FOYDALI TOMONLARI

BOLA BILAN MULOQOT

Mashg'ulotlar, o'yinlar va darslar qanday bo'lishidan qat'iy nazar, siz birga shug'ullanasiz. Ota va ona farzandi bilan qiziqarli nimanidir ustida vaqt o'tkazadi. Siz yonma-yon o'tirasiz, kulasiz... Ota-ona bilan o'zaro muloqot bolaning to'g'ri ruhiy rivojlanishi uchun juda muhim.

YANGI MA'LUMOT

Bola mashg'ulotlar chog'ida ko'plab yangi va qiziq narsalarni o'rganadi. Albatta, u har qanday holatda ham ayiq nima ekanligini va tulki qanday ko'rinishini tushunib yetadi. Biroq, rivojlantiruvchi, masalan kartochkali va hayvonlarning suratlari bor kitoblar yordamida bola ayiq va tulkining suratlarda emas, balki aslida qanday bo'lishini bilib oladi.

MIYA RIVOJLANISHI

Rivojlantiruvchi mashg'ulotlar davomida Siz bolani o'qishga o'rgatasiz. Erta bolalikda miya hamma narsani darhol yodda olib qolgani bois, bola ortiqcha g'ayratsiz mashq qiladi. Lekin maktabda u ancha oson o'qiydi, chunki miya ishlash, eslab qolish, o'qishga allaqachon ko'nikkan bo'ladi.

FOYDALI KO'NIKMALARGA EGA BO'LISH

Erta rivojlantirish – bu hisoblashni o'rgatish emas. Bu kelajakda hisoblashga yordam beradigan mantiq, fikrlash, ko'nikmani rivojlantirishdir. Bu kelgusi ta'lim uchun asosni tayyorlash. Harflarni yaxshi tanigan bola uchun o’qishni o’rganish osonroq. To'g'ri chiziqlar va doiralarni chizishni bilgan bolaga yozishni o'rganish qiyin emas. O'qish boshlanishiga qancha yaxshi tayyorgarlik ko'rsangiz, farzandingizning o'qishi shuncha yengillashadi.

DIQQATNI YO'NALTIRISH QOBILIYATI 

Erta rivojlantirish mashq qilishga o'rgatadi. Hozirgina yugurgan, sakragan, multfilm tomosha qilgan bolakayga birdan yugurish va sakrashni ta'qiqlab, stol oldida o'tirib, diqqat bilan tinglashga majburlash mumkin emas. Qisqa bo'lsa-da, muntazam yengilroq mashg'ulotlar bolakayni sabrli bo'lishga o'rgatadi.

O'ZINI BAHOLASHNING OSHISHI

Hammaga ham maqtov kerak. Farzandi bilan shug'ullanayotgan ona o'zini yaxshi his qiladi. Bola esa oddiy va qiziqarli vazifalarni bajarib, onasidan maqtov eshitadi, ma'qullashini ko'radi va bu o'zini baholashi uchun juda muhimdir.

ISTE'DODLARNING NAMOYON BO'LISHI

Bolalar bilan o'tkaziladigan mashg'ulotlar bolani nima qiziqtirishini tushunish va u yoki bu narsalarga uning moyilligini aniqlashga yordam beradi. Balki u katta qiziqish bilan surat chizar, hisoblash mashqlarini yaxshi ko'rar, voqealar so'zlashni yoqtirar.... Siz dohiyingiz haqda ko'p narsalarni bilib olasiz va ehtimol, u uchun kelajakda kerakli yo’nalishni tanlaysiz.

ZARARLI TOMONLARI

OTA-ONALAR ISHQIBOZ BO'LIB QOLADI

Erta rivojlantirish ular uchun maqsadga aylanadi. Eng achinarlisi, bunda bolaning hech qanday dahli bo'lmaydi. Bu endi ota yoki onaning maqsadi – u nimalar qila olishini ko'rsatishi va isbotlashi kerak, axir uning farzandi shu qadar rivojlangan. Keling, bu ishlarni kim uchun qilayotganimizni unutmaylik. Avvalo, bu poyga emas muloqotdir.

MASHG'ULOTLAR KUCH TALAB ETADI

Bola bilan shug'ullanish – murakkab ish. Shusiz ham bor vaqtini farzandiga sarflaydigan оna o'zi haqida umuman unutib qo'yishi mumkin. Muhimi, erta rivojlantirish quvonarli bo'lishi kerakligini yodda tuting.

BOLANING QIZIQISHLARI HISOBGA OLINMAYDI

Ota-onalar erta rivojlantirishni maqsad qilib, bola haqida unutadilar. Ular kitoblarni o'qib, uslublarni o'rganadilar, ammo farzandlari nimani istashiga e'tibor qaratmaydilar. Fransiyalik mashhur uslubiyotchi va bolalarni erta rivojlantirish ustasi Sesil Lupanning aytishicha, bola bilan shug'ullanishla eng muhim narsa – bu uning qiziqishi. Uni nima qiziqtiradi? U nima haqida so'raydi? Ko'proq qaysi o'qinlarni o'ynashdi yoqtiradi? Zinhor «kerak»dan boshlab, «istamayman» orqali emas, balki aynan uning qiziqishlari haqida o'ylab, ishni shundan boshlash kerak.

MASHG'ULOTLARGA TAYYOR BO'LMASLIK

Erta rivojlantirish muxlislari ba'zida farzandlari bunga tayyor emasligini sezmaydilar. Organizm (ham miya, ham barmoqchalar) o'qishga va ko'nikmani o'zlashtirishga tayyor bo'lishi kerak. Mashg'ulotlarda o'zining maqtanish istagiga, farzandi dohiy ekanligiga emas, balki bolaning tayyorligiga e'tibor berish zarur. Agar bola tayyor bo'lmay, Siz esa undan tekis chiziq va ovozni chiqarib o'qishni kutayotgan bo'lsangiz, u Sizdan maqtov emas, balki tanbehlar eshitib, ishonchsizlikni ko'radi. Kichkina bola uchun bu dahshatli tushga aylanadi va o'ziga bo'lgan ishonchni chil-parchin qiladi.

O'QISHNI ISTAMASLIK

Tushunarsiz mashg'ulotlar, katta odamning bosimi, yoshga mos bo'lmagan rivojlanish – bularning barchasi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Kichkintoy qiyonaladi, qiziqmaydi, darslaringiz u uchun qiynoqqa aylanib, o'qish – bu dahshat qabilidagi fikr paydo bo'ladi. Keyin nima bo'ladi, nima deb o'ylaysiz? Keyin esa – har doimgi «maktabga bormaymaaaaan!»

XULOSA O'RNIDA

Biz barcha foydali va zararli tomonlarni sanab chiqdik. Va, tushundikki, hech qanday zarar mavjud emas. To'g'ri tushunilsa va mamnuniyat bilan shug'ullanilsa, erta rivojlantirishning zararli tomonlari bo'lmaydi.

Ota-onalar mashg'ulotlar tufayli bolalar bilan ko'proq vaqt o'tkazadi, bolalar muhim hayot ko'nikmalarini rivojlantiradi va o'ziga bo'lgan ishonchi yanada oshadi. Lekin, bo'rttirib yuborish havfi mavjud: murakkab mashqlarni berish, ko'p narsa talab qilish. Biroq, bu ota-onalardagi muammo. Unutmang, rivojlantiruvchi mashg'ulotlarda o'yin va mamnunlik muhim. Shunda farzandingiz barining uddasidan chiqadi.