Agar duxovka devorlari yog‘ bilan qoplanganib, u har safar foydalanish uchun yoqilganida, badbo‘y hid taratayotgan bo‘lsa hamda eshikchasida jigarrang chirk xosil bo‘lsa, havotirga tushmang. Gaz pechiga u yangiligidagi kabi tozalikni oson va tezda qaytarish usullarini taklif etamiz.

Zamonaviy duxovka shkaflari, ayniqsa u elektr bilan ishlaydigan bo‘lsa, ko‘p hollarda o‘z-o‘zini tozalash tizimi bilan jihozlanadi. Biroq piroliz va kataliz funksiyalari sababli agregat narhi o‘ta qimmat bo‘ladi.

Ko‘plab foydalanuvchilar oddiy, gidroliz tozalash funksiyasiga ega duxovka shkaflarini afzal ko‘radilar. Bu qizdirilgan duxovka patnisiga suv quyib, par yog‘ dog‘larini eritishini kutib turishdir.

Biroq suvning o‘zi ko‘p hollarda yetarli emas. Agar dog‘lar qotib qolgan bo‘lsa, qo‘shimcha tozalash vositalari kerak bo‘ladi. U haqida keyinroq suhbatlashamiz, hozir esa bir necha asosiy qoidalar haqida so‘z yuritamiz.

Duxovkadan foydalanish bo‘yicha asosiy qoidalar

  1. Qanchalik tez-tez yuvib turilsa, shuncha oson bo‘ladi. Agar duxovka shkafidan har safar foydalanib bo‘lgach yuvilsa, bir-bir yarim haftada duxovkani tozalash vositasida parlantirilsa, global tozlash uyushtirishga deyarli to‘g‘ri kelmaydi.
  2. Dog‘ yaxshi ketishi uchun duxovka shkafini 15-20 daqiqa davomida 50 °S ga qizdiring.
  3. Tozalashdan oldin patnisni olib, yon tarafdagi yo‘naltiruvchilarni yeching. Agar konstruksiyada ko‘zda tutilgan bo‘lsa, eshik va oynalarni ham yeching. Bularning barini alohida yuvish qulayroq.
  4. Abraziv gubka va metal qisqichlardan foydalanmang. Ular bilan chirk qirilganida, duxovka emaliga shikast yetkazish mumkin. Yaxshisi gubka yoki yomshoq latta bilan ishlagan ma’qul.
  5. Yuvish vositasi, ayniqsa, u kimyoviy bo‘lsa, duxovka shkafining ventilyator va isitish elementlariga surtmang.
  6. Tozalab bo‘lgach, duxovka qurib, begona hidlar chiqib ketishi uchun uning eshigini ochiq qoldiring.
  7. Yoqimsiz hid qolib ketdimi? Bir stakan suvda 10-15 faol ko‘mir tabletkasiini eritib, bir necha soat duxovkada qoldiring. Ko‘mir qo‘shimcha hidlarni “so‘rib” oladi.

 

Duxovkani osh sodasi bilan qanday tozalash mumkin?

Osh sodasi endigina yuzaga kelgan kirlanishni tozalaydi va duxovkaning issiqqa chidamli oynasidagi jigarrang chirkni ketkazadi.

Soda asosida duxovka shkafini tozalash uchun pasta tayyorlash yoki osongina tozalash uchun qo‘llash mumkin.

Osh sodasini duxovka devoriga surting (buni nam gubka yordamida amalga oshirish mumkin). Unga pulverizatordan biroz suv purkang va 60 daqiqaga qoldiring.

Bir soatdan so‘ng, duxovkani sovun eritmasida namlangan gubka yordamida yuving va qog‘oz sochiqlar yordamida quruqlab arting.

Uzoq vaqt yordamida yig‘ilgan yog‘ dog‘larini soda va sirka yaxshi ketkazadi.

 

Oshxona sirkasi va soda bilan duxovkani qanday tozalash mumkin

Sirka va sodaning o‘zaro aralishishi natijasida is gaza ajraladi. U “eski” yog‘ dog‘larini ham ketkaza oladi.

Duxovka shkafining ichki yuzasiga oshxona sirkasi bilan ishlov bering, keyin nam gubka bilan soda surting. Duxovkani bir necha soatga qoldiring, keyin esa iliq suv bilan yuvib tashlang.

Agar ba’zi joylardagi dog‘lar ketmasa, uni sirkada namlangan gubka bilan arting.

