Mazkur qimmatli tavsiyalar ota-onalar hayotini osonlashtiradi. Ular barcha - oziqlantirishdan tortib, havsizlikkacha bo‘lgan masalalarni qamrab olgan va ota-onalarga ozgina bo‘lsa ham erkin nafas olishga yordam beradi!


 

Mashinadagi janjallarning oldini olish uchun ushbu g‘aroyib ota kabi fanerdan foydalaning!

 

Bolani ish bilan mashg‘ul qiling! U to‘siqlarni bajonidil suv bilan bo‘yaydi!

 

Muzxonadagi shirinliklarni loviyadan bo‘shagan paketda saqlang. U yerga shumtaka qo‘lchalar yetib bormasligi aniq!

 

Qo‘lqopga loviya donalarini soling va qo‘lingizni qo‘yib yubormasdan uxlashni istagan farzandingiz yelkasiga qo‘ying. Har ikkingiz ham a’lo darajada dam olasiz!

 

Rezinkali choyshab —plyaj uchun eng yaxshi joy! Unda bolakay qumni yutib yubormaydi!

 

Mashg‘ulotlar uchun stol xarid qilmang — uni eski karavotdan yasang!

 

Nakleykani ikkiga bo‘ling va mittivoyning oyoq kiyimiga yopishtiring. Shunday qilsangiz, u oyoq kiyimni to‘g‘ri kiyishni tezda o‘rganib oladi

 

Choy va qahvadan qolgan stakan qopqog‘i eriyotgan muzqaymoq tomchilarini yaxshi “ushlab qoladi”!

 

Ishni o‘yinga aylantiring – natijada farzandingiz tozalash ishlarini yoqtirib qoladi!

 

Katta bo‘sh quti - rassomchilik ijodi uchun a’lo trenajerdir!

 

Stolda choyshabdan mana shunday gamak yasang — farzandingizni ancha vaqt davomida band bo‘lishiga yordam beradi

 

Qog‘ozdan qolgan bu o‘ram asosi chizish uchun cheksiz doska bo‘lib xizmat qiladi

 

Qo‘g‘irchoqning chigal sochlarini idish yuvish uchun mo‘ljallangan suyuqlik va soch konditsioneri yordamida tartibga keltirish mumkin

 

Simi uzilgan djoystiklarni bolalarga bering. Ular soatlab “o‘yin o‘ynaydilar”

 

Bog‘cha yoshidagi farzandingizga kattalar o‘lchamidagi, maktabni bitirish yili aks ettirilgan futbolka olib bering va har yili uni suratga oling hamda ulg‘ayib borayotganini kuzating

 

Agar farzandingiz sizsiz bir o‘zi uxlashga qo‘rqsa, unga mana bunday mudofaa qurolini bering. Sinalgan: bolalar uchun juda tinchlantiruvchi bo‘lib ko‘rinadi

 

Hojatxona qog‘ozining g‘altagi o‘yinchoq mashinalar uchun garaj vazifasini bajaradi

 

Bola fotosessiya paytida pol yoki divanga emas, otasining ustiga yotkizilsa, o‘zini hotirjam tutadi

 

Shahar tashqarisida sayr qilish bilan muammolar yuzaga kelyaptimi? Bolani manejga o‘tkazib, ustidan choyshab yoping. Ham toza havodan nafas oladi, ham chivinlar chaqmaydi!

 

Ko‘zoynak yoki quvvatlantirgichni topa olmayapsizmi? Bolaga o‘yin-topishmoq ko‘rinishida vazifa topshiring. U kerakli narsani tezda topib beradi.

 

Hojatxona va vanna eshigi bandiga rezinka kiydiring va bola u yerda tasodifan qulflanib qolishidan havotirlanmang.

 

Shahar tashqarisidagi hovlidagi batut prujinasiga akva tayoqchalarni kiydirish orqali siz bolani shikastlanishlardan asragan bo‘lasiz.

 

Qalamlar xona bo‘ylab sochilib yotibdimi? Ular uchun eski DVD qutisidan penal tayyorlang.

 

«Kinder-syurpriz» idishidan yeyilmay qolib ketgan so‘rg‘ich shirinliklar uchun ajoyib moslama xosil bo‘ladi.

 

Akvapalkadan tayyorlangan bunday eshik moslamasi bilan eshikni yopayotgan bola hech qachon qo‘lini qisib olmaydi

 

Saqlash uchun savat bolalar vannasi o‘rnini bosadi.

 

Bu usul bilan bolalar LEGOsining barcha detallarini kir yuvish mashinasida yuvib olish mumkin

 

Bolaga uy vazifasini gimnastika to‘pi ustida o‘tirib bajarishga ruxsat bersangiz, u o‘z istagi bilan dars qilishga o‘tiradi.

 

Akvatayoqchani bola karovati chetiga qo‘ying – bola uyqusida tushib ketmaydi

 

Arg‘imchoqni nafaqat turgan holatda, balki o‘tirib ham uchirsa bo‘ladi.

 

Bolaga tarvuzni odatdagidek emas, balki tayoqcha shaklida bo‘lib bergan ma’qul.

 

Akvapalka bolani mebelning o‘tkir uchlaridan himoya qilishda yordam beradi.

 

Agar hojatxona qog‘oziga rezinka kiygizib qo‘ysangiz, uni hech kim uy bo‘ylab yoyib yubormaydi.

 

Velosiped kameralaridan tayyorlangan bunday to‘siqlar bolaning ustiga kitob tushib ketishidan himoya qiladi.