotishga yordam beradi, chunki o‘simlik tolalari hazm qilish tizimining to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi.

Agar hazm qilish tizimingiz to‘laqonli ishlasa, ko‘p sonli muammolar, jumladan qabziyatni bartaraf etasiz.

Taom miqdorini nazorat qiling

maverickette/Depositphotos

Agar muntazam ravishda ovqatlangandan so‘ng qorin shishidan aziyat cheksangiz, bunga taom miqdorining ko‘pligi sabab bo‘lishi mumkin.

Ovqat miqdorini kamaytirishga urinib ko‘ring va qanday natija bo‘lishini kuzating.

Algokol iste’mol qilmang

f8grapher /Depositphotos

Alkogol ayrim fermentlar miqdori kam bo‘lgan oshqozon shirasini ajratish bilan bog‘liq hazm qilish muammolarini keltirib chiqaradi. O‘z navbatida, bu ham qorinni shishiradi.

Shuning uchun, beldagi ortiqcha santimetrlardan xalos bo‘lishni istasangiz, spirtli ichimliklardan uzoqroq turgan yaxshi.

Yalpizli choy iching

Olga Pavlovsky/Flickr.com

Yalpizli choy hazm qilishni yaxshilaydi, chunki oshqozon kislotasi ishlab chiqarilishini faollashtiradi. Shuningdek, u oshqozon, ichak va o‘t qopini himoya qiladigan teri oshlovchi moddalarga ega bo‘lib, yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi.

Shirinlikdan voz keching

Shirinlikdan voz kechish zarur, chunki unda ko‘p miqdorda shakar yoki sun’iy shirin ta’m beruvchilar bo‘ladi. Ma’lumki, bu ikkala holat qorin shishiga sabab bo‘ladi.

Agar kun oxiriga borib tekis qoringa ega bo‘lishni istasangiz, shirinliklardan o‘zingizni tiyib, ularning o‘rniga mevalar yeyishni tavsiya qilamiz.