 

Duxovkani limon bilan qanday tozalash mumkin

Duxovkani limon bilan tozalashning ikkita usuli mavjud: yangi ezilgan limon sharbati va limon kislotasi kukuni yordamida.

  1. Birinchi usul yangi paydo bo‘lgan dog‘lar uchun mos keladi. Limon sharbati va suvni bir xil miqdorda aralashtiring. Gubka yordamida duxovka shkafiga ushbu eritma bilan ishlov bering. 40-60 daqiqa yordamida qoldirib, barini toza latta bilan arting.
  2. Ikkinchi usul katta miqdordagi yog‘ dog‘ini ketkazadi, u bilan mikroto‘lqinli pechlarni tozalasa ham bo‘ladi. Duxovkaning chuqur patnisi yoki boshqa issiqqa chidamli idishni limon sharbati bilan to‘ldiring. 1,5 litr suvga bir paket limon ishqori kerak bo‘ladi. Patnisni 200 °S gacha qizdirilgan duxovka shkafida 30–40 daqiqaga qoldiring. Keyin duxovkani biroz sovish uchun qoldiring va yaxshilab yuvib tashlang. Tezda ketmagan dog‘larni yangi limon bo‘lagi yordamida artish mumkin.

Mazkur usulning samarasi keyingi videoda namoyish etilgan.

 

Duxovkani nonvoylar kukuni bilan qanday tozalash mumkin

Nonvoylar kukuni yoki yumshatgichni nafaqat pishiriqlar tayyorlashda, balki ularni pishirib bo‘lgach, duxovka patnisini tozalashda ham qo‘llash mumkin. Axir, u mohiyatan soda bilan limon ishqori aralashmasidir.

Bor-yo‘g‘i duxovka shkafi devorini nam latta bilan artib, suvda eritilgan nonvoylar kukuni yordamida ishlov bering. Quyuq manniy yormasi aralashmasi xosil bo‘lii uchun bir paket yumshatuvchi uchun deyarli 2-3 osh qoshiq suv kerak bo‘ladi.

Vositani 2-3 soatga duxovka yuzasida qoldiring. Yog‘ dog‘lari quyqalarga birlashadi va uni tozalash oson bo‘ladi.

 

Osh tuzi yordamida duxovkani qanday tozalash mumkin?

Tuz – tayyorlashdan so‘ng darhol qo‘llash, har doim topish imkoni mavjud bo‘lgan vosita. Natriy xloridi isitilganida yog‘ dog‘ini eritadi, demak uni yuvib tashlash osonlashadi.

Tuzni duxovka sovimasidan oldin gorizontal yuzalar (patnis, duxovkaning ostki qismlari)ga seping va yarim soatga qoldiring.

Agar shkaf sovib qolgan bo‘lsa, (≈100 °S) gacha qiziting. Tuz tillarangga kirgach, duxovkani o‘chiring.

Harorat tushgach, barcha yuzalarni iliq ko‘pikli suv bilan yaxshilab yuvib tashlang. Oxirida hamma yerni qog‘oz sochiqchalar bilan artib tashlang.

 

Duxovkani nashatir spirti bilan qanday tozalash mumkin

Ko‘plab uy bekalari bu usulni samarali deb hisoblaydilar. Ammiak vaqt o‘tishi bilan duxovka shkafida paydo bo‘ladigan yog‘ va kuyindilarni haqiqatan ham eritadi.

Nashatir spirti yordamida duxovkani ikki usul bilan tozalash mumkin.

  1. Sovuq usul. Nashatirni duxovka shkafi yuzasiga gubka yordamida surib, pulverizator bilan suv purkang. Bir kechaga qoldiring, ertalab duxovkani tozalash vositasi bilan yuvib tashlang.
  2. Qaynoq usul. Duxovka shkafini 60 °S gacha qizdiring. Uni o‘chiring. Yuqori javonga bir stakan nashatir spirti, pastkisiga kichkik idishda suv qo‘ying. Eshikni yoping va duxovkani sakkiz soatga qoldiring. Bu usuldan tunda yoki kunduz kuni uyda oila a’zolari kam bo‘lgan vaqtda foydalangan ma’qul. Kerakli vaqt o‘tgach, duxovkadagi nashatir spirtiga yuvish vositasini qo‘shing va barcha yuza qismlarni ushbu eritma bilan yuving.

Ammiakdan so‘ng duxovkani shamollatish kerak.

Duxovkani boshqa usul bilan tozalaysizmi? O‘zingiz qo‘llaydigan usullar haqida izoh qoldiring.