LifeHaq.uz ingliz tiliga oid bilimlarni baholash bo’yicha dunyodagi eng mashhur imtihon - IELTS sinovi to’g’risidagi qiziq tasavvurlar va uydirmalarni o’rtoqlashadi. Xususan, maqolada keltirilgan voqealar shu yo’nalishda ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilar tomonidan so’zlab berilgan. Shuningdek, maqolada ayrim talabalar tomonidan aytilgan jumlalar asl shakli o’zgartirilmagan holda keltirilgan


 

Ustoz, o’g’lim grammatikani zo’r biladi. IELTS testidan taxminan necha olarkin?

LifeHaq.uz ingliz tiliga oid bilimlarni baholash bo’yicha dunyodagi eng mashhur imtihon - IELTS sinovi to’g’risidagi qiziq tasavvurlar va uydirmalarni o’rtoqlashadi. Xususan, maqolada keltirilgan voqealar shu yo’nalishda ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan o’qituvchilar tomonidan so’zlab berilgan. Shuningdek, maqolada ayrim talabalar tomonidan aytilgan jumlalar asl shakli o’zgartirilmagan holda keltirilgan

1-uydirma: Mo’’jiza bo’lib turadi! Qattiq tayyorlanmasdan ham sinovdan o’tish va kerakli ballni olish mumkin.

IELTS ning oddiy omadga hech qanday aloqasi yo’q, chunki sinovdan o’tish uchun yozish, fikrlash, tasavvurni ishlatish, ixtiro qilish, o’ylash, tasvirlash, tushuntirish kabilarni qo’llashingiz kerak. Shunchaki omadingiz kelishi ehtimoli esa 0 qiymatiga juda yaqin.

2-uydirma: IELTS ma’lum ko’nikmalar jamlanmasini sinovdan o’tkazadi va ularni o’rganib chiqish orqali testni topshira olasiz va umumiy bosqichni oshirishning zaruriyati yo’q. Testni yaxshilab «o’rganing va darangizdan qat’iy nazar undan muvaffaqiyatli o’tasiz.

3-uydirma: Grammatikani a’lo darajada bilsam, IELTS dan osongina o’taman!

IELTS ning maqsadi - tilning barcha yo’nalishlari va mezonlari bo’yicha bilimlaringizni sinash bo’lib, testda grammatika uchun mo’ljallangan alohida bo’lim yo’q! Ya’ni, siz avvaldan va tabiiy ravishda tayyorgarlik uchun zarur bazaga ega bo’lishingiz kerak.

4-uydirma: Adolat yo’q.

Ko’p hollarda rivojlangan dunyoqarash, mantiqiy fikrlash va ehtimol savodxonlik ham asosiy omillardan biri hisoblanadi, chunki testdan o’tish chog’ida talaba atrof-muhit ifloslanishi va ijtimoiy muammolardan tortib to zamonaviy insoniyatning texnologik taraqqiyoti va xalqaro munosabatlargacha bo’lgan ko’plab dolzarb mavzularga to’qnash keladi. Tabiiyki, 15 yoshli talaba insho yozishi kerak bo’lgan mazkur mavzular haqida hech qanday fikrga ega bo’lmasligi mumkin, ammo ko’proq hayotiy tajribaga ega bo’lgan yoshi kattaroq talaba uchun bu kabi mavzular oddiy bo’lib ko’rinishi va 250 ta so’z yozishga qiynalmasligi mumkin. Shu bois, to’planmagan ballarga oddiy yoshlik yoki g’o’rlik ham sabab bo’lishi mumkin!

 

5-uydirma: Safar qutqaradi!

IELTS - standartga keltirilgan imtihon, demak topshiriqlar barcha test markazlarida doim mutlaqo bir xil bo’ladi. Uni qaerda topshirayotganing muhim emas, baribir hamma davlatda bir xil bosqichlardan o’tish kerak. Ikkinchidan, - LifeHaq.uz nazarida talabalar atayin test topshirishga Qozog’istonga maqsadli safar qilish uchun pul, vaqt va asablarni sarflagandan ko’ra, aynan shu testni ikki marta topshirib, O’zbekistonda imtihondan o’tish bo’yicha ma’lum tajriba to’plash haqida o’ylashmaydi. Darhaqiqat, O’zbekistonda sinovdan bir marta o’tgach, natijalardan qoniqmay qolishingiz ehtimoli mavjud. Biroq, siz qayta test topshirishga yozilsangiz, xatolaringiz ustida ishlash uchun ko’proq vaqtingiz bo’ladi va unga yanada yaxshiroq tayyorlanishingiz mumkin! Bundan tashqari, hech kim topshirish mumkin bo’lgan testlar soniga cheklov belgilamagan va Qozog’istonda nisbatan adolatli ballarni kafolatlamagan.

