Favqulodda vaziyatda omon qolish uchun qanday yo‘l tutishni oldindan bilish kerak, axir har bir soniya hisobli bo‘ladi. Qutqaruvchilar guruhi daryo yoki ko‘lga tushib ketgan, cho‘kayotgan mashinadan to‘g‘ri chiqib olish haqida gapirib, ko‘rsatib berdi.

E’tiboringizga yoningizdagi odamlarni qutqarishda qo‘l keladigan, mutaxassislar tomonidan berilgan eng muhim tavsiyalarni taqdim etamiz.

1-qadam
Mashina suv yuzasiga tegishi bilan kamarni yeching va oynani oching.

2-qadam
Avtomobil suvga g‘arq bo‘lmasdan oldin oynadan tashqariga chiqib oling.

Qutqaruvchilar ushbu 2 qadam uchun mashina g‘arq bo‘lguniga qadar sizda deyarli bir daqiqa vaqt borligi haqida ogohlantiradilar.

Eshikni ochish uchun behuda vaqt sarflamang. U baribir ochilmaydi, chunki suv unga tashqaridan bosim o‘tkazadi. Ketma-ketlik: “kamarni yechish, oynani ochish va chiqib ketish” – qutqarilish uchun haqiqiy imkoniyat.

Oynani qo‘l yordamida ko‘tarish moslamasi bilan ochish osonroq. Biroq elektron usul bilan ham imkoniyat yuqori. Qutqaruvchilarning aytishicha, test natijalariga ko‘ra, elektronika suvga g‘arq bo‘lish vaqtidan kamida 10 daqiqa davomida ham ishlashda davom etadi.

Agar oyna ochilmasa, uni sindirish kerak.

Biroq har qanday holatda ham old oynani sindira ko‘rmang. Qo‘lingizdan kelmaydi – to‘qnashuvlarda xavfsizlikni oshirish maqsadida uni tripleksdan yasashadi.

Internet-saytlarda avtomobil oynalarini oson sindirish uchun qimmat bo‘lmagan asbobni topish mumkin. Yana bir variant – mashinada uchi o‘tkir, og‘ir predmet olib yurish. Bolg‘a, og‘ir otvertka, ayollar oyoq kiyimining uchli poshnasi yoki shaxsiy tirsagingiz ham bo‘laveradi. Burchakka qarab nishonga olish kerak - shunday qilinsa, oynani sindirish oson bo‘ladi, markaza esa u prujinasimon harakatlanadi.

Agar bolalar bo‘lsa, ularni oldinga o‘tkazing.

Agar mashinada siz bilan bolalar bo‘lsa, qutqaruvchilar quyidagi ketma-ketlikni tavsiya qilishadi: o‘z kamaringizni yeching, oynani oching va dastlab katta farzandingizni, keyin eas kichigini tashqariga chiqaring. So‘ngra o‘zingiz tashqariga chiqing. Shunday qilsangiz, hammani qutqarish imkoniyati ortadi.

Agar oyna orqali tashqariga chiqolmagan bo‘lsangiz, salon suvga to‘lishini kuting. Keyin esa eshikni oching.

Agar oynani ocholmagan yoki sindirolmagan bo‘lsangiz, yana bir usul mavjud: eshikni ochish. Bu juda bahsli usul, chunki salon suvga to‘lishini kutish kerak – ichkari va tashqaridagi bosim tenglashadi. Bunday holat yuz berganidan so‘ng chuqur nafas oling, eshikni oching va tashqariga chiqib oling.

Qutqaruvchilardan maslahat: salon suvga to‘layotgan mahal eshik bandini mahkam ushlang. Yodda tuting, u osonlik bilan ochilmaydi. Balki uni oyoq bilan bosishga to‘g‘ri kelar.

Suv ostida qayerga suzishni tushunish uchun havo pufakchalari ortidan ergashing.

Suvda ayniqsa u loyqa bo‘lsa, borliqda orinetatsiya olishni yo‘qotib qo‘yish juda oson. Suv yuzasiga chiqib olish uchun havoning tepaga ko‘tarilayotgan pufakchalari tomonga qarab suzing.

Yana bir marta: mashina suvga yuzasiga tegishi bilan kamarni yeching, oynani oching va tashqariga chiqib oling.