BBC Learning English – ham oddiy, ham biznes-ingliz tili uchun mo‘ljallangan ko‘plab mashg‘ulotlarga ega. «6 minute English» (turli mavzularga mo‘ljallangan olti daqiqalik qisqa roliklar), Pronunciation tips (talaffuz ustida ishlashga yordam beradigan video) va kulguli animatsion serial The Flatmates – o‘rganishning zavqli usuli sifatida menga yoqadigan eng yaxshi ruknlardir.

Listen to English – Learn English – bu yerda esa turli mavzularga mo‘ljallangan ajoyib podkastlarni tinglash mumkin. Har bir tovushli yozuv tilni va notanish so‘zlarni o‘rganish uchun matn bilan mustahkamlangan.

Learn English British Council – ingliz tilini o‘rganish uchun yana bir yaxshi resurs. Ko‘plab material, rolik, o‘yin va IELTSga tayyorlanish uchun alohida bo‘lim mavjud.

Exam English – bu (IELTS, TOEFL, TOEIC va h.k)lar bo‘yicha xalqaro imtixonlarga tayyorgarlik ko‘rayotganlar uchun haqiqiy xazinaning o‘zginasi.

Learning English Free Online – o‘rganishning turli darajalari va o‘zgalar bilan muloqot qilish uchun videodan o‘yingacha formatdagi turli xil materiallar to‘plangan sayt.

Twominute English – bu resurs esa video ko‘rishni yoqtiradaganlar uchun. Ikki daqiqali videolar – qulay va samarali. Men ko‘pincha yangi roliklarni yuklab olaman va yo‘lda tomosha qilaman. Videodarslar uchun yana bir variant – engVid — haqiqiy mavzular va nostandart yondashuv.

MySpelling – ingliz tilida to‘g‘ri yozish uchun a’lo darajadagi amaliyot. Think va sinkni bir-biridan farqlashda qiynaladiganlar uchun :-)

Xorijiy tilni o‘rganishni qiziq mashg‘ulotga aylantirish mumkin. Muhimi, aynan sizga mos keladigan formatni aniqlab olishdan iborat.

Siz qanday resurslardan foydalanasiz?