6-uydirma: Testlardagi topshiriqlar o’ta murakkab, o’tib bo’lmas va kutilmagan. IELTS dan o’tishning iloji yo’q!

To’g’ri, topshiriqlar biz uchun odatiy ta’lim tizimidan farq qiladi, ammo ishoning, ular maktabda biz to’qnash kelgan masalalarga nisbatan ancha sodda va mantiqiydir. Barcha bo’limlarda ko’plab ko’rsatmalar bor, shunchaki ularni ko’ra bilish kerak! O’zingizni xotirjam qo’yib, testga havotir bilan qarashni bas qilgan zahontingiz sizni naqadar g’amxo’rlik bilan sinashayotganini ko’rasiz.

7-uydirma: Testdan o’tish uchun katta so’z boyligi kerak.

Bunda muhimi ularni eshita bilish va topshiriqqa bog’lashdir. READING (o’qish) bo’limiga kelsak, to’g’ri bu yerda notanish so’zlar ko’p bo’ladi, ammo har qanday test kabi bu yerda ham hamma so’zlarni bilishingiz emas, balki matnga qarab ularni tushuna olishingiz tekshiriladi.

8-uydirma: Test ingliz tili darajasini xolisona baholashga qaratilmagan, avvalo, standart mavzular bilan cheklangan testning o’zini o’rganish kerak.

9-uydirma: Testni faqat bir marta topshirib, kerakli ball to’plashga urinish kerak.

Ko’p jihatlar sizning munosabatingiz va diqqatni jamlay olishingizga bog’liq. Bundan tashqari, imtihon uchun sarflanadigan mablag’ kichkina emasligini (1 mln. so’mdan ortiq) va hattoki, Britaniya Kengashi uchun ham - bu o’zini oqlaydigan qiymat va yaxshi daromad ekanligini bilishngiz kerak. Butun dunyo bo’ylab necha minglab talabalar shu mablag’ni to’lashini tasavvur qiling-a?! Agar imtihon topshirish yiliga bir martagacha cheklansa, ularning o’zlari ham yaxshi daromaddan quruq qoladilar.

10-uydirma: Nima uchun itihondan tashqarida 7.0, testda esa atigi 5.5 oldim? Ular kamaytirishganmi yoki o’quv markazi ortiqcha baholab yubordimi?!

Bundan tashqari, testga tayyorgarlik ko’rish jarayoni va haqiqiy testni ham taqqoslab ko’rish zarur. Ko’pincha, tinglash topshirig’ida talabalar o’z telefonlari va quloqchinlaridan foydalanishga harakat qiladilar. Zero, test bo’lib o’tadigan Toshkentdagi Intercontinental mehmonxonasi binosining zalda ko’p vattli kolonkalar o’rnatilgan va tovush sifati siz ko’nikkan holatdan ancha farq qilishi mumkin: o’ta baland, o’ta past, aks-sado eshitiladi va boshqa holatlar. Shuning uchun imtihondan avvalgi yaxshi dam va to’laqonli nonushta o’zini bo’sh qo’yish hamda imtihon vaqtida ovqat haqida o’ylamaslikka yordam beradi. Shuningdek, imtihonga tayyorlanish jarayonini haqiqiy imtihon muhitiga yaqinlashtirishni ham unutmang. Aks holda, doim shikoyat qilib, sizni aldab ketishganini va butun dunyo sizga qarshi turganini aytib yurasiz. Yodda tuting, agar talaba imtihonga ruhan va jismonan tayyor bo’lmasa, IELTS bo’yicha bilimlari haddan ziyod bo’lgan taqdirda ham muvaffaqiyatli natijani kutmasa bo’ladi.

11-uydirma: Speaking bo’limini muvaffaqiyatli topshirish uchun hamma ma’lum savollarning javoblarini yodlab olishim va monologlarni qaytarishim kerak!

Nima bo’lganda ham, imtihon topshirayotganda asabiylashib kerakli gapni aytishga qiynalayotgan bo’lsangiz, vaqtni cho’zishga yordam beradigan usullarni yaxshi bilish zarur.

12-uydirma: Men IELTS ga mustaqil tayyorlana olmayman!

IELTS ga mustaqil tayyorlansa ham bo’ladi va aksariyat talabalar aynan shunday qiladilar! Zero, IELTS ga tayyorlanish til bo’yicha ma’lum bilimlar darajasi borligini taqozo etadi, shu bois sizga shunchaki bilimlaringizni boyitish va imtihon tizimini o’rganish qoladi (albatta, shu bilimlarning ma’lum darajasiga ega bo’lsangiz).

13-uydirma: Men ko’proq bilaman, nahotki imtihonda olgan balim mening ingliz tilidagi haqiqiy darajam bo’lsa!

14-uydirma: Imtihondan avval. Men 8.5 yoki 9 ball olishni umid qilgandim, undan kam emas!

15-uydirma: Imtihondan keyin. Men 8.0 olishni kutgandim, ammo 6.5 oldim. Nima qilay? Omadsizman…

Ulkan so’z boyligi past 8.0 ball olishni kafolatlamaydi. Biroq, fikrlashingizga yondashuvni o’zgartirib, fikrlaringizni katta inson kabi akademik jihatdan savodli ifodalay olsangiz, yuqori 6.5 ball olishingiz ehtimoli katta bo’ladi.

16-uydirma: Ustoz - Xudo

Ko’plab o’qituvchilarning tajribasiga ko’ra, IELTS va tilga oid boshqa istalgan imtihon - birinchi navbatda talabaning g’alabasi hisoblanadi. O’qituvchi 6.0-6.5 ballga yetadigan bilim berishi mumkin va bu uning g’alabasi. Qaysidir talaba o’qituvchisi tufayli 7.0 yoki 8.0 ball olganini aytsa, bunga hech ham ishonmang, chunki gap yuqorida aytilgan maslahatlarda. Talaba qancha ko’p har tomonlama rivojlangan bo’lsa, bu unga yanada yuqori ball olishga yordam beradi. Barcha kitoblar va kurslar 7.0 ball kafolatlanishi haqida yozishadi! Agar talabaning miyasida, masalan umumiy savollar bo’yicha oddiy bilimlar bo’lmasa, hattoki 6.0 ni kafolatlash ham o’rinsiz bo’ladi. Yodda tuting, o’qituvchi - Xudo emas, barchasi yo talabaning o’zi, yoki uning intilishlariga bog’liq!

17-uydirma: Tanishimning ingliz tilisi 7.0, lekin u hattoki oddiy so’zlarni ham tushunmaydi!

18-uydirma: 3 oy avval tayyorlana boshlasam va  IELTS ga, ayniqsa testdan bir kun avval har bir bo’sh soniyamnI tayyorlanishga bag’ishlasam imtihondan o’ta olaman!  Yo’q!

Telefondagi suhbat.

Suhbat fevral oyida bo’lib o’tgan

19-uydirma: 3 oy avval tayyorlana boshlasam va  IELTS ga, ayniqsa testdan bir kun avval har bir bo’sh soniyamn tayyorlanishga bag’ishlasam imtihondan o’ta olaman!  Yo’q!

Talabalar, ota-onalar va o’zi tayyorlanayotgan yoki farzandlari, aka-ukalari, opa-singillarini tayyorlayotgan boshqa shaxslar. Diqqat qiling! Testga ancha avval tayyorgarlik ko’ra boshlash kerak va to’g’ri, ingliz tili o’rganishni boshlash emas, aynan testga tayyorlanish zarur. Unutmang, hech bir o’qituvchi sizni 3 oy ichida bunga tayyorlay olmaydi. Agar u va’da qilayotgan bo’lsa, ishonmang. U shunchaki pul ishlab olishni niyat qilgan J

20-uydirma: Og’zaki bo’lim IELTS dagi eng oson bo’lim!

Kam muloqot qiladigan va hayotda introvert bo’lgan boshqa toifadagi talabalar uchun ingliz tilida bir-ikki so’zni ham chiqarib berish - mutlaqo murakkab ishdek ko’rinadi. Ularga dunyoda Speakingdan qiyin narsa yo’qdek ko’rinishi mumkin. Bunday talabalar uchun Writing ancha osonroq, chunki fikrlarini qog’ozda ifodalash qulay.


Ushbu maslahatlarimiz IELTS bo’yicha to’g’ri yo’nalish olish va aynan qanday yolg’on kutishlardan qochish kerakligi borasida sizga yordam berdi, degan umiddamiz. Imtihonlarda